Xosiyat (spetsifiklik) – badiiylikning ikkinchi mezonidir. Adabiyotning xosiyati obrazlilik, uning til orqali ifodalanishidir. Adabiyotda narsa, hayvon, parranda obrazlari ham bor, ammo inson hayoti ular orqali, ko`chma ma’noda ko`rsatilgan bo`ladi, biroq inson obrazini bevosita yaratish adabiyot markazida turadi, bu sohaning biron masalalsini uningsiz hal qilib bo’lmaydi. Bundan tashqari badiiy adabiyot adabiy turlarga, adabiy turlar adabiy janrlarga bo`linadi. har bir adabiy tur va adabiy janr o`ziga xos xususiyat va tuzilishga molik.. bu ’adabiy texnika’ deyiladi.
Umuman, badiiy obraz yaratish omillari ko`p. Ular konflikt, sujet, kompozitsiya, ijodiy metod, tipiklashtirish, individuallshtirish, badiiy to`qima va uslubdan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |