Erazistrat
(eramizdan 350—300 yillar oldin yashagan).
Tomirlar tizimi: yurak qopqoqlari, aorta, kovak venalar, yirik arteriya va venalarni o'rganib, qon
tomir anastomozlari haqidagi ilmga asos solgan. Erazistrat harakatlantiruvchi va sezuvchi
nervlarni ajratgan, shuningdek, mushaklar qisqarishini o'rganib, harakat nazariyasini yaratgan.
Klavdiy Galen
(130—201)
anatomiya, fiziologiya va boshqa ko'pgina fanlarni mukammal o'rgangan olim. U o'n ikki juft
bosh miya nervlaridan 7 tasining tuzilishini, mushaklardagi biriktiruvchi to'qima va nervlarni,
ba’zi bir a’zolar qon tomirlarini, suyak va boylamlarni, bosh va orqa miyani o'rgangan. Galen
hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o'rganib, arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini
birinchi bo'lib ko'rsatgan.
Abu Bakr Ar-Roziy
(865—925-y.) — buyuk hakim, klinisist, Bag'dodda shifoxona va uning
qoshida tibbiyot maktabi tashkil etgan. O'rta asrlar (V—XI) da O'rta Osiyodan ham bir qancha
mashhur olimlar yetishib chiqdi shulardan biri har taraflama yetuk olim
Abu Ali ibn Sino
dir (980-
1037). Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan bu olim falsafa, matematika,
astronomiya, kimyo, adabiyot, musiqashunoslik va tibbiyot bilimidan xabardor bo'lgan. U Buxoro
shahri yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olgan va 17
yoshidayoq ko'p fanlarni mukammal egallagan. Abu Ali Ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi
bo'lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga
mashhur qilgan. IbnSino 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin uning 242 tasi bizgacha
yetib kelgan. Shulardan 43 tasi tabobatga oiddir. Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shox asari
«Tib qonunlari» 1012— 1023-yillarda yozilgan. U o'zining buyuk va o'lmas asarida tibbiyot
sohasidagi barcha ma’lumotlarni to'plab qolmasdan, o'zkuzatishlari, tekshirishlari va
tushunchalari bilan asarni boyitgan. Kitob besh jildlik bo'lib, birinchi jildi anatomiya va
fiziologiyaga bag'ishlangan. Kitob turli tillarda 40 marta qayta nashr etildi va dunyodagi
barchamamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt ichida tibbiyot bilim yurtlaridaasosiy o'quv
qo'llanma bo'lib xizmat qilib keldi.
Ibn Sino odam organizmini o'rganishda uning konstitutsiyasiga birinchi bo'lib e’tibor berdi.
"Tib qonunlari" jildlarida ichki kasalliklar, xururgiya, farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning
barcha sohalari to'g'risida ma’lumot berilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta 1954-1956 - yillarda
o'zbek tilida Toshkentda bosilib chiqqan.
Ibn al Nafis
( XIII asrda yashagan ) birinchi bo'lib o'pka qon aylanish doirasini ochgan.
Anatomiya faniga qiziqish Uyg'onish davrida (XII-XVI-asr larda) Italiyada, keyinchalik
Fransiyada ochilgan tibbiyot mamlakatlarida boshlanadi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir
martamurdani ochib o'rganishga ruxsat beriladi. Natijada dunyoda birinchimarta aniq ma’lumotlar
asosida yozilgan anatomiya darsligi paydo bo'ldi.XIII asrdan boshlab universitetlarda tibbiyot
fakultetlari tashkil etildi
Do'stlaringiz bilan baham: |