Ma’ruzalar matni
1-Mavzu. Kirish. Ekologiya fanning maqsadi, vazifalari, va rivojlanish tarixi. Asosiy tuchunchalar.
Reja:
1.1. Ekologik xavfsizlik. Atrof muxit muxofazasiz.
1.2 Fanning mazmuni.
1.3. Fanning vazifalari.
1.4. Fanning rivojlanish tarixi.
1.5. Markaziy Osiyolik olimlarnimng fan rivojiga qo’shgan xissasi
Tayanch iboralar: Ekologiya, autekologiya, sinekologiya, ekosistema, biogeosenoz. Nazariy, amaliy va strategik maqsadi.Markaziy osiyo,Farobiy. Abu bakr Roziy.Doguchaev.Populyatsiyalar ekologiyasi.
1.1.Faqat ozod va obod yurt insonlarigina erkin va farovon yashashlari mumkin. 1991 yili O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, oziga xos taraqqiyot yulidan borib, ko’p soxalarda katta muvaffaqiyatlarni qulga kirita boshladi Atrof-muxitni sog’lomlashtirish,tabbiy resurslardan oqilona foydalanishga kirishish ham shunday yutuqlar jumlasidandir.
Har qanday jamiyatning barkamol rivoji ushun,so’zsiz,u egallb turgan hududdagi mavjud hayotiy omillarning barchasi ayniqsa ,tabbiy muxitlar yuqori darajada ekologik sifat va miqdor kursatkichlarga ega bulmog’I darkor.Shu bilan birgalikda ,har bir jamiyat azosi ekologik ong va tafakkur sohibi bo’lishi,o’zining yashash joyi-makonini nixoyatda ezozlashi va sevishi kerak. Xullas, har birimiz tabiatdan bizga I’nom etilgan ,hayotiy omillarning barchasini ardoqlashimiz ,ularga nisbbatan oqilona munosabatda bulish ,shuningdek,kelajak ablodlarga yetkazish va barqaror rivojlanishni taminlash uchun harakat qilish muqadas burchimiz ekanligi hech ham unutmasligimiz zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,mamlakatimizda ekologik talim-tarbiyaga aloxida e’tibor qaratilgan.Bu borada dunyo miqiyosida atrof-muxitga doir ekologik dastur [YuNEP] ham mavjud. Bizning Rispublikamizda joriy qilingan uzluksiz talim tizimining hamma bosqichlarida ekologik bilim berish bilan birga,’’Ekologiya’’ va’’Atrof-muxit muxofazasi’’ yunalishlari bo’yicha mutaxasis kadirlar tayorlashga ham kirishilgan. Talim tizimining umumtalim maktab bug’unida o’qitilayotgan kimyo,biojogiya geografiya,fizika kabi qator tabiiy fanlar dasturlarida yoshlarga ekologik saboq berishga keng e’tibor qaratilgan.Bir qator orta maxsus va oliy talim muassalarida’’Ekologiya’’.’’Atrof-muxit muxofazasi’’ga oid maxsus fanlar o’qitilishini ham etirof etmoq kerak. Buning natijasida,allbatta,kelalak avlodimiz zarur ekologik ong va tafakkur soxiblari bo’ladilar,deb fikr bildirish mumkin.Yuqoridagilar qatorida,maktabdan tashqari talim mussassalarining mashg’ulotlarida yoshlar ongiga umumiy ekologik tushunchalarni singdirishga ham aloxida e’tibor qaratmog’imiz zarur.So’zsiz,bunda o’quvchilarning yoshi vapsixologik xususiyatlaridan kelib chiqib,nazariy hamda amaliy ekologiya asoslaridan tegishli saboqlar berilishi maqsadga muvofiq.Xuddi shuningdek,yashash joylari-maxallalarda ham turli mavzularda davra suxbatlari,ekologik kechalar va tanlovlar o’tkazilib,ekologik talim-tarbiya yo’nalishlarda bir qator samarali ishlarni amalga oshirish muxim axamiyat kasb etadi.Takidlash joizki har qanday ekologik talim-tarbiya mashg’ulotlarining samarasi,u qanday shaklda qayrda va kimlar bilan o’tkazilishidan qatiy nazar,yuqori darajada bulishi,teg’ishli ekologik adabiyotlar hisobiga va ustoz-murabbiylarning bilim saviyasi yuqoriligiga bog’liq. Xullas,hozirgi vaqtda barcha turdagi ekologik o’quv adabiyotlariga talab katta.Bular,darslik va o’quv qullanmalardan tashqari,har hil o’quv-uslubiy adabiyotlar,shu jumladan lug’atlar malumotlar manbai,taklif tavsiyalar ham bulishi lozim.
Hozirgi davrda xususan ilim-fan va texnika,turli xil texnologik jarayonlarga extiyoj nixoyatda ortgan sharoitda o’sib kelayotgan yosh avlodga ekologiya atrof muxit muxofazasi asoslaridan nazariy hamda amaliy bilim berishga muljallangan adabiyotlarni tayyorlab,chop etib va istemolchilarga o’z vaqtida etkazish davr talabi.
Aynan shunday masalalardan kelib chiqib, biz’’Ekologiya va tabiat muxofazasi’’,nomli ushbu qullanmani tayyorladik.Unda umumekologik tushunchalar,ekologiyaning nazariy va amaliy ishlaridan tegishli malumotlar atrof-muxit muxofazasi,sayyoramizdagi barcha tabiiy-xayotiy muxit va omillar,ularning ifloslanib borayotgani vamavjud muammolar yechimiga oid ko’rilayotgan chora-tadbirlar bo’yicha tegishli bilimlar mujjassam holda bayon qilingan.
Takidlash joizki,zarur ekologik-talimot,jumladan,kurrai zaminimizda hayotiy muxitlarning qanday omillar sababli ifloslanayotgan va boshqa masalalar haqida zarur malumotlarni yetarli darajada turli darslik hamda ilmiy adabiyotlardan xam bilib olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |