Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. Kirish. Ekologiya fanning maqsadi, vazifalari, va rivojlanish tarixi. Asosiy tuchunchalar. Reja


Markaiy Osiyolik olimlarning fan rivojiga qo’shgan xissasi



Download 27,92 Kb.
bet5/6
Sana10.07.2022
Hajmi27,92 Kb.
#769431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu Kirisk.Fanning maq-vaz. (1)

1.5.Markaiy Osiyolik olimlarning fan rivojiga qo’shgan xissasi. Ekologiyaga oidtushunchalarning paydo bo'lishi va ko'plab tabiat qonu-niyatlarining kashf etilishi, pirovard natijada, ekologiya fani ilmiy asoslarining shakllanishida boshqa olimlar bilan bir qatorda qadimdan Markaziy Osiyoda yashab o'tgan buyuk ajdodlarimizning ham xizmatlari beqiyosdir. Fikrimizning isboti sifatida, insoniyat uchun nihoyatda hayotiy zarur omillar: havo, suv, tuproq, o'simlik va hayvonlarning yer tabiatidagi o'rnini bilgan holda, ularga oqilona munosabatda bo'lish, shu bilan birgalikda, muhofazasini ta'minlashni o'z asarlarida targ'ib etgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarni ko'rsatib o'tish mumkin. Aynan ana shu donishmand-olimlar jonli va jonsiz tabiatni chuqur tahlil va tadqiq qilib. ko'plab ilmiy asarlar qoldirganlar. Bular o'tmish ajdodlarimizning bizga qoldirgan bebaho merosidir. Ulardan kishilik jamiyati hozir ham bahramand bo'lmoqda. Buni butun dunyo hamjamiyati ham tan olgan.Yer sayyorasidagi atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferalar hamda boshqa tabiiy hayotiy omillar, ya'ni energetik manbalar, yerosti-usti qazilma boyliklari va hokazolar ekologiya fanining ob'ektlari hisoblanadi.

Demak, ekologiya fani va uning turli sohalari tabiiy unsurlarning muayyan holatlari, sifat va miqdor ko'rsatkichlarini o'rganadi. Buning ahamiyati o'ta muhimdir. Chunki ekologik ob'ektlar doim. o'zgarishga moyil. U havo muhitimi, suv muhitimi, o'simlik va hayvonlar olamimi, qat'iy nazar, iqlim va ob-havo sharoiti bilan bog'liq abiotik, shuningdek, biotik hamda antropogen omillar tufayli yil davomida o'z ko'rsatkichlarini uzluksiz o'zgartirib turadi. Barcha tabiiy unsur-ekologik tizimlarning o'zgarishlari, umuman, tabiat o'zgarishlari ma'lum turdagi omillar ta'siri doirasida. muayyan qonun va qonuniyatlar asosida boladi. Hozirgi davrgacha olimlar tomonidan barcha hayotiy omillar bilan bog'liq tabiiy qonunlarning ko'pi kashf etilgan. Bu alohida va o'ta muhim mavzu.
Ilmiy va adabiy manbalar shundan dalolat beradiki, juda qadim zamonlardan boshlab, o'tmish ajdodlar, atrof-muhit va barcha turdagi tabiiy resurslar: havo, suv, tuproq, o'simlik, hayvon va boshqalarni muhofaza qilish borasida bir qator amaliy chora-tadbirlarni ham bajarishgan. Misol uchun, Markaziy Osiyo mintaqasidagi xonliklarda muayyan tabiiy resurslardan foydalanish (ov qilish, daraxtlarni kesish va boshqalar) bo'yicha rasmiy hukm va qarorlar qabul qilingani ma'lum. Bu kabi amaliy ekologiyaga oid chora-tadbirlar Yer yuzidagi boshqa o'lkalarda ham o'z davrida ishlab chiqilgan hamda amalda qo'llangan.
Yana bir narsaga e'tiborni qaratmoq kerak. Insonlar o'z hayot—faoliyatlari bilan doim tabiatga, atrof—muhitga o'z («antropogen») ta'sirlarini o'tkazganlar. Bu esa ekologik tizimlar holatini o'zgarishiga, ayniqsa. ularning sifat — miqdor ko'rsatkichlarining buzilishiga olib keldi. Hozirgi ekologik muammolar bunga yorqin misollardir (bu haqda keyinroq, alohida saboq beriladi).
Insoniyat o'zining uzoq davrlardan boshlab, hayot-faoliyati davomida tabiatdagi barcha omillardan uzluksiz bahramand bo'lgani ko'pchilikka yaxshi ayon. Havodan nafas olish, suvni turli maqsadlarda ishlatish. o'simlik va hayvonot olamidan o'z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalangan. hozir ham xuddi shunday. Odamzotning uzluksiz ravishda rivojlanishi va ko'payib borishi (bir asr ilgari 1,5 mlrd dan ko'proq, hozir 7,5 mlrd dan ortiq kishi bor) uchun ham, tabiiy manbalarning borgan sayin tanqisligi sezilib bormoqda. Qator tabiiy resurslar, masalan, yerosti qazilma boyliklarining deyarli barchasi qayta tiklanmaydigan bo'lgani sababli, ularning tanqisligi yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Yaqin kelajakda, yanada katta ekologik muammo (masalan, energetik inqiroz) kelib chiqishi mumkin.
Muqaddas Qur'oni Karim va Hadislarda, hamda islomiy mutafakkir-olimlar ta'limotlarida ham odamlarni tabiatga, atrof-muhitdagi barcha turdagi hayotiy omillarga nisbatan mehrli, oqibatli bo'lish, tejamkorlik bilan ulardan foydalanish, atrof-muhitning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, har doim tabiatga oqilona munosabatda bo'lishga dav'at etilgan. Bu ko'pchilikka yaxshi ayon. Ana shunday dav'at va targ'ibotlar ham, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, ekologik ta'limotning xuddi o'zginasidir.
Shuni alohida qayd etmoq kerakki, buyuk ajdodlarimiz, ya'ni qadimda yashab ijod qilib o'tgan mutafakkir-olimlarimizning ko'plari hozirgi ekologik tuslumcha va ta'limotlarmng fan sifatida shakllanishida xolisona xizmat qilishgan. Al Xorazmiy (780-850), Ahmad al Farg'oniy (797-865), Abu Bakr Roziy (865-925), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Nasr Forobiy (980-1051), Abu AI Ibn Sino (980-1037), Mirzo Ulug'bek (1394-1449), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ular qoldirgan ilmiy asarlarning aksariyati chuqur ekologik mazmun-mohiyatga ega.
Davrlar o'tishi bilan ilm-fan va texnika juda rivoj topdi, natijada ishlab chiqarish ham misli ko'rilmagan darajada taraqqiy etdi. Kishilik jamiyati ham son jihatidan ko'paydi. Bular hammasi tabiiy resurslardan jadal sur'atlarda foydalanishga olib keldi. Pirovard natijada, atrof-muhitda keskin o'zgarishlar kuzatila boshlandi. Aynan shunday holat va omillar tufayli ham ekologiya fanining turli yo'nalish va sohalari vujudga keldi. Ushbu ma'lumotdan, shuningdek, ekologiya insonlar hayot faoliyatining deyarli barcha jabhalarini qamrab olganidan ham yaqqol ko'rish mumkin.
Keyingi paytda taraqqiy etgan va mukammal shakllangan turli ekologik fanlar bir-birlari bilan uzviy bog'langan. Shu haqda quyida batafsil fikr yuritiladi. Ekologiyaga oid har xil yo'nalish va sohalar markazida «Ekologiya asoslari», ya'ni butun biosfera (Yer sayyorasining jonli qobig'i) haqidagi tushuncha va bilimlar majmui turadi. Boshqacha ifodalansa, «Ekologiya asoslari» tabiatda mavjud bo'lganjami jonzotlar va ular hamjamoalarining o'zaro va tashqi muhitlar hamda boshqa tabiiy omillar bilan o'zaro ta'siri va munosabatlarini o'rganadi. O'z navbatida,
Download 27,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish