4.4 Zarafshon archasini pishib yetilgan daraxtlari va ularning o’sib rivojlanish xolatini aniqlash
Archa (juniperus L) doim yashil, ikki uyli, kamroq xolda bir uyli daraxt turi bo’lib, u o’rtacha kattalikda yokiuncha katta bo’lmagan butadir. Ularning barglari tangachaga o’xshash yoki uch qismi novdachalardan iboratdir.Archaning bir turigina (sibir archasi) barcha yosh o’simliklarida,ignasimon kichik lantsetsimon, o’tkir uch qismi tikandir. Gullari mayda oval shaklli. ayrim jinsli. boshoqli. Erkak (changchilari) yirikroq, bir yillik novdalarining uchlarida, ilgari davrdagi changlanishdan oldingi yili 2-3 oydan keyin to’lik pishgan bo’ladi va bir necha juft changchidan iborat. Qiska oyoqli tangachalarga o’xshash qalkonchalar boshoqda joylashgan va yuqori tomondan 4 tadan oval-cho’ziqchi, changdon xaltachalarda shunday axvolda qishlaydilar. Urg’ochi (urug’li) boshoqchalar, kuzda yillik novdalarning qo’ltig’ida shakllanadi. Ushbu vaqtda ular juda kichikdirlar .Differensiyalanmagan va o’suvchi kurtaklardan keyin farqlanadi. Kelasi baxorda gullashdan oldin ular tez rivojlanishadi.
1 2 3 4
4.2,-Rasm Zarafshon archasining gullari: Butkov.E.A.
4.2,-rasmda ko’rinib turibdiki, 1-yopiq xolattagi otaliq guli, 2-gulning ko’ndalang kesimi, 3-changlanishga ochilgan otalik gul, 4- changlanishga tayyor ochilgan onalik gulidir. Normal kattalikgacha ko’zga ko’rinishi sezilarli bo’ladi va 4-6 bir-biriga qarama-qarshi joylashgan tangachalardan iboratdir. Xar birining yuqori qismida (juda kam xolda bittadan) butilkaga o’xshash urug’ kurtak mavjud. Gullash vaqtida chang kiruvchi teshikchadan yopishqoq tomcha chiqadi, u changni ushlab oladi va o’zining ichiga urug’ kurtakka tortadi. Archa o’sish sharoiti va ob-xavoga qarab, mart, aprel yoki mayda gullaydi. Tangacha changlangandan so’ng,(urg’ochi boshoq) go’shtdor bo’ladi, tez o’sadi, sernamli g’uddani shakllantiradi, kattalashib tangachalar rezavorga o’xshab ketadi. SHuning uchun archaning mevasi rezavorli g’udda deb nom olgan. G’uddali rezavorni, pishishi ikki yil davom etadi.(ayrim xolda uch yilgacha). Ammo birinchi yilning oxirida, ular ikki yoshlilarning kattaligiga yetadi va o’ziga xos shaklni qabul qilishadi. Biroq sezilarli farq etadi. Ikki yoshli g’uddalar, pishgan urug’lari bilan yozning oxirida. qoramtir, to’qyashil smolali, po’stga aylanadilar. Turkiston archasida ular qora yaltiroq, yarimsharsimondalarida esa zangori-qoramtir, zarafshon archasida qoramtir-qizil, deyarli qora. Bunday g’uddalarda, urug’lar yaltiroq, jigarrang, qattiq smolali, mevasidan yengil ajraladi. Go’shti kam smolali, (qatronli), och yashil, ulardagi urug’lar xira, uncha qattiq yemas.Mevasi go’shtidan qiyin ajraladi.Zararkunandalar bilan zaralanish taьsirida g’uddalar birinchi yili qoramtir bo’ladi. Ammo sarg’ish yashil tusini yo’qotmaydi va unga xos bo’lgan barcha sifatlar mavjud. Taьriflangan g’uddaning birinchi va oxirgi yil rivojlanishidagi farqi, avgust oyida ko’rinadi, Ayniqsa aloxida o’sib, turgan daraxtlarda va daraxtzorning yorug’ qismida namoyon bo’ladi. Ikki yil mobaynida pishishi sababli, xar yilning kuziga kelib, bir daraxtning o’zida g’uddalar xar xil yoshda bo’ladilar va sifatlari xar xildir.Birinchi yili pishmagan urug’lari bilan va ikkinchi yili yaxshi rivojlangan urug’lari va murtagi farqlanadi.Archaning urug’lari qiziq biologik, xususiyat va murtagining asta rivojlanishi bilan ajralib turadi. CHanglangandan so’ng tez o’zgaradi va birinchi yilning oxirida u qalin qobiqqa yega bo’ladi va oqsili yadroga endosperm bilan to’ladi. Ammo xali rivojlangan murtakka yega bo’lmaydi.Tashqaridan qaraganda bunday urug’kurtak urug’ga o’xshaydi. Lekin rivojlangan murtakning bo’lmaganligi sababli, o’sishga yaramaydi va u urug’ yemas. Murtakning to’liq rivojlaninishi ikkinchi yili yozda tugallanadi. (er bag’rlab o’sadiganlarida )uchinchi yilining oxirida.U kichik terichadan va ikki go’shtli urug’chalardan iborat bo’ladi. Archani urug’larining pishishi,avgust oyida tugallanadi. (kam xollarda ikkinchi yilning sentyabrida) Bu vaqtda archazorlarda tuproq va xavoning quruqligi kuzatiladi. Bu yesa pishgan urug’ning terisini tuzilishini keskin o’zgarishiga olib keladi.U zich qatorli mayda va qalin devorli xujayralardan iborat bo’ladi. Qurg’oqchilik kuchayishi bilan urug’ning terisi keyinchalik zichlanadi.Bunga sabab uning xujayralarining qurishidir. Oxirgilari yanada maydaroq bo’ladi. Terisi yanada qalinlashadi va zichroq bo’ladi.Buni xammasi urug’ qobig’iga xavo va suv o’tkazmaydigan qiladi. SHu sababli archaninig urug’lari shishib ketmaydi.Vaqtning o’tishi bilan murakkab biokimyoviy jarayonlar sababli, urug’ning terisini xujayralari asta-sekin yumshab boshlaydi. Terisi suvni o’tkazadigan bo’ladi. SHishadi va o’sa boshlaydi. Urug’ terisi xavoni o’tishiga qarshilik qilayotgan vaqtda, asosiysi endospermga suvni o’tkazish sekinlashganda, murtak ozuqa moddalardan foydalana olmaydi. Ular ishlatishga va murtak keyingi rivojlanishga, o’sishga tayyor yemas. Urug’lari pishganidan so’ng, maьlum vaqtda shishishga tayyor bo’ladi .Buni biologik tinim deyiladi.
4.3,-.Rasm Zarafshon archasining bir yillik qubbalari.
Urug’lar qiyin unib, chiqadigan bo’ladi. Biologik tinim o’simliklarning ko’p turdagi urug’larida kuzatiladi. Ayniqsa qurg’oqchil iqlimlarda o’suvchilarda. Ammo uning davomiyligi xar xil o’simliklarda turlichadir.Archaning barcha maxalliy turlarida biologik tinim 2-3 yil davom yetadi.Bunga sabab kuzda terilgan urug’lar, go’shtidan tozalanganda,yaxshi parvarishlanganda, ko’chatzorga yekilganda, ikki yildan keyin ayrim xollarda, uch yildan unib chiqadi.To’liq pishib yetilishdan, chuqur tinim davrigacha, archada juda qisqa va ko’pincha qiyin bilinadi.O’rmon xosil qiluvchi zarafshon va yarimsharsimon archalarda, Qirg’izistonning janubida, yozning ob-xavo sharoitiga, bog’liq xolda, u avgust oyida kuzatiladi.Yoz quruqroq bo’lganda, biologik tinim yertaroq keladi. Namligi yuqoriligi kechroq.Demak sentyabrda tayyorlangan urug’lar, oktyabrda namli tuproqqa, yekilgandan keyin, baxorda unib chiqmaydi. CHunki ular chuqur tinim davriga ketadi va ikki uch yildan so’ng unib chiqadi.Archaning barcha turlarini xosil berishi, odatda xar yili ob-xavo sharoiti noqulay bo’lganda, (baxor oyida)urug’don xosil qilmaydi.Tabiiy sharoitlarda archa taxminan 30-50 yoshlarda meva bera boshlaydi.Zarafshon archasi yertaroq, turkiston archasi kechroq, meva beradi.Meva pishib boshlashini ilk davrida, tuguncha xam bo’ladi.Ular kam xolda pishib yetiladi va ko’pincha pishmasdanoq to’kila boshlaydi.Yalpi ravishda meva xosil qilishi, taxminan 100 yoshida kuzatiladi.Barcha archa turlari, katta yoshdalarda xam meva berishadi. Ko’pincha baland tog’larda, 800-1000 yoshli daraxtlarda, tana chirindisi bilan zararlanganlari, tez uchrab turadi. Ammo meva berishi to’xtamaydi.Lekin bunday daraxtlarda, g’uddalar maydaroq bo’lib, ko’p urug’lari puch bo’ladi. G’uddalarni asosiy xosili, (yaxshi sifatli urug’lari bilan o’rta yoshlilarda kuzatiladi.Mevali daraxtlarning soni, daraxtzorda uning zichligiga bog’liqdir.Xamda ekspozitsiyasi dengiz satxidan balandligiga xam bog’liqdir. SHox-shabbasini bir-biriga tegib qolishi bilan meva berishi va xosili kamayadi.Xamda tarqalish arealining yuqori chegarasida xam meva beradigan daraxtlarning soni kamayadi. Xisor,Zomin, Boysun, tog’ tizmalarida, zararlangan archalar ko’p uchraydi.Bunga sabab archazorlarni ifloslanganidir.Xamda sanitar axvolini yaxshilash,maqsadida ularni qisman kesish, ishlari olib borilmaganligi. (kasallanganlari quriganlari).
Bunga quyidagi sabablar bo’lgan.
1)Yarimsharsimon va turkiston archalarini urug’lari yeng kuchli zararlanganlari, archa mintaqasining o’rta qismida bo’lganlari, dengiz satxidan 2600-2800 m balandliklarda. Bu yerlarda archazorlar kengroq joylashgan.
2)Archazor joylashgan qiyaliklar, qancha baland va issiqroq bo’lsa, kasallik darajasi shuncha kuchli bo’ladi.
3) Yarimsharsimon archa, barcha maydonlarda, turkiston va zarafshon archalaridan yuqori zararlanadi.Undan tashqari urug’lari xam zararlanadi.Bunda puch urug’lar ko’proq bo’ladi.Ko’proq zarafshon archalarida puch urug’lar bo’ladi. Yarim sharsimonda kamroq kuzatiladi.Natijada yeng past sifatli urug’lar (o’rtacha 30%) turkiston archasida kuzatilgan. Bu ko’rsatgich zarafshon archasida (35%), yarimsharsimon archada yesa (40%) dan ortmaydi. Pishgan g’uddalarini to’kilishi, yozning oxirida boshlanadi va kech kuzgacha davom yetadi.Tabiiy sharoitda mevalarni go’shtini chirishi, juda uzoq davom yetadi. Uning zichligi, smolasining ko’pligi va sharoitlariga bog’liqdir.Masalan: o’rmon to’shamasi bilan yuqaroq qoplansa, mevalarning go’shti, tezroq chiriydi. G’uddalar kuchli quriganda, chirishi ko’p yil davom yetadi.Urug’lar go’shtidan bo’shamaganucha o’smaydi. Ko’p yil xayotchanligini saqlaydi. (unuvchanligi 5 yildan kamroq saqlanadi).Ammo xar-xil vaqtda, asta-sekin o’sadi.SHu sababli bir xosilning urug’lari, ijobiy sharoitlarda, bir necha yil davomida unib chiqishi mumkin.Daraxtzorlarda nixolchalar iyun oyidan oldin, paydo bo’lad. SHu paytda xavo va tuproq yaxshi isib, kerakli namlikni saqlaydi. Archaning nixollari birinchi kun o’sishida, bir-biri bilan farqlanadi. Zarafshon archasining nixollari uzun, och-yashil yoki urug’chalari mayda, oq nuqtali rangda. Ularning plastinkalari, yuqoridan o’rtasigacha ajralib, turadigan bir necha tomirchalari bor. Urug’chalarining pastki qismi, bir xil och, ustki qismi oqishroq, bo’yiga ariqchasi bilan o’rta qismi, igna bargli, bigizsimon, yuqori qismi och-yashil, kuchsiz xavorang, ikki chuqur chiziqlar, zangori rangda. CHiziqlar o’tkir tilcha bo’lib, joylashgan. Uning yuqori qismi, plastinkaning uch qismigacha bormaydi. Yon tomonidagi keskin o’q, plastinkaning asosigacha boradi. Plastinkaning pastki qismi, (igna bargli) qilga o’xshagan. Asosi kengaygan, tanasiga o’tadi. Plastinkaning chekkalari, ichiga biroz qayrilgan, ikki zangori chiziqlari, plastinkaning past va yuqori qismida, bir xil rangda. Zarafshon archasining nixolchalari va tanasi semiz bo’lib, boshqa archalarda uchramaydi.Urug’chalar zangori-yashil.Tabiiy nixolchalarning rivojlanishi, vegetatsiyaning qisqa davrida kechadi. Yozgi davrida 2-3 oydan oshmaydi.Vegetatsiyaning boshlanishi, xaroratning yetishmasligidan kechikadi. Tuproqning quruqligi, avgust oyida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |