Mavzu: Xaydalmali terrasalarda zarafshon archasining madaniy o’rmonzorlarini barpo etish
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM
2.1. Tog’ va tog’ oldi xududlarining tuproq, iqlim sharoitlari.
2.2 Zarafshon archasining bioekologik va dendrologik tavsifi
2.3. Xaydalmali terrasalarda zarafshon archasi madaniy o’rmonlarni barpo etish agrotexnologiyasi.
2.4. Xaydalmali terrasalarda zarafshon archasi madaniy o’rmonlarni barpo etish agrotexnologiyasi.
2.5. Maydabargli qayrag’och madaniy o’rmonlarining o’rmonchilikdagi ahamiyati
III.XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR
KIRISH
Dunyo bo’yicha archa o’rmonlarini rivojlantirish borasida keng ko’lamli izlanishlar olib borilib, archa o’rmonlarini maxsuldorligini oshirish, sifatini yaxshilashga aloxida eьtibor qaratilmoqda. G’arbiy O’rta dengizining Frantsiya (Alьpi, Purena va Korsika), Ispaniya, Aljir va Morokkaning aloxida xududlarida (Juniperus turifera)archasi o’sadi. Morokko olimlari N. Montes va V. Bertodir tomonidan, archaning, shu xududning, ekotizimidagi o’rmonlar soni va undan foydalanish xajmi o’rganilgan. Bu xududdagi lalmikor tog’ o’rmonzorlarida, siyrak archa daraxtlari, jiddiy xavfli sharoitda o’sadi. Atlas tog’laridagi archa o’rmon daraxtzorlaridan, intensiv turda foydalanish va mol boqish natijasida o’ta ko’p degradatsiyaga uchraganligi aniqlangan.
Mamlakatimizdagi archazorlar ichida, zarafshon archasi alohida o’rin egallaydi, maydoni ham kattaroq. Hozirgi vaqtda archazorlar respublikada 190 ming gektar maydonni egallaydilar. Xisor tog’ tizmalariniig yonbag’irlarida o’sadigan archalar, janubiy archa tipiga kiradi va siyrak archazorni tashkil etadi. Dengiz satxidan 1600-2100 metr balandlikda. Bobotog’ tizmalariniig yon bag’irlarida, archa daraxti bir muncha siyrak joylashgan.. Archazorlardagi daraxtzorlarni, asosiy biologik va xo’jalik axvolini aniqlashda, ularni tabiiy ravishda qayta tiklanishiga eьtibor qilinadi. Ushbu masalani tadqiqotlashga, oid bir qancha ilmiy ishlar, Rossiya, Qirg’iziston va Tojikiston olimlari, tarafidan bajarilgan. Ular o’zlarining tadqiqotlarini, xar xil ekologik sharoitlarda, archaning tabiiy ravishda tiklanishiga qaratishgan.
Respublikamiz o’rmon fondi resurslarining boy salohiyatidan to’la-to’kis va oqilona foydalanishni ta’minlash, o’rmon xo’jaligi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, o’rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga ilg’or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, o’rmon xo’jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni yanada faol jalb etish va ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida:
O’zbekiston respublikasi Prezidentining, 2017 yil 11-mayda qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasi o’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” PQ-2966-son qarori sohaningmoddiy-texnika bazasi jismonan va ma’nan eskirgani va yetarli darajada modernizatsiya qilinmayotgani, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlarini sohaga jalb qilish ishlarining sustligi, ushbu tarmoqda yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi, o’rmon qonunchiligidagi ayrim me’yorlarning amaliy ahamiyati va ularni amalga oshirish mexanizmi yo’qligi, soha faoliyatini rivojlantirish, o’rmonlarni ko’paytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.
2015-yil 20-yanvardagi № 5-sonli “2015-2017-yillarda o’rmon ho’jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o’simliklar xom-ashyosini etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish, chora-tadbirlari to’g’risida”gi majlis bayonnomasining ijrosini ta’minlash bo’yicha bir qator chora-tadbirlar, ishlab chiqilgan. Ushbu archazor o’rmonlar va ulardagi dorivor va vitaminli o’simliklarni madaniylashtirish, ularni sanoat plantatsiyalarida yetishtirishni tashkil etish va o’rmon xo’jaligi tizimida, farmatsevtika sanoati uchun xom-ashyo bazasini shakllantirish, ishlarini amalga oshirish zarurligi ko’rsatilgan
Yuqorida keltirilgan qarorni yanada mustaxkamlashda, o’rmon xo’jaligidagi tabiiy archazor o’rmonlarni qo’riqlash, ularni kasallik va zararkunandalardan himoyalash, ishlarini o’z vaqtida monitoring o’tkazib kuzatib boriladi.
Mavzu xaqiqatdan xam dolzarb bo’lib, mamlakatimiz tog’ o’rmonlarini, asosini tashkil qiluvchi, archa o’rmonlarini zaxiralarini yanada ko’paytirishdan iboratdir. CHunki tog’ va tog’oldi mintaqalarida, tog’ buloqlari, suv manbalarini ko’paytirishda, suvlarni boshqarishda, tog’li xududlar yer maydonlarida, yemirilishni oldini olishda, xosildor tuproqlarni saqlab qolishda, tog’ daryolarida loyqalanishni oldini olishda, shuningdek, tog’ o’rmonlarida yashil xududli ko’rinishni, saqlashda va ushbu yashillik tufayli, archazor o’rmonlarda tabiiy ekotizmni yanada rivojlantirishda, archazor o’rmonlarning o’rni beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |