I kirish. II. Asosiy qism


Zarafshon archasining ekologik sharoitlarga bog’liq holda o’sishi



Download 3,11 Mb.
bet6/11
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
жахонгир

4.3 Zarafshon archasining ekologik sharoitlarga bog’liq holda o’sishi.
Archa uzok, yashaydigan daraxtlardan xisoblanadi. 1000 yildan ko’proq yashagan archalar xam topiladi. Archa qanchalik balandlikda o’ssa, u shunchalik uzoq yashaydi. Tekshirilgan 350 xil archaning xar biri xali o’sishni davom ettirmokda. Mazkur archalardan ko’pchilligi pishib yetilgan. 329 yasharlik archaning bo’yi 13,7 metr, diametri esa 33,5 santimetr. U so’nggi 10 yil ichnda buyiga 40 santimetr, diametriga 1 santimetro’sgan. SHunisi xarakterliki, o’rta yoshdagi archalar bir yilda bo’yiga 4 santimetr, diametriga esa 0,1 santimetro’sgan. Yog’och xajmi 0,50 kub metr bo’lib, daraxt xajmiga nisbatan o’rtacha o’sishi, yillik o’sishiga qaraganda ikki marta kam. 374 yillik archaning bo’yi 10,7 metr, diametri 55 sanitmetr bo’lib, o’sishda davom etgan. U so’ngi 10 yil ichida bo’yiga 20 santimetr, diametriga 1 santimetr o’sdi. SHu yoshdagi archalarning yog’och xajmi 1,22 kub metr bo’lgan, yillik o’rtacha o’sishi 0,0032 kub metr, umuman xajmiga o’sish 0,0045 kub metr bo’lgan. SHunday qilib 400 yoshdagi archalar xam o’sishni davom ettirgan, lekin xal ular pishib yetilmagan.
O’zbekiston tog’ yon bag’irlaridagi archazorlar o’n ming gektarlab maydonni egallaydi. SHuning uchun bu archazorlarga meliorativ ta’sir o’tkazib, suvlarini tekshirib tuprok sharoitini yaxshilash zarur. Tog’ yonbag’irlaridagi siyrak archazorlar qor va yomg’ir suvlarini qisman tutib kolsa, qalin archazorlar esa deyarli xammasini tutib qoladi. Daraxt kanchalik zich bo’lsa, tuproqdagi nam kam bug’lanadi. O’rmon to’shamalari qor, yomg’ir suvlarini shimib oladi. Natijada ular yerga shimilib yer osti (gurunt) suvlarini xosil qiladi. Buloqlar asta-sekintog’daryolariga borib qo’shiladi va ulardan tog’etaklaridagi yaylovlarni sug’orishda foydalaniladi.
Archazorlar sel va toshqin suvlarni to’sadi, tog’ qoyalarini yemirilishdan xamda tuproqni suv eroziyasidan saqlaydi. L.T. Zemlyanitskiyning (1937) tadqiqotlariga qaraganda archazorda daraxt zichligi 0,3—0,7 bo’lsa, tuproq yuvilmaydi. 0,4 qalinlikda bo’lganda, yiliga 55 kub metr, 0,3 qalinlikda bo’lganda, esa 242 kub metr tuproq eroziyaga uchraydi. Siyrak archazorlarda esa bir yilda gektariga 1500 kub metrgacha tuproq yuviladi.
4.2,-jadval
Zarafshon archasining nixollari va yosh daraxtlarining qiyaliklarga va uning nishabiga bog’liq soni.



Qiyaliq va uning nishabi

To’liqligi

Katta yoshdagi daraxtlar soni, dona/ga

Yosh nixollar, dona/ga

Yosh daraxtlar, dona/ga

1

SHarq, 180

0,4

1820

506

107

2

SHimoli, 160

0,3

1500

341

94

3

Janubiy, 250

0,2

610

120

61



4.2,- jadvaldan ko’rinib turganiday maydondagi daraxtlar soni ko’paygan sari, undagi yosh daraxtlar va nixollar soni ortib borgani aniqlandi. Bu xodisa xamma qiyalaklarda xam shunday bo’ladi. Archazorning to’liqligi 0.4 bo’lsa, katta yoshdagi daraxtlar soni 1 gektar maydonda 1820 dona, yosh nixollar soni 506 dona, yosh daraxtlar soni 107dona xisoblandi. SHunday kilib, archazorlar qor suvlarini saqlab turadi, suvlarni tejaydi, daryolarni qurib qolishdan, tuproqnn eroziyadan saqlaydn. SHuning uchun xam archa daraxti O’zbekiston xalq xo’jaligida muxim axamiyatga ega. Archazorlar muxim meliorativ axamiyatga ega bo’lishi bilan bir qatorda ko’plab yog’och beradi.
Respublikada archa yog’ochlarning umumiy zaxirasi 8 million kub metrni tashkil etadi. O’zbekistonda umumiy o’rmon maydonining 9 % archazorlar tashkil etadi. SHunday bo’lishiga qaramay, respublika o’rmonlaridan olinayotgan umumiy yog’och zaxirasining 67 % archa daraxti tashkil etadi. Respublika o’rmon-chiligida archa salmoqli o’rin tutadi. Undan xar xil buyumlar yasaladi, yoqilgi va qurilish materiallari sifatida foydalaniladi.
Archa daraxti och va to’q jigarrang bo’ladi. Yillik xalqalari yaxshi bilinib turadi. Butoqlardan tozalangan archa oson arralanadi, tez va yaxshi randalanadi, pardozlanadi. U kiparisga o’xshash xushbo’y xid beradi.
Bir kub santimetr yog’och og’irligi 0,46-0,52 gramm. Boshqa daraxtlar qurigandan keyin 11-12%og’irligini yo’qotsa, archa esa qurigandan keyin 4 % og’irligini yo’kotadi. Archa juda qattiq va mustaxkam daraxt. Yo’g’on bo’yiga qarab 308 kg/sm2 kuch bilan egilsa xam sinmaydi.SHuningdek uning radial (kunda-lang) mustaxkamligi, 88 kg/sm2, tangeptalь mustaxkamligi, 81 kg/sm2. Egilishga chidamliligi 759 kg/sm2, qizishga chidamliligi esa 36 kg/sm2. Archa yog’ochi fizik-mexanik xususiyatlari jixatidan lipa va tog’ teraklariga o’xshashdir. Uning eng muxim xususiyatlaridan biri kam chirishligidir. Maxalliy axoli fikricha, archa yog’ochlari qurilishlarda 400 yildan ortiq vakt chirimasdan turishi mumkin ekan. Undan turar-joy, irrigatsiya, transport qurilishlarida va aloqa liniyalari o’tqazishda foydalaniladi. Qurilishda foydalanish uchun bolar, va vassa kabi materiallar sifatida ishlatiladi. 1938 -yilgacha archa daraxtlarini kesish va ulardan foydalanish keng miqyosda olib borildi. Archa yog’ochlaridan qalam yasashda foydalaniladi, shuning uchun xam uni qalam daraxti deb bejiz aytilmagan. 1911 -yildayok Zomin o’rmon xo’jaligida qalam tayyorlash uchun 300 pud yog’och tayyorlanib, Varshavaning qalam fabrikasiga jo’natildi.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish