I kirish. II. Asosiy qism


Xaydalmali terrasalarda zarafshon archasi madaniy o’rmonlarni barpo etish agrotexnologiyasi



Download 3,11 Mb.
bet4/11
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
жахонгир

2.3. Xaydalmali terrasalarda zarafshon archasi madaniy o’rmonlarni barpo etish agrotexnologiyasi.

O’zbekistonning bu zonasi respublika territoriyasining 9,6 mln. ga yoki 22% maydonini egallaydi. Tog’-tog’oldi zona sharoitida o’rmon ko’paytirish ishlari katta qiyinchiliklar bilan bog’liq. Bu tog’ relьefi keskin qiyaliklar, ularning ekspozitsiyasi, dengiz sathiga nisbatan yuqoriligi bilan tavsiflangan. Tog’larda eroziya jarayonlari juda kuchli va qiyalik qanchalik keskin bo’lsa, oqim kuchli bo’ladi. qiyalik ikki barobar oshganda yuvilgan tuproq miqdori to’rt-besh marta ko’payadi. Tuproqning yuqori mahsuldor qatlami yuvilib ketadi, bu esa tuproqning kuchsizlanishiga olib keladi.


O’zbekistonning tog’-tog’oldi zonalari xavfi bo’yicha A.A. Xonazarov tomonidan (1983) eng katta xavfli eroziya, o’rta xavfli va kuchsiz xavfli eroziya territoriyalarga bo’lingan.
Tog’ va tog’oldi mintaqalarida eroziyaning oldini olish tadbirlaridan biri-bu madaniy o’rmonlar barpo etishdir.
O’zbekistonning tog’ mintaqalarida tabiiy yog’ingarchiliklarni tuproqda to’plash va namlikdan tartibli foydalanish o’rmon daraxtzorlarini samarali barpo etishni ta’minlaydi. Tuproqda tabiiy namlikni to’plash va tartibli foydalanishga joyning xususiyati va daraxtzorlarning maqsadiga bog’liq holda yuqori agrotexnikani qo’llab erishish mumkin.
Madaniy o’rmonlar yashovchanligining pastligi va yomon o’sib rivojlanishi asosan takomillashmagan agrotexnika qo’llanilishi bilan asoslanadi.
Tuproqqa ishlov berish. Madaniy o’rmonlar uchun tuproqqa ishlov berish-bu tuproqning suv, havo va issiqlik rejimini yaxshilash, yovvoyi o’simliklarning zararli ta’sirini kamaytirish va madaniy o’rmonlar yashab qolishi va o’sib rivojlanishi uchun maqbul sharoit maqsadida mashina va orudiyalarning ish organlari bilan tuproqqa mexanik ta’sir etishni o’z ichiga oladi.
Xususiyatlari hisobga olinib yaxshi ishlov berilgan tuproqlardan suv kam oqib ketadi va daraxt o’simliklari namlik bilan yaxshi ta’minlanadi. Daraxt va butalar ildiz tizimlarining rivojlanishi hamda tuproq unumdorligini oshiruvchi mikroorganizmlarning tuproqdagi faoliyati uchun maqbul sharoit yaratiladi.
Madaniy o’rmonlar ishlarining maqsadiga va madaniy o’rmonlar maydonning tavsifiga bog’liq holda tuproqqa yalpi yoki polosalab ishlov berish mumkin.
Nishabligi 8° gacha bo’lgan kuchli, kuchsiz yoki yuvilmagan tipik qo’ng’ir, tipik bo’z tuproqlarda, archa, pista va yong’oqmevalilar o’sadigan poyasda tuproqqa yalpi ishlov beriladi. qishloq xo’jaligida foydalanishdan bo’shagan yovvoyi ko’p yillik o’tlar bilan qoplangan uchastkalarni o’rmonlashtirishdan oldin yovvoyi o’tlardan holi qilishga qaratilgan tuproqqa ishlov berish tizimi qo’llaniladi. Bu maqsadda tuproqqa ishlov berishning qorashudgor usuli qo’llanadi. Bunda tuproqqa ishlov berish ag’darib haydashdan boshlanadi. Keyingi yilning erta bahorida qatqaloqni yumshatish va namlikni (kapillyar naylarni) yopish maqsadida tuproq boronalanadi. Keyinchalik tuproqning yuza qismiga (10-12 sm chuqurlikda) kulьtivatorlar yoki ag’dargichi olingan luhilьnik, borona yordamida ishlov beriladi. Ishlov berish muddatlari o’t o’simliklarning o’sishi va o’rmon o’simliklarining o’sish sharoitiga bog’liq holda aniqlanadi. Ko’chat o’tqazishdan oldin uchastka 25-27 sm chuqurlikda qayta haydaladi.
O’rmon daraxtzorlarini barpo etishda tuproqqa ishlov berishning qora shudgor usulidan foydalanish tuproqda namlikni to’plash va yovvoyi o’tlardan tozalanishini ta’minlaydi.
Qora shudgor usulida qatlamni ag’darmasdan haydash chuqurligi alohida hollarda 60-70 sm ni tashkil etadi va ag’darib haydashda bu ko’rsatkich 25-27 sm ga teng bo’ladi. CHuqur haydash DT-54a, DT-75 va PPN-50 traktorlari yordamida agregatlanadigan PPU-50A, PPN-40 plantajli pluglari yordamida bajariladi.
Kulьtivatsiyalar miqdorining asosiy qismi issiq va sernam sharoit davriga, kam qismi quruq va sovuq davrlarga to’g’ri keladi. (Bululukov D.G., 1977).
Mo’’tadil va sovuq sharoitlar davriga kulьtivatsiyalar miqdorining 1-2 tasi, o’tish va issiq sharoit davriga 3-5 tasi to’g’ri keladi. Subtropik mintaqalarda 5-7 marotaba kulьtivatsiyalanadi. qiyaliklarda qiyalik yo’nalishiga ko’ndalang holda tuproqqa ishlov beriladi.
Nishabligi 8-15° bo’lgan qiyaliklardagi yuvilmagan tuproqlar polosalar shaklida haydaladi. Haydaladigan polosaning eni 1,5-2 m ni tashkil etadi va bu polosalar 2-3 m oraliq masofa qoldirilib joylashtiriladi. Polosalar tuproqni qiyalik yo’nalishi bo’yicha pastga ag’darib haydab shakllantiriladi. Ushbu nishablikdagi qiyaliklarda haydalmali terrasalar ham qurish mumkin.
15-20% va undan katta bo’lgan nishablikdagi qiyaliklarda uchburchak shaklidagi o’ymali-to’ldirmali terrasalar tuziladi. Uchburchak profili shaklidagi terrasalar tog’da madaniy o’rmonlar barpo etish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish uchun qulay hisoblanadi. Terrasa kengligining eni barpo etilayotgan daraxtzorlarning maqsadi va o’rmon o’simliklari sharoitiga bog’liq holda o’zgaruvchan bo’lishi mumkin, ular qiyalik yo’nalishiga qarama-qarshi nishablikda tuziladi. Nishablik 10-20° bo’lganda qarama-qarshi nishablik 2°, 21-27° bo’lganda 3° va 30° bo’lganda 4° ga teng bo’ladi. Terrasaning ona jins otkosi qiyalik nishabligi 60-75° bo’lganda 35-38° ni tashkil etadi. Madaniy o’rmonlar barpo etish uchun terrasalar terrasyor rixlitelь TR-2a (UzNIILX konstruktsiyasi) qo’llanib tuziladi. U nishabligi 40° gacha bo’lgan, kam toshli tog’ qiyaliklarida samarali hisoblanadi. Kengligining eni 2,3-2,5 m bo’lgan terrasalar terrasyor yordamida tuziladi.
Terrasalar maxsus terrasyorlar (T-4M), universal bulьdozerlar (D-259, D-492, D-493) yordamida ham tuziladi.
Tuproqqa ishlov beruvchi orudiyalardan foydalanish imkoniyati bo’lmagan O’zbekistonning tog’ va tog’ oldi mintaqalaridagi uchastkalarda madaniy o’rmonlar barpo etish uchun maydonchalar tuziladi. Odatda o’rmon kesilgan joylardagi tabiiy tiklanish to’p-to’p bo’lib joylashgan maydonlarda tuproq maydonchalar bo’yicha ishlanadi. Alohida o’sayotgan daraxtlar bo’lgan tik qoyalar aralashgan qiyaliklarda madaniy o’rmonlar kesimi uzunligi 2 m, kengligining eni 1 m bo’lgan uchburchak zinapoyalar shaklidagi maydonchalarda barpo etiladi.
Tuproqqa mexanizatsiyalashtirilgan holda ishlov berish O’zO’XITI tomonidan ishlab chiqilgan T-74 va DT-75 traktorlarida agregatlanadigan OPGN-1 va PN-2 mashinalarida bajariladi. Maydonchalar tayyorlaydigan OPGN-1 diametri 1 m bo’lgan aylana shaklidagi maydonchalarni tayyorlash bilan birgalikda, uni yumshatadi va aylana markazida 30 sm diamet- ridagi o’tqazish lunkasini shakllantiradi. Maydoncha tayyorlagich nishabligi 25° gacha bo’lgan nishabliklarda qo’llanadi, undan katta nishablikdagi uchastkalarda maydonchalar 1x1 m, 1x2 m kattalikda qo’lda bajariladi. Maydonchalar qiyalik bo’yicha shahmat tartibida joylashtiriladi. qiyalik bo’yicha maydonchalarning bir- birilaridan orttirmalari 20° gacha bo’lgan nishabliklarda-1 m, 20-35° nishablikda-2 m, 35-40° da-3 m ga teng bo’ladi. Maydonchalar tuzilganda tuproqning yuza qismida uning donador qatlami joylashgan bo’lishi kerak. Bu maqsadda tuproqning yuza donador qatlami qirqib olinadi va qiyalik bo’yicha yuqoriga, maydonchaning materik otkosi tepa qismiga to’planadi. Maydonga tayyorlangandan keyin to’plab qo’yilgan tuproqning donador qismi maydonga yuzasi bo’ylab to’shaladi. Terrasa va maydonchalar o’rmon barpo etishdan bir yil oldin tayyorlanadi. Ko’chat o’tqazish uchun turli kattalikdagi chuqurchalar diametri 100, 80, 60 va 50 sm kattalikda almashtiriladigan burg’ulari bo’lgan KYaU-100 chuqur kovlagich yordamida tayyorlanadi. KYaU-100 T-54V, «Belorus» traktorlarida agregatlanadi. Bundan tashqari chuqurchalar burg’ularining diametri 20 dan 70 sm gacha bo’lgan YaK-1, KRK-60 chuqur kovlagichlarda ham tayyorlanishi mumkin.
CHuqur kovlagichlar ko’kalamzorlashtirish himoya va manzarali daraxtzorlar barpo etishda ko’chat o’tqazish ishlarida keng qo’llaniladi.
O’rmonni ekish va o’tqazish. O’rmon ko’paytirish uslubi o’rmon o’simliklari sharoiti, o’rmon ekish maydonining kelib chiqishi va holati, o’stiriladigan daraxt turining biologik va o’rmonchilik xususiyatlari, o’stirish maqsadi, o’rmon xo’jalik korxonasining iqtisodiga bog’liq holda tanlanadi.
Urug’ ekish yo’li bilan madaniy o’rmonlar barpo etish ko’pchilik xususiyatlari bilan o’rmonning tabiiy tiklanishiga o’xshaydi. SHuning uchun o’rmonchilar qadimdan urug’dan ekib o’rmon barpo etishni o’rmonning tabiiy tiklanishiga o’xshatib qo’llagan.
Urug’idan ekib o’stirishda daraxtlar biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xususan o’q ildiz shakllantiruvchi daraxtlarning ildiz tizimi shikastlanmasdan rivojlanadi. Bulardan tashqari urug’idan ekilgan daraxtlar balandligi va diametri bo’yicha tez differentsiatsiyalanishi natijasida ularning o’zaro ta’siri erta namoyon bo’ladi va chidamli daraxtzorlar shakllantiradi. Bu o’z-o’zidan siyraklashishi va daraxtlarda tabiiy tanlanish-liderlarni tanlash jarayonini jadallashtiradi. Urug’idan ekib o’rmon barpo etish ko’chat o’tqazib o’rmon barpo etishga qaraganda sodda bo’lib, unda ko’chatzorda ko’chat o’stirish talab qilinmaydi.
Urug’idan ekib o’rmon barpo etish usuli ham o’ziga xos kamchiliklarga ega. Urug’idan ekilgan o’rmonlar unib chiqqunga qadar uzoq agrotexnik va keyinchalik o’rmonchilikka oid parvarishlarni, ko’p urug’ sarflanishini talab qiladi. SHularni hisobga olgan holda O’zbekistonda o’rmonlar barpo etish uslublari ulushining ko’p qismi ko’chatidan o’tqazib barpo etishga qaratilgan.
Madaniy o’rmonlar maydonlarida o’rmonlarni urug’idan o’stirish samarasi urug’ning kelib chiqishi va sifatiga, ekologik omillar (issiqlik, namlik, yorug’lik, aeratsiya, tuproq donadorligi) ning mavjudligi va optimal miqdoriga, urug’ ekish texnologiya (muddat, me’yori, ekish chuqurligi va hokazo) lari va usullariga, tuproqni ekishga tayyorlash usullari va sifatiga, ekilgan o’rmonlarga ishlov berish chastotalari va sifatlariga bog’liq bo’ladi.
O’zbekistonning tog’ va tog’ oldi mintaqalarida eman, grek yong’og’i, handon pista kabi urug’i yirik bo’lgan, ildizi chuqur, keng tarmoqlanadigan, ko’chirib o’tqazganda yaxshi tutmaydigan daraxt turlarini urug’idan ekib o’rmon barpo etiladi.
Handon pista, grek yong’og’i, eman urug’larini hasharotlar zararlamaslik maqsadida ekishdan oldin stratifikatsiyalanadi va ekilgan urug’larni muhofaza qilish ishlarini tashkil etiladi.
Urug’idan ekib o’rmon barpo etish uchun sog’lom, to’lamag’izli, yuqori o’sish quvvatiga ega bo’lgan, stratifikatsiyalangan, mahalliy, qiyg’os unib chiqadigan I sinf sifatidagi urug’lardan foydalaniladi. Uzoq muddat saqlangan, sifati past yoki boshqa regionda yetilgan urug’lardan ekish tavsiya etilmaydi. Mahalliy urug’lar miqdori kam bo’lgan holatda iqlim-tuproq sharoiti o’xshash bo’lgan regionlardan keltirilgan urug’lardan foydalanish mumkin.
Hozirgi davrda O’zbekistonning tog’li mintaqalardagi meva hosil beruvchi o’rmon massivlaridan urug’ hom ashyosi bazasi sifatida foydalanish mumkin.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish