4.2. Zarafshon archasining tarqalishi va ularning xolatiga ekologik –o’rmonchilik baxo berish
Archazor 509 ming gektar maydonni yoki tog’dagi barcha o’rmonlarning 85 % ini tashkil etadi. O’zbekiston tog’larining 105 ming gektarini o’rmon egallagan bo’lsa, shundan 85,6 ming gektarini yoki 81 %i archazorlardir. Archa daraxtlarining umumiy yog’och zaxirasi, (siyrak joylarni xisobga olmaganda) 5,46 million kub metr. Bu tog’dagi o’rmon zaxirasining 97 %ini, respublikadagi barcha o’rmon zaxirasining esa 67 %ini tashkil etadi. SHundan ma’lumki, respublikamiz tog’o’rmonlarining ko’pchiligi archa daraxtlari bilan qoplangan.
Archa juda chidamli o’simliklardandir. U tabiat nnjiqliklariga bemalol bardosh beradi. Archa daraxti yirik o’rmonzorni tashkil etadi. Yog’ochsozliksanoati uchun ko’plab kimmatbaxo xom ashyo yetkazib beradi. U joy tanlamaydi, qiyaliklarda xamo’saveradi. Daraxtlarni yaxshi parvarish qilinmaganligi natijasida, ko’plari sinib, nes-nobud bo’lgan.SHuning oqibatida ayrim kishilarda archa uzok, yashamaydi degan noto’g’ri fikr tug’ilgan. Archazorlarnipg xolati, ularning biolognk xamda ekologik xususnyatlari bilangina bog’lik bo’lmas, balki xo’jalik ishlarining noto’g’ri boshkarilishidadir. SHuning bilan birga archazorlarni yangilash ishlari juda sust olib borilmokda, ularni tabiiy yangilash xamda sun’iy ko’paytirish borasida samarali tadbirlar ko’rilmadi. 1935- yildan e’tiboran archaningboshqa muxim axamiyatga ega bo’lgan, tez o’sadigan texnik daraxt zotlari bilan qo’shib ekish, borasida qator ishlar boshlab yuborildi. 1938- yili professor V. P. Drobov to’g’ridan-to’g’ri shunday deb yozgan edi: «Archa juda sekin o’sadigan va kam foyda keltiradigan daraxt turlaridandir, shuning uchun archa o’rniga boshqa tez o’sadigan daraxt ekish maqsadga muvofiqdir». Lekin tajriba bu fikrni noto’g’ri ekanligini isbotladi. Xozirgi sharoit talabiga ko’ra, tez o’sadigan texnik daraxt turlarini ko’plab, yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Lekin archa o’rniga boshqa daraxt ekish bema’nilikdir. Archa tog’sharoitida,o’rmonchilikning asosiy qismini tashkil etib keldi va keladi xam. U xar kanday sharoitga chidamli va uzok, muddatli o’simlik bo’lib muxim ximoya vazifasini xamo’taydi.
O’zbekistonda archa o’rmonlari asosan uch massivda joylashgan:
G’arbiy Tyanshanь;
Turkiston tizmalarining G’arbiy kismi;
Xisor tizmalari va uning yon bag’irlari.
4.1,-jadval
Hisor tog’laridagi zarafshon archazorlarning xarakteristikasi va ular o’sib turgan maydonlarning tavsifi
Dengiz sathidan balandligi, m
|
Daraxtlarning o’rtacha yoshi
|
Daraxt-larning o’rtacha bo’yi,m
|
Tanasi-ning diametri, sm
|
Daraxtlarning zichligi
|
SHox-shabba-larning zichligi
|
Daraxt-larning soni, dona/ga
|
Yog’ochning xajm zahirasi m3/ga
|
2000
|
98
|
9,3
|
28,2
|
0,2
|
0,2
|
192
|
3,9
|
2300
|
100
|
10,2
|
32,7
|
0,3
|
0,4
|
168
|
10,1
|
2500
|
145
|
12,5
|
36,2
|
0,8
|
0,4
|
95
|
29,1
|
4.1,-jadvalda ko’rinib turganday, O’zbekistonning Xisor tizmalaridagi archazorlar qadimiydir, lekin ular talabga javob bermaydi. Xisor tizmalaridagi archazorlar G’arbiy Tyanshanь tizmalaridagi archazorlar bilan teng, birok, Turkiston archazorlaridan yosh. Jami maydonining 73,9 %ini o’rta yoshdagi archalar, 11,5 %ini yosh archalar, 11,3 %ini yetilayotgan, 3,3 %ini yetilgan va pishib o’tgan, archalar tashkil qiladi. Xicop tog’tizmalaridagi archazorlar tutash va yo’g’on tanali bo’lgani uchun,u yerda yog’och zaxirasi ko’p bo’lib, umumiy yog’och zaxirasi yalangliklarni xisobga olmaganda, 24,11ming kub metr. Agarda jami umumiy yog’och zaxirasini 34,5 ming gektarga taqsimlash kerak, bo’lsa, u yerda bir gektar yerdagi yog’och zaxirasi o’rta xisobda 69,9 kub metrga boradi. Bu Tyanshanь tog’ tizmalaridagi yog’och zaxirasiga qaraganda uch marta ko’p demakdir. Xisor tog’tizmalaridagi, o’rta yosh archazorning, yog’och zaxirasi, umumiy zaxiraga nisbatan, 72,9, yetilgan va pishib o’tgan archalar zaxirasi, 4,4 %ni tashkil etadi. Yetilgan archaning yog’och zaxirasi bir gektarda, o’rta xisobda 94 kub metr.
Xisor tog’ tizmalariniig yonbag’irlarida o’sadigan archalar, janubiy archa tipiga kiradi va siyrak archazorni tashkil etadi. Dengiz satxidan 1600-2100 metr balandlikda. Bobotog’ tizmalariniig yon bag’irlarida, archa daraxti bir muncha siyrak joylashgan. Mintaqaning quyi kismida ular pista daraxti, Semyonov, Fedchenko zarangi, shumtol, Buxoro bodomi bilan aralash xolda o’sadi. Tog’niig yuqori kismi faqat archazordan iborat. Bu yerdagi archazorlar 5 ming gektar. Ko’pgina maydon bo’sh yalanglnklardan iborat.Tutash archazorlar kamdan-kam topiladi. SHuni aytib o’tish kerakki, Bobotog’tizmalaridagi archalar qari bo’lganligi sababli, ulardan qurilish materiallari sifatida foydalanilmaydi, demak bu yerdagi archalarni yangilash lozim.
O’zbekiston archazorlari xaqida, yuqorida keltirilgan qisqacha ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda muxim axamiyatga ega bo’lgan, bu kimmatbaxo daraxtlarning axvoli juda xam achinarlidir. 509 ming gektar archazornnng atigi 85,6 ming gektarida yoki 16,8 %maydonda archa daraxt biroz qalinroq joylashgan. Siyrak archazorlar 140 ming gektarni yoki o’rmon maydoning 27,5 %ini tashkil etadi. O’rmonning deyarli yarmi (55,7%i) bo’sh yalangliklardir. Daraxtlarning ko’plab kesilib ketishiga, tartibsiz xolda yotishiga va mintaqalarining o’rta xamda yukori qismidagina saqlanib kolishiga, asosiy sabab archazorlarga yomon munosabatda bo’lib, kelinayotganligidadir. Archalarni tartibsiz ravishda kesish va o’rniga qishloq xo’jalik ekinlari ekish, maqsadida xaydab yuborilishi, shuningdek archazorlarda ko’plab mol boqilishi, o’rmonda yong’inlarning sodir bo’lishi xam archa maydonini kamayib ketishiga sabab bo’ldn. Tog’etaklaridagi archazorlar deyarli yo’q qilib yuborilgan. Ayrim kichik-kichik, uchastkalardagi yakkam-dukkam, archalar va qo’riqxonalardagilari saklanib qolgan archazorlar, katta maydonni egallab, xatto yaylovlarda xam o’sganligidan dalolat beradi.
Archazor maydonni kamligi, axolining yomonligi va daraxt siyrakligi tufayli, ko’pgina yirik ilmiy tadqiqotchilar (M. G. Popov 1927 yil, Ye. P. Korovin 1934 yil) O’rta Osiyoda archa o’rmonlarini tiklash vayangilarini barpo etishga axamiyat bermadilar. SHuning uchun ko’pgina archazorlar kesib yuborildi yoki o’z xoliga tashlab qo’yildi. Archazorning biologik xususiyatlariga ko’ra yog’ochi sifatsiz, siyrak va sekino’sadigan, tez qariydigan, umri qisqa, befoyda o’simlik degan noto’g’ri fikrlar xam paydo bo’ldi.
Xaqiqatdan xam archa yaxshi sharoitda zich va tez o’sadigan mustaxkam, ko’p va sifatli yog’och beradigan o’simlikdir.
Qurama tog’ tizmalariniig shimoliy yon bag’irlarida,1860 metr balandlikda qo’ng’ir tuprok, qalinligi 165 santimetr bo’lib, bu yerda 80 yasharlik zarafshon archasining o’rtacha zichligi xar gektarda 895 tupga to’g’ri keladi. Ularnpng o’rtacha balandligi 9,7 metr, diametri esa 26,3 santimetr. Mazkur uchastkalardagn daraxt shox-shabbalarini xisobga olganda ularning zichligi1,0 ni tashkil etadi. Bir gektardagi yog’och zaxirasi244 kub metr, umumiy yog’och zaxirasi-338 kub metr. Gektar xisobiga zaxirasining yillik o’rtacha o’sishi 4 kub metrdan ortiq. Dengiz satxidan 1710 metr balandlikda qo’ng’ir tuproqqalinligi bir metr bo’lib, bu yerda 78 yasharlik archalar kattagina maydonni tashkil etadi. Ularning bo’yi 9 metr, o’rtacha diametri 25 santimetr, bir gektardagi yog’och zaxirasi 350 kub metr, yog’och zaxirasining yillik o’rtacha o’sishi 4,5 kub metrdir. Xisor tog’ tizmalariniig yon bag’irlarida ko’p yog’och beradigan qalin archazor bor.
Dengiz satxidan 2100 metr balandlikda shimoliy yon bag’irlardagi qo’ng’ir chirindili tuprok, kalinligi 180 santimetr, 174 yasharlik archazornnng umumiy yog’och zaxirasi 520 kub metrni, bir gektardagi yog’och zaxirasining yillik o’sishi 3,0 kub metrni tashkil etadi. Bu yerda archaning bo’yi 13,5 metr, tanasining o’rtacha diametri 40,2 santimetr, daraxtlar qari bo’lishiga qaramay, bir gektarda 370 dona. Bu archalar baquvvat bo’lib xali o’sishda davom etadi. Turkiston tog’larining shimoliy yon bag’irlarida mo’l yog’och beradigan, qalin o’sadigan turkiston archalari uchraydi. SHuni xam aytish kerakki, yetilgan va pishib o’tgan archalar bir gektarda 95 kub metrni band kiladi. Bunday archazorlar 20 ming gektar maydonni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |