I. Kirish. II. Asosiy qism. I. Bob. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilish va uning qonun ijodkorligi


Qonun loyihasini tayyorlash va qabul qilish tamoyillari



Download 111 Kb.
bet2/4
Sana28.06.2022
Hajmi111 Kb.
#716062
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy davlat tizimining barpo etilishi Rajabboyeva Shahrizoda

1.2.Qonun loyihasini tayyorlash va qabul qilish tamoyillari.O‘zbekiston Respublikasi Kons￾titutsiyasining 82- moddasida qo￾nunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlar aniq belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti,o‘z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi,O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Sudi,Oliy xo‘jalik sudi va Bosh prokurori egadirlar.Oliy Majlis qonun loyihalari tayyorlash ishlarini olib borish,Oliy Majlisga taqdim etiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash uchun deputatlar orasidan qo‘mi￾talar va komissiyalar saylaydi.Parlamentning navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘mita va komissiyalar rahbarlarida iborat maxsus ishchi guruhi tuziladi. Oliy Majlis zarur bo‘lgan hollarda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish va boshqa kichik komissiyalar tuzadi va ularning tarkibiga olimlar,mutaxassislar jalb etiladi.Qonunlar loyihalarini ko‘rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo‘mita va komissiyalarining butun tarkibi faol qatnashadilar.Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi.Qonunlar loyihalarini Oliy Majlisda doimiy ishlamaydigan deputatlarga oldindan yuborish, ularning takliflari va fikr-mu￾lohazalarini olish tartibi joriy qilingan. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va idoralar,konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari
olinadi, xalqaro tashkilotlarning ekspertizasidan o‘tkaziladi.Birinchi chaqiriq respublika Oliy Maj￾lisining 1999- yil 19—20- avgust kun￾lari bo‘lib o‘tgan o‘n beshinchi ses￾siyasi ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini 1999- yil 5- dekabr kuniga belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.1999- yil, 5- dekabr kuni Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 1999- yil 5- dekabr kuni bo‘lgan saylov￾larda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66 ta saylov okrugida 19- dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi.Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta subyekt — beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Saylovlar aholining faol ish￾tiroki va yuqori siyosiy ko‘tarinkiligi bilan o‘tdi, jami 250 nafar vakil deputat etib saylandi. Natijalar O‘zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga to‘la mos ravishda, chinakamiga muqobillik asosida bo‘lib o‘tganligidan dalolat beradi.Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 111 kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasidan saylangan 48 kishidan, „Fidokorlar“ milliy-demokratik partiya￾sidan saylangan 34 kishidan, „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan saylangan 20 kishidan, „Adolat sotsial-demokratik“ partiyasi￾dan saylangan 11 kishidan va „Milliy tiklanish“ partiyasidan
saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchi￾lar tashabbuskor guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Bu holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu o‘z
navbatida Oliy Majlis foaliyatining yanada qizg‘in o‘tishi, xilma￾xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq￾puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi.Prezident Islom Karimov 2000- yil 25- may kuni ikkinchi chaqiriq O‘z￾bekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida ikki palatali par￾lament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada tako￾millashtirishni nazarda tutgan g‘oyadir.2001- yil 6—7- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi cha￾qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama
qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan omil — yuqori malakali siyosatshu￾noslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilgan￾ligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortgan￾ligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur,degan xulosaga keldi.Oliy Majlis 2002- yil 27- yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekis￾ton Respublikasi Referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga „Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan savol kiritildi.Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazish bo‘yicha tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarini o‘z vaqtida tashkil etdi. Referendum qatnashchilariga o‘z xohish-irodalarini erkin bildirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Referendum 2002- yil 27- yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoat￾chilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuza￾tuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruv￾chilar ro‘yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi.2002- yil 4—5- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi ses￾siyasida „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy qo￾nun va „2002- yil 27- yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Res￾publikasi Referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiri￾ladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida“qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.2002- yil 12–13- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis￾ning o‘ninchi sessiyasi xalqimizning xohis-irodasi bilan„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida“va „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pa￾latasi to‘g‘risida“ konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek,2003- yil 24- aprelda „O‘zbekiston Respublikasining Konstitut￾siyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi.O‘zbekiston Respublikasining oliy dav￾lat vakillik organi — parlamentning nomi Oliy Majlis deb ata￾laveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata —Senat, quyi palata — Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil etib belgilangan.2004-yil dekabr — 2005- yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi.Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda — 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan,san’at, adabiyot,ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.Qonunchilik palatasining 2005-yil 27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida E.H. Xalilov Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylandi. Shuningdek, Spiker o‘rinbosarlari, qo‘mita rahbarlari say￾landi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etilib ro‘yxatga olindi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida M. Sharifxo‘jayev Senat raisi etib saylandi.


Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish