I. Kirish. II. Asosiy qism. I. Bob. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilish va uning qonun ijodkorligi


Mahalliy davlat hokimiyatining , hokimlikning va sud hokimiyatining tashkil etilishi



Download 111 Kb.
bet4/4
Sana28.06.2022
Hajmi111 Kb.
#716062
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy davlat tizimining barpo etilishi Rajabboyeva Shahrizoda

2.2.Mahalliy davlat hokimiyatining , hokimlikning va sud hokimiyatining tashkil etilishi .
Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh qilindi. Islohotlar O‘zbekiston Respub￾likasining Konstitutsiyasi, „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi qonun (1993- yil 2- sentabr),„Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida“ gi Qonun (1994- yil 5- may) asosida amalga oshirildi.Konstitutsiyaning 99- moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlar, shuningdek,shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaat￾larini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar,deb belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga— vakillik va ijro hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi.

„Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonunning 1-mod￾dasida „Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir“, deb aniq belgilab qo‘yildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi.„Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida“ gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Ken￾gashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi. Mustaqillik yillarida ikki marta — 1994- yil dekabrda va 1999- yil dekabr oyida xalq deputatlari viloyat, tuman, va shahar Kengashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi, 1999- yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi.O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati organi qayta tashkil etildi. Bu borada milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy foydalanildi. Jumladan, Amir Temur davridagi davlatchilikka nazar tashlasak, o‘sha zamonlarda viloyat￾lar, shaharlar hokimlar tomonidan yakkaboshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo‘lamiz.1992- yil 4- yanvarda „O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta’sis etildi.Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati organlarigagina emas shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo‘lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi.Ijro organlarida bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanadi valavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organ￾lari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ular￾ning apparati — hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joy￾lardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi.1992- yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi.Demokratik davlat qurilishida sud ho￾kimiyatini shakllantirish muhim aha￾miyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda uchinchi,mustaqil hokimiyat hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruv￾chi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan,boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi).O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2-sentabrda qabul qilingan „Sudlar to‘g‘risida“ gi qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpo￾g‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi.Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassis￾lardan tuziladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
• qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va dav￾lat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburi￾yatlarning O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbe￾kiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Res￾publikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharx beradi;
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi.O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000- yil 14- deka￾brda qabul qilingan yangi tahrirdagi „Sudlar to‘g‘risida“ va 2001-yil 29- avgustda qabul qilingan „Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat￾protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida“ gi qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fu￾qarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini,barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish