I. Kirish. II. Asosiy qism. I. Bob. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilish va uning qonun ijodkorligi


II.Bob.Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi



Download 111 Kb.
bet3/4
Sana28.06.2022
Hajmi111 Kb.
#716062
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy davlat tizimining barpo etilishi Rajabboyeva Shahrizoda

II.Bob.Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi.
2.1.Vazirlar Mahkamasi va boshqaruv tizimidagi islohotlar.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avva￾lo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — Ministrlar Sovetining maqomi tub￾dan o‘zgartirildi. 1990- yil 24- martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining „O‘zbekiston SSR Prezi￾denti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbekiston Prezi￾denti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada Vitse-Prezident lavozimi ta’sis etilib,uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi vaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi.O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo‘ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezi￾denti tomonidan shakllantiriladi.O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining pala￾talari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari,vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respub￾likasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi.Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib borildi. Agar 1990- yil 30- martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo‘lsa, 1995- yil 5- mayda Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11- fevralda bo‘lgan Ikkinchi chaqir￾iq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiya￾siga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan — Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar Davlat qo‘mitalari rais￾laridan iborat etib tasdiqladi.2003- yil 24—25- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Re￾spublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida qabul qilingan„O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar“ va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o‘zgar￾tirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- moddasining „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi“ deyilgan qismi olib tashlandi.Vazirlar mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomzodini avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi va tas￾diqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bu holat mamlakatimizda amalga oshirila￾yotgan demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat tiz￾imlarining vakolatlari oshadi, mas’uliyati kuchayadi.O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi, bozor munosa￾batlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini-o‘zi idora etishga o‘tildi.Ma’muriy-buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil etgan bir qator Davlat qo‘mitalari, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi.Davlat reja qo‘mitasi o‘rniga Makroiqtisodiyot vazirligi tuzildi.Bu vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va ustuvorliklari,ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish, takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Taqsimot bo‘yicha yakkahokim bo‘lib olgan Davlat ta’minot qo‘mitasi tugatilib, Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma tarkibiga respublika aksiyadorlik to￾var-xomashyo birjasi, aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiya￾dorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar kiradi. Uyushma Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun to￾var resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-vositachilik, savdo va marketing xizmat￾lar ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.Davlat narx qo‘mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda yakkahokimlikka yo‘l qo‘ymaslik, raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko‘maklashuvchi maxsus boshqarma tuzildi.Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda,davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valuta ish￾larini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va un￾ing bo‘linmalari tugatildi. Markaziy bank, Òashqi iqtisodiy faoliy￾at milliy banki, Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari —„O‘zsanoatqurilishbank“, „Paxtabank“, „O‘zjamg‘armabank“, „G‘allabank“, „Òadbirkorbank“, „Savdogarbank“, xususiy banklar va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi,Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning joy￾lardagi organlari tugatildi, Prezident devonida nazorat inspek￾siyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi.Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar — Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa huku￾mat organlari tashkil etildi.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish