3. Mahsulot (ish, xizmat)lar nomenkulaturasi va assortimentining tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining
o’zgarishi iste’molchilar bilan avvaldan tuzilgan shartnomalardagi talablar
miqdoriga bog’liq. Korxona mahsulot ishlab chiqarishning biznes rejadagi
ko’rsatkichini faqat qiymat hajmda bajaribgina qolmasdan, balki har bir tovarlar
bo’yicha belgilangan nomenkulatura va assortimentlarda ham bajarishi talab etiladi.
Mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish biznes rejasining bajarilishi barcha
sohalarning turli tarmoqlarini mutanosib rivojlanishiga, iste’molchini mahsulotlar
(ish, xizmat)ga bo’lgan talabini to’laroq qondiribgina qolmasdan, bozorni mo’lko’lligini ta’minlaydi.
Mahsulot, ish va xizmatlarning turi va assortimenti tahlilida ularning
segmentlar bo’yicha taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, profildagi va profilda
bo’lmagan turlari, asosiy va qo’shimcha mahsulotlar turlari bo’yicha turkumlanishi
o’rganiladi. Ular bo’yicha reja topshiriqlarining bajarilishi, umumiy reja
topshiriqlarining bajarilishida ularning ta’siri, mahsulotlar tuzilishidagi tarkibiy
o’zgarishlarga baho beriladi.
Mahsulotlar nomenkulaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik
guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabo’l qilingan
ro’yxatidir.
Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir
belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o’lchami, markasi, artikullariga qarab
ajratiladigan mahsulotlar xilidir.
Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o’rganishda o’rtacha assortiment
rejasining bajarilishi tahlil etiladi.
Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda o’rtacha assortiment rejasini
bajarilishini ham aniqlash muhim hisoblanadi. O’rtacha assortiment rejasining
bajarilishi odatda eng kichik raqamlarni jamlash usuli orqali amalga oshiriladi.
Bunda har bir assortiment turlarini haqiqatda ishlab chiqarilish miqdorlari biznes
rejasi bilan solishtirilib har ikki ko’rsatkichdan eng kichigi assortiment hisobiga
ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabo’l qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab
chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabo’l qilingan ko’rsatkichlarning jamini biznes reja
bo’yicha ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan jami mahsulotlarga bo’lish orqali o’rtacha
assortiment rejasining bajarilishi aniqlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish assortimentining o’zgarishi xo’jalik faoliyati
natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarish assortimentini
shakllantirishda korxona birinchi navbatda, mahsulotlar turiga bo’lgan talabni
hamda bozordagi holatini, ikkinchidan esa, korxonada mavjud bo’lgan mahsulot,
xom-ashyo, texnik-texnologik, moliyaviy va boshqa imkoniyatlardan to’laroq
foydalanishni e’tiborga olishi zarur. Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi
asosiy jihatlarni o’z ichiga olishi shart:
• Iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash;
• Chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash;
• Mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o’rganish, o’z vaqtida yangi
zamonaviy bo’lgan tovarlar turini yaratish bo’yicha choralar ko’rish va ishlab
chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali
bo’lgan mahsulotni chiqarib tashlash;
• Iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o’zgarishida xavf-xatar
darajasini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |