Mahsulot(ish, xizmat) ishlab chiqarish ko’rsatkichlari tahlilining
mazmuni, vazifalari va axborot manbalari
O’zbekiston Respublikasining "Korxonalar to’g’risida"gi Qonunining 20-
moddasida quyidagilar qayd etilgan: "Korxona o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi
va xom-ashyo resurslariga, materiallarning mavjudligini hamda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko’rsatilayotgan xizmatga
bo’lgan talablarini hisobga olib taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. Korxona davlat
ehtiyojlari uchun shartnoma asosida ishlar bajaradi, mahsulot sotadi va xizmat
ko’rsatadi”.
Mahsulot mo’l-ko’lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar bilan
ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Prezidentimiz Islom Karimov
Oliy Majlisning birinchi chaqiriq XIV Sessiyasidagi ma’ruzasida XXI asr arafasi va
uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi islohotlarni
chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi asosiy ustivor yo’nalishlar
haqida to’xtalib, jumladan shunday degan edi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish - bu
iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlashdir. Mazkur o’zgarishlar
korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlkatning boy tabiiy va
mineral xom-ashyo salohiyatidan to’la va samarali foydalanishga, eksportga
moslashgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni
barpo etishga qaratilmoyoi lozim».
O’zbekistondagi investitsiya siyosatining yana bir muhim jihati - xorijiy
sarmoyadorlarga berilayotgan imtiyozlardir. Xorijiy sarmoyadorlarda qiziqish
uyg’otayotgan ikkita imtiyozni misol sifatida aytishimiz mumkin. Birinchisi, agarda
ular qo’shma korxona tuzib, uni O’zbekiston Respublikasining investitsion
dasturiga kiritsalar, 7 yil davomida foydadan olinadigan soliqdan ozod etiladilar.
Ikkinchisi, agar mavjud qonunlar o’zgarib boradigan bo’lsa va bu o’zgarishlar u
yoki bu kompaniyaga iqtisodiy yoki boshqa jihatdan zarar yetkazadigan bo’lsa,
o’sha xorijlik sarmoyador O’zbekistonga kirib kelgan paytdagi qonunchilikdan yana
10 yil davomida foydalanishi va barqaror vaziyatda ishlashi mumkin. Bu borada
Prezidentimiz Islom Karimovning 2003 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2004 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning
asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi “Erishgan
marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo’lidan izchil borish – asosiy vazifamiz”
deb nomlangan ma’ruzasida quyidagilar qayd etib o’tildi: “...mamlakatimizda
makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish sur’atlarining izchilligi
ta’minlanmoqda. Keyingi olti yil davomida yalpi ichiki mahsulotning o’sish
sur’atlari har yili muntazam ravishda 4 foizdan ko’proq oshmoqda. O’tgan yili bu
ko’rsatkich 4,4 foizni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |