5. Mahsulot sifatining tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahsulot sifatini yaxshilanishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Sifat deganda mahsulotning tovarlilik darajasi va uning
xaridorlar dididagi yuqori tasnifiy belgilarga hamda Mazkur mahsulot uchun
belgilangan mamlakat va xalqaro standart me`rlariga egaligiga aytiladi. Tovarlilik
darajasi uning taklif elementi sifatida o’z xaridoriga ega ekanligini, tasnifiy belgilari
esa texnik-iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik-iqtisodiy belgilarning
muvofiqligini xarakterlaydi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga doimo katta e’tibor berib kelingan,
chunki, aynan mahsulot sifati iste’molchilar ehtiyojini yaxshiroq qondirishga imkon
beruvchi tovarlar mo’l-ko’lligi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining pul
ko’rinishidagi ifodasining oshishiga, shuningdek, xalq xo’jaligi tarmoqlarida kapital
qo’yilmalardan tejab qolish va foyda miqdorining o’sishiga imkoniyat beradi.
Mahsulot sifatini ikki kategoriya bo’yicha tarkiblash mumkin:
• Oliy sifat kategoriyasi;
• Birinchi sifat kategoriyasi.
Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat standarti
talablariga mosligi o’rganiladi.
Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga
bo’lgan talabni to’laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport
imkoniyatlarini oshiradi. Mahsulot sifati ko’rsatkichlar sistemasi bilan o’lchanadi.
Xarakterli hossalariga ko’ra o’z belgilangan hossasiga loyiqligi, pishiq va puxtaligi,
chidamliligi, xalqaro va mamlakat standartlariga mosligi ko’rsatkichlariga ko’ra
farqlanadi.
Sifatni yaxshilanishi ishlab chiqarilgan mahsulotni qiymat shaklida ortishiga,
foydani ko’payishiga olib keladi.
Mahsulot sifatini ifodalovchi ko’rsatkichlar sistemasi:
1. Jami ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushi;
2. Attestatsiyadan o’tgan va o’tmagan mahsulotlarni tutgan ulushi;
3. Oliy nav (kategoriya)dagi mahsulot ulushi;
4. Jahon standarti talablariga javob beradigan mahsulot ulushi;
5. Eksport qilinadigan mahsulot ulushi, shu jumladan, yuqori rivojlangan sanoat
korxonalariga;.
Umumiy ko’rsatkichlardan tashqari har bir mahsulotni individual xususiyatlari
ham sifatni ifodalaydi. Masalan, sutning yog’lilik darajasi, ko’mirni issiqlik darajasi,
ayrim mahsulotlarni chidamliligi, pishiq-puxtaligi; mahsulotni estetik ko’rinishga
ega bo’lishi; texnologiyaga mosligi va h.k.
Reklamatsiya – bu iste’molchi tomonidan mahsulot sifati xususida bildirilgan
e’tiroz demakdir.
Iste’molchi mahsulot yetkazib beruvchiga garantiya muddati davomida
reklamatsiya bildirishi va jarima undirib olish huquqiga ega. Mahsulot butlangan
(komplekt)ga ega bo’lishi kerak. Shundagina u tayyor mahsulot deb hisoblanadi.
Yengil sanoatda mahsulot nav (sort)larga bo’linadi. Mahsulot nav (sort)larga
bo’linganda uning sifatini quyidagi ko’rsatkichlar orqali ifodalash mumkin:
1. O’rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti.
2. O’rtacha mahsulot birligini sotish bahosi.
Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi:
• Foydalanilayotgan xom-ashyo va materiallar sifati;
• Xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi;
• Ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning
progressivligi;
• Ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy
rag’batlantirilishi va hakozo.
Bizning Respublikamizda mahsulot sifatini xarakterlovchi eng asosiy
ko’rsatkich bu O’zbekiston Davlat Standartlashtirish Qo’mitasi tomonidan
belgilangan ko’rsatkichlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |