to'plovchi bakteriyalar tomonidan o'zlashtiriladi. Tuproqdagi anaerob
holda yashovchi Clostridium Pasterianum va Clostridium avlodiga kiruvchi
boshqa bakteriyalar atmosfera azotini o'zlashtirish xususiyatga ega (Vino-
gradskiy, 1993).
Aerob holda yashovchi Azotabakteriya (Beberik, 1901) qulay sharoi-
tida hosil bilan chiqib ketgan azotning bir qismini o ‘zi to'plagan azot bilan
qoplaydi. Azotobakteriyalar uchun tuproq muhiti pH — 6 va undan yuqori
bo‘lishi lozim. O'zbekiston tuproqlarida azotobakteriyalar faoliyati ancha
yuqori bo‘lib, ular gektariga o ‘rtacha hisobda 25—30 kg sof azot
to'playdilar. Azotobakter bilan ekinlar urugini ishlash g‘alla ekinlar ho-
silini 20—30, qand lavlagi hosilini esa 20—25 %ga oshiradi.
Tuproqda aerob erkin yashaydigan oltingugurt, oligonitrofil bakteriya
lar va ayrim suvo'tlari ham atmosfera azotini o'zlashtirish xususiyatiga ega,
biroq ularning salmog'i juda kam.
Erkin holda yashovchi bakteriyalar bilan birgalikda ekinlarni biologik
azot bilan ta ’minlashda dukkakli o ‘simliklar ildizida simbioz holida ya
shovchi tuganak bakteriyalarning ham ahamiyati katta. Dukkakli ekinlar
havo
azotini
Rizobium avlodiga
kiruvchi bakteriyalar yordamida
o‘zlashtirib mavsum davomida m a’lum miqdorda azot to‘playdi. Chunon-
chi, beda 2—3 yil davomida gektariga 250—400 kg azot to'playdi, no'xat
har yili sharoitga qarab gektariga 50—75 kg biologik azot to'playdi.
Biologik azotni o'zlashtirish fotosintez jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib,
o‘simlik havo azotini ko'proq o‘zlashtirsa, unda kuzatiladigan fotosintez ja
rayoni shuncha faollashadi, demak, biomassa hosil boiish imkoniyati oshadi.
Havo tarkibidagi azotni biologik usulda o'zlashtirish atrof-muhitni,
sizot suvlarni, suv havzalarini nitratlar bilan ifloslanishining oldini oladi.
Ekologik muammolami ijobiy hal qilishga yordam beradi. Kunduzi tuproq
qiziganda undan karbonat angidrid, vodorod sulfid, ammiak ajraladi.
Shunday qilib, tuproq biogen usulda hosil boiadi. Tuproq anorganik
va organik moddalardan hamda tirik organizmlardan tashkil topgan. Bios-
feradan tashqarida tuproqning hosil bo'Iishi mumkin emas. Tuproq tirik
organizmlaming yashash muhiti bo'lib, undan o'simliklar o'ziga xos oziq
moddalar bilan suvni oladi. Tuproqda kechadigan jarayonlar moddalaming
biosferada aylanishining tarkibiy qismini tashkil etadi. Odamning xo'jalik
faoliyati ko'pincha tuproq tarkibining tobora o'zgarib borishiga undagi
mikroorganizmlaming nobud bo'lishiga ohb kelishi mumkin. Shuning
uchun ham tuproqdan doimo oqilona foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: