I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova


  Biosferada  moddalarning  davriy  aylanishi  va  energiyaning  o‘zgarishi



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

4.  Biosferada  moddalarning  davriy  aylanishi  va  energiyaning  o‘zgarishi
Biosferaning  eng  asosiy  funksiyalaridan  biri  kimyoviy  elementlarning 
davriy  aylanishini  ta’minlashdir.  Biosferadagi  biotik  aylanish  yerda  yashay- 
digan  hamma  tirik  organizmlar  ishtirokida  bo'ladi.  Kimyoviy  elementlar­
ning  bir-birikmadan  ikkinchisiga  yer qobig‘i tarkibidan tirik  organizmlarga, 
keyin  esa  ularning  anorganik  birikmalarga  va  kimyoviy  elementlarga  par- 
chalanib  yana  yer qobig'i tarkibiga  o'tishi  moddalar  va  energiyaning  davriy 
aylanishi  deyiladi.  Bu  aylanish  uzluksiz  davom  etadigan jarayondir.  Yerda 
organizmlar  uchun  zarur  bo‘lgan  kimyoviy  elementlar  zaxirasi  cheksiz 
emas.  Bu  elementlar  faqat  iste’mol  qiünganda,  ertami  kech  ular  tugab, 
hayot  to ‘xtab  qolishi  mumkin  edi.  Biroq  shunday bo‘lmaydi.  Nima  uchun? 
Yashil  o ‘simliklar  quyosh  energiyasidan  foydalanib,  anorganik  moddalar- 
dan  organik  moddalar  hosil  qiladi.  Boshqa  tirik organizmlar iste’mol  qiluv- 
chi  geterotroflar,  parchalovchilar  esa  bu  moddalarni  parchalaydi  va  mi­
neral  moddalarga  aylantiradi.  Bu  yangi  hosil  bo‘lgan  mineral  moddalardan 
esa  yana yangi  o‘simliklar yangi  organik  moddalarni sintezlaydilar.
Yerdagi  moddalarning  davriy  aylanishini  ta’minlaydigan  birdan  bir 
manbayi  quyosh  energiyasidir.  Bir  yil  davomida  yerga  tushadigan  quyosh 
energiyasi  10,5x10  kJ  ni  tashkil  etadi.  Bu  energiyaning  42  %  yerdan  koi- 
notga  qaytadi,  58  %  esa  atmosferaga  va  tuproqqa  yutiladi.  Quyosh  ener- 
giyasining  10  %  suv va tuproqdan suvni bug'lantirish  uchun  sarflanadi.
Har  bir  minutda  1  mlrd  tonnaga  yaqin  suv  yer  yuzasidan  bug‘lanib 
turadi.  Yerga  yetib  keladigan  quyosh  energiyasining  0,1— 0,2  %dan  yashil 
o'simliklar  fotosintez  jarayonini  amalga  oshirishda  foydalanadi.  Kimyoviy 
elementlar  doimiy  ravishda  bir  organizmdan  ikkinchisiga  tuproqdan,  at- 
mosferadan,  gidrosferadan  tirik  organizmlarga,  ulardan  esa  yana  atrof- 
muhitga o ‘tib,  biosferaning jonsiz moddalari tarkibini to'ldiradi.
Bu  jarayonlar  tinimsiz,  cheksiz  davom  etib  turadi.  Atmosfera  kislo- 
rodining  hammasi  2000-yil  ichida,  karbonat  angidrid  200—300-yil,  bio­
sferadagi barcha suvlar esa 2  mln yil davomida tirik  modda orqali o'tadi.
Biogen  migratsiyaning  2  xili  mavjud.  Birinchisini  mikroorganizmlar, 
ikkincliisini esa ko‘p  hujayraülar amalga oshiradi.


Karbonat  angidrid  o ‘simliklar  tomonidan  qabul  qilinib,  fotosintez 
jarayonida  uglevodlarga,  lipidlarga,  oqsillarga  va  boshqa  organik  mod- 
dalarga  aylanadi.  Bu  moddalar  boshqa  hayvonlar  tomonidan  iste’mol  qi- 
linadi.  Hamma  tirik  organizmlar  nafas  olish  jaryonida  atmosferaga  kar- 
bonat  angidridini  ajratib  chiqaradi.  Ollik  o‘simlik  va  hayvonlar,  ulaming 
chiqindilari  mikroorganizmlar  tomonidan  parchalanadi,  minerallashadi. 
Minerallashishning  oxirgi  mahsuloti  karbonat  angidrid  bo‘Ub,  u  tuproqdan 
va suv havzalaridan  atmosferaga  ajratib  chiqariladi.
Uglerodning  bir  qismi  esa  tuproqda  organik  birikmalar  sifatida  saqla- 
nadi.  Dengiz suvida  uglerod  ko‘mir kislota va uning  suvda eriydigan tuzlari 
sifatida  yoki  C aC03  bo‘r,  ohaktoshlar,  korallar  shaklida  to'planadi. 
Uglerodning  bir  qismi  dengiz  tubida  cho‘kindi  ohaktoshlar  sifatida 
to'planib,  uzoq  vaqt  davomida  beogen  migratsiyada  qatnashmaydi.  Vaqt 
o‘tishi  bilan  tog‘  hosil  bo'lishi  jarayonlari  natijasida  cho‘kma  jinslar  yana 
yuqoriga  ko‘tariladi,  kimyoviy  o'zgarishlar  natijasida  yana  davriy  ayla- 
nishga  qo‘shiladi.  Uglerod  atmosferaga  avtomashinalardan,  zavod  va  fabri- 
kalardan  ajraladigan  tutunlardan ham o ‘tadi.
Biosferada  uglerod  aylanishi  natijasida  eneigiya  resurslari  —  neft, 
toshko‘mir,  yoqilg'i  gazlari,  torf,  yog'och  hosil  bo‘lib,. ular  inson  amahy 
faoliyatida  keng  foydalaniladi.  Yuqorida  keltirilgan  hamma  moddalar 
fotosintezlovchi  o ’simliklaming  mahsulotlari  hisoblanadi.  Yog‘och,  torf 
o‘rnini  to'ldirsa  bo‘ladigan,  neft,  gaz  va  toshko‘mir  esa  o‘m ini  to'ldirib 
boimaydigan  tabiiy boyliklar hisoblanadi.
Azot  eng  muhim elementlardan biri  bo'lib,  u  oqsillar va  nuklein  kislo- 
talarning  tarkibiga  kiradi.  Azot  atmosferadan  yashin  paytda  azot  va  kis- 
lorodning  birikib  azot  IV—oksid  hosil  qilish  natijasida  o ‘zlashtiriladi. 
Ammo  azotning  asosiy  massasi  suvga  va  tuproqqa  tirik  organizmlaming 
havo  tarkibidagi  azotni o ‘zlashtirishi  natijasida o‘tadi.
Yuqorida  aytilganidek,  suvda  va  tuproqda  azot  fiksatsiyalovchi  bak- 
teriyalar  va  suv  o ‘tlari  yashaydi.  Bu  bakteriya  va  suvo‘tlari  o ‘lib  mine- 
rallashishi  natijasida  ular  tuproqni  azot  bilan  boyitadi.  Azot  o'simliklar 
ildizi  orqali  poya  va  barglariga  o'tadi  va  shu joylarda  oqsil  biosintezlanadi. 
0 ‘simlik  oqsillari  hayvonlar  uchun  asosiy  azot  manbayi  hisoblanadi. 
0 ‘simlik  va  hayvon  organizmlari  o ‘lgandan  so‘ng  bakteriya  va  zambu- 
rug‘lar  ta ’sirida  oqsillar  parchalanib  ammiak  ajralib  chiqadi.  Ajralgan  am- 
miak  qisman  o'simliklar,  qisman esa  bakteriyalar tomonidan  o‘zlashtiriladi. 
Ayrim  bakteriyalar faoliyati  natijasida  ammiak nitratlarga  aylantiriladi.  N it­
ratlar  ammoniyli  tuzlar  kabi  o'simlik  va  mikroorganizmlar  tomonidan 
iste’mol  qilinadi.  Nitratlaming  bir  qismi  esa  ayrim  baktiriyalar  tomonidan 
elementar  azotgacha  qaytarilib  atmosferaga  chiqariladi.  Bu  jarayonni 

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish