2. Tirik organizmlar biosferaning asosiy qismi Biosferada tirik organizm eng muhim ahamiyatga ega bo‘lib, akade-
mik V.I.Vernadskiy ularning quyidagi funksiyalarini belgilab berdi:
1. Gaz almashinishi. Bu funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlariga
bog‘liq. Avtotrof organizmlaming organik moddalarini sintezlash jarayonida
qadimgi atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid ko‘p miqdorda sarflanadi.
Yashil o‘simliklar tobora ko'payib borishi bilan atmosferaning gaz tarkibi
ham o'zgara boradi. Karbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod esa orta
boradi. Atmosfera tarkibidagi kislorodning hammasi tirik organizmlar faoli-
yati natijasida hosil boiadi. Nafas olish jarayonida kislorod sarflanib, kar-
bonat angidrid hosil bo‘ladi va u yana atmosferaga chiqariladi.