Tog" adaptiv tipi.
Bu tipning shakllanishida asosiy ahamiyatga ega
bo'lgan ekologik omil — gipoksiya (havoning tarkibida kislorodning kam-
ligi) hisoblanadi.
Baland tog‘likda yashovchi aholida uning qanday irqqa kirishidan
qat’i nazar moddalar almashinuvi jadal, ko'krak qafasi keng, qonda eritro-
tsitlar ko‘p bo'lishi kuzatiladi.
Shunday qilib, tarixiy rivojlanish jarayonida insoiiiyat ekologik omillar
ta’sirida ixtisoslashib, bir-biridan ayrim belgilari bilan farq qiluvchi adaptiv
(moslashgan) tiplarga ajralgan. Adaptiv tipiar irqiy mansubligidan qat’i
nazar, turning genofondi bilan belgilanuvchi moslashish mexanizmlari
asosida aniq ekologik muhitda moslashish natijasida shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |