Gigrofitlar.
Namlik ko'p b o ig a n sharoitda, ya’ni daryo b o ‘ylari, o 't-
loqlar ham da o'rm onlar orasida o'sadigan o'simliklar bo'lib, ulaming barg-
lari odatda, yirik, kutikulasiz va tuksiz boiadi. Barg yuzasidagi og'izchalar
doimo ochiq bo'lib, ular baigning ham ostki, ham ustki qismida joylashadi.
Ildizlari yeiga chuqur kirmaydi, chunki ildizlar yoyilgan joy doim o nam
boiadi. Ulardagi osmotik bosim 8—12 atmosferani tashkil etadi. Daryo va
k o i bo'ylarida o'sadigan savagich, qamish, qiyoq, ba’zi bir begona o'simlik
turlari va madaniy ekinlardan, sholi gigrofitlarga misol boiadi.
Gidrofitlar.
Suvga botib o'sadigan o'simliklar bo'lib, ulaming or-
ganlarida mexanik to'qim a deyarli rivojlanmaydi, aerenximasi esa kuchli
rivojlanib ularda kislorod to'planadi. Bu o'simliklaming suv yuzasida qolgan
barglaming faqatgina ustki epedermisida og'izchalar joylashadi. Ostki suvga
tegib turgan tom onida og'izchalar bo'lmaydi. Barglarda kutikula qavati
deyarh rivojlanmaydi. O'simlik butun organlari yuzasi bilan suvni shimib oli-
shi mumkin. Shu sababli bu xil o'simliklarda o'tkazuvclii to'qim alar ildiz
tuklari ham yaxshi o'smagan, ildizning suv va mineral tuzlami shimish qo-
biliyati ham past. Barg mezofili bulutsimon va palisad parenximalarga ajral-
magan bo'lib, faqatgina bir xil bulutsimon to'qimadan tashkil topgan. Bu
to'qim aning hujayralararo bo'shliqlari katta bo'lib, ularda havo to'planadi.
Gidrofitlarga barcha suv o'tlari, gulli o'simliklardan chilim yoki suv yonog'i
(Trapa natans), suv grechixasi (Polygonum amphilium), vallesneriya
(Vallesneria), elodea (Elodeae) va shu kabilar misol b o ia oladi.
C h o i va dashtda yashovchi hayvonlarda ham suvsizlikka moslanish
mavjud.
U lar tez uzoq chopa olishi natijasida uzoqlarga suv ichish joylariga mig-
ratsiya qilishadi. Kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar va boshqa
mayda ch o 'l hayvonlari oksidlanish reaksiyalari natijasida hosil boiadigan
suvlami g'am lash hisobiga tanadagi suv muvozanatini saqlaydi, ayniqsa,
yog'ning oksidlanishi natijasida ko'p miqdorda suv hosil boiadi. Shu tufayli
c h o id a yashovchi hayvonlarda qalin yog' qatlamlari b o iad i (tuyaning
o'rkachi). Ko'pgina cho'l hayvonlarining qoplovchi qalin to'qimasi mavjud-
ligi tufayh, ular ten orqali suvni bugiantirmaydi, ulaming ko'pchiligi kechasi
hayot kechiradi, kunduz kunlari esa uyalariga yashirinib oladi.
Hayvonlar hayotida ham nam lik yoki suv muhim ahamiyatga ega.
Hayvonlam ing suvga b o ig an talabi uch xil yo'l bilan qondiriladi: 1) be-
vosita suv ichish orqali; 2) o'sim liklar bilan oziqlanish orqali; 3) metoba-
lizm, ya’ni tanadagi moylar, oqsillar va karbon suvlarning parchalanishi
orqali.
Antilopalar, yo'lbarslar, jayronlar, filiar, sherlar, giyenalar h ar kuni
suv izlab uzoq masofalarga y o'l bosadilar. Ular uchun ovqat tarkibidagi suv
yetarli bo‘lmaydi. Ba’zi hayvonlar esa ozuqa tarkibidagi suv bilan qanoat-
lanishga moslashgan. Bunday moslanishlar ham odatda, uch xil bo‘ladi:
yurish-turishi
harakati orqali,
moifologik
va
fiziologik
moslanish.
Yurish-turish
orqali moslanishda hayvonlar albatta, suvni izlab topish,
yashaydigan joyini tanlash, in qazib unda yashash orqali moslashadilar.
Morfologik
moslanish tanasining ustida chig'anoqlar, sovutlar, qalqon va
tangachalar hamda kutikulalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan,
shilliqqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo‘ng‘izlar ana shunday moslashadilar.
Fiziologik
moslanish esa metabolitik suv hosil qilish orqali amalga
oshadi. Masalan, odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10 %gacha suv yo-
qotishi mumkin. Undan ortiq suv yoqotilsa organizm halok b o iad i. Bu
ko'rsatkichlar turli hayvonlarda turlicha. M asalan, tuyalarda 27 %,
qo'ylarda 23 %, itlarda 17 % b o ia d i, agar bundan oshsa halokat ro‘y
beradi. Shuning uchun ham quruqlikda yashovchi ayrim hayvonlarda bir
q ancha fiziologik moslanishlar paydo b o ig an . M asalan, ayrim uy hay-
vonlari ichagida suv so'riladi, ovqat qoldiqlari tezak holida tashqariga
chiqariladi. Ayrim hasharotlarda (qo‘ng‘iz, xon qizi, chumoli) chiqaruv or-
ganlarining (malpigi naylari) bir uchi ichakning orqa devoriga tutashgan
b o iib , undagi suv so‘rilishi orqali organizm tom onidan qayta sarflanadi,
ya’ni
reabsorbsiya
hodisasi ro‘y beradi. Suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi
asalari, kapalak va pashshalarda esa reabsorbsiya hodisasi kuzatilmaydi.
U lar siydik orqali tashqariga har xil ortiqcha tuzlar va mochivena
chiqaradi. Natijada, tanadagi suv birm uncha tejab qolinadi.
Sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qushlar va ko'pgina hasharotlar
o'zlaridan yaxshi erimaydigan siydik kislotasini, o'rgim chaklar esa guamin
m oddasini chiqaradi. Buning uchun esa suv uncha ko‘p sarflanmaydi.
Ayrim suvda yashovchi hayvonlar suvni yutishi yoki filtratsiya qilish
orqali yashashga moslashgan. Natijada, suv havzalarida biologik tozalanish
sodir b o iad i. Masalan, lixet, lichinkalar, assidiy, qisqichbaqasimonlar,
midiyalar bir sutkada 150—280 m
3
suvni tindiradi va tozalaydi.
Hayvonlarning qurg'oqchil sharoitda moslanishlari ham juda xilma-
xildir. Galapagos orollaridagi toshbaqalar suvni siydik qopida jamg'arilgan
holda saqlaydi. Avstraliya cho'llaridagi qurbaqalarda ham shunday holat
kuzatiladi. Kemiruvchilar va hasharotlar odatda, suvga b o ig a n talabini
oziq tarkibidagi suv hisobiga qondiradi. Yumronqoziq kabi hayvonlar
qurg‘oqchilik sharoitiga uyasining ancha chuqurda bo‘lishi, tanasida
m a iu m miqdorda yog‘ jam g‘arib, kuzgi uyqu (tinim )ga ketishi bilan
moslashadi. Tuyalar esa to'plagan yog‘ m iqdorini (o'rkachida) metabolik
parchalash y o ii bilan organizmning suvga bo‘lgan talabini qondiradi.
Tez yuguradigan hayvonlar (antilopalar) yoki uchadigan qushlar suv
ichish uchun uzoq masofalarga borib keladilar.
Umurtqasiz hayvonlar qurg'oqchil davm i sista holatida o'tkazadilar
yoki ba’zi birlan ancha qulay b o ig a n joylarga uchib ketadilar. Shun lay
qilib, qurg'oqchil sharoitda hayvonlar tom onidan yo‘qotgan suvni butun
tanasi teri qatlami shimishi yoki ozuqa orqali, ancha murakkab yo
‘1
hisoblangan, yog‘ va uglevodlaming parchalanishi vaqtida ajralib chiqqan
suv hisobiga qondiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |