I ham dam ov, Z. Bobom uradov, E. Hamdamova


  Suv  va  uning  organizmlar  uchun  ahamiyati



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/120
Sana31.12.2021
Hajmi6,12 Mb.
#275719
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
Bog'liq
Ekologiya lot.

4.  Suv  va  uning  organizmlar  uchun  ahamiyati
Suv  organizm ning  asosiy  minerai  tarkibiy  qismi  liisoblanadi.  Shu  tu- 
fayli  ham  atrof-m uhitdagi  suvning  m iqdori  harorat  bilan  bir  qatorda  ya-


shash  muhitining  eng  asosiy  ko'rsatkichlaridan  biridir.  Suv  hujayra  orga- 
noidlarining  kolloid  holatini  ta ’minlaydi,  suvdagi  va  metabalizm jarayonida 
qatnashadigan  ko‘p  organik  liamda  mineral  moddalarni  eritadi,  hujayrani 
saqlaydi,  fermentlar  ishini  kuchaytiradi.  Suv  va  unda  erigan  mineral  tuzlar 
ildiz  orqali  o'simlik  organizmiga  shimiladi. 
0
‘simlik  va  hayvonlar  uchun 
suvning  asosiy  manbayi  yomg'ir  va  qor  suvlaridir,  bundan  tashqari, 
o'sim liklar  yana  yer  osti  suvlari,  shudring  va  tum anlardan  ham  foydalana- 
dilar.  Ana  shu  suvlaming  umumiy  miqdori  va  ularning  yil  fasllari  bo'ylab 
taqsimlanishi  o'simliklar  hayoti  uchun  juda  muhimdir.  M asalan,  b a’zi  bir 
tropik  iqlim  sharoitidagi  mamlakatlarda  ya’ni  Janubiy-Sharqiy  Osiyo  yoki 
Braziliyada  bir  yilda  10000  mm  gacha  yog'in  yog'adi,  buning  ustiga  iqlimi 
issiq  va  qish  ham  bo‘lmaydi,  natijada,  o ‘simliklarning  o'sishi  va  rivojlanishi 
uchun  o 'ta   qulay  sharoit  mavjud.  M asalan,  Braziliya  hududida  40  ming  va 
Indoneziya  hududida  42  minga  yaqin  o‘simlik  turi  o ‘sadi.  M arkaziy  Osiyo 
ch o ‘1  zonasida  yog'inning  o'rtacha  yillik  miqdori  80—150  m m   ni  tashkil 
etsa,  Janubiy-G ‘arbiy  Afrikada  joylashgan  Namibiya  sahrosida  (Valfishbay 
tum ani)  bir  yilda  taxminan 
8
  m m   yog'in  yog'adi.  Lekin  shunga  qaramas- 
dan  bu  yerlarda  ham  o'simliklar o'sadi.
M arkaziy  Osiyoning  tog'li  tum anlarida  yog'in  k o 'p   yog'ib,  1200  mm 
gacha  yetadi,  uning  yil  fasllari  bo'ylab  taqsimlanishi  ham   mavjud.  Shu 
sababli  bu  hududlarda  7  mingga  yaqin  o'sim lik  turlari  o'sgan  bir  paytda 
quruq  va  yozi  issiq  bo'lgan  c h o 'l  zonalarida  esa  atigi  800  ga  yaqin 
o'sim lik  turi  o'sadi.  O 'sim liklam ing  tuproq  va  havo  namligiga  bo'lgan 
talabiga  k o 'ra   ular  kserofitlar,  mezofitlar,  gigrofitlar  va  gidrofitlarga 
bo'linadi.
Kserofitlar.
  Dasht  va  cho'llarda  o'sadigan,  qurg'oqchilikka  chidam h 
o'simliklarga  kserofitlar  deyiladi.  Kserofxtlarda  hujayralar  kichik  bo'ladi, 
hujayra  po'sti  qalinlashgan,  barg  mezofilida  palisad  parenxima  yaxshi  rivoj- 
langan,  barg  tomirlari  zieh joylashgan,  bargdagi  og'izchalar  soni  ham   ko'p 
bo'ladi.  Ildizning  osmotik  bosimi  yuqori  bo'lib,  ba’zida  100  atmosfera- 
gacha  yetadi.  Ildizlari  yerga  chuqur  ketadi.  C hunonchi,  ildiz  yantoqda 
18  m,  beda  va  qora  saksovulda  16—18  m  gacha  boradi.
Kserofitlarga  shuvoq,  erm an-shuvoq,  izen,  oq  saksovul,  qora  saksovul, 
juzg'un,  pista,  teresken,  kamforosma va  shu  kabilar  kiradi.
Kserofitlarga  oid  maxsus  bir  guruh  o'simliklar  sukkulentlar  deyiladi. 
Bu  o'sim lik  organlarida  maxsus  suv  g'amlovchi  to'qim alari  yaxshi  ri- 
vojlangan  bo'lib,  ularda  suv  zaxirasi  saqlanadi.  Bunday  o'sim hklarga  kak- 
tuslar,  agavalar  kiradi.
Kserofitlar  jumlasiga  Märkaziy  Osiyo  cho'l  zonasidagi  shp'rhok  yer­
larda  o'sadigan  sho'raklar  ham  misol  bo'la  oladi.  Bunday  o'simliklarga 
danasho'r,  seta,  xaridondon,  sarsazan  va  qizil  sho'rani  misol  qihsh  m um - 
kin.  U lar galofitlar deb  ataladi.
Mezofitlar.
  Nam i  yetarli  bo'lgan  tuproq  va  iqlim  sharoitida  o'sadigan 
o'sim liklar  mezofitlar  deyiladi.  Bu  xil  o'simliklar  hujayralaridagi  osmotik 
bosim  kserofitlarga  qaraganda  pastroq,  ya’ni  11—15  atmosfera  orasida


b o iad i.  Mezofitlarga  ko‘pchilik  daraxt  va  aksari  ekiladigan  o ‘t- o'simliklar: 
g‘o ‘za,  beda,  makkajo'xori,  qovun,  tarvuz,  pomidor,  boyimjon  hamda 
deyarli  ham m a  mevali  o'sim liklar  kiradi.  Bu  xil  o‘simliklaming  ildizi  un- 
cha  chuqur  ketmaydi,  lekin  u  kuchli  tarmoqlanib,  tuproq  orasida  katta 
hajmni  egallab  oladi.

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish