ekologik taxmon
(burchak) deyiladi. K o'pincha bu atama
ikkita yaqin turlam ing o ‘zaro munosabatini kuzatishda qoilaniladi. Eko
logik taxm on atam asini 1917-yilda J.G rinnell turlam ing kenglikda tarqa-
lish tavsifí uchun q o ‘llagan edi. Ekologik taxmon yashash joyi atamasiga
yaqin tushunchadir. Keyinchalik 1927-yilda
Ch.Elton
ekologik taxmon
turning jam oadagi holati deb aniqladi va bu holatda eng m uhim i ulaming,
ya’ni turlam ing bir-birlari bilan trofik bogianishi ekanligini qayd qildi.
T urning ekologik o ‘m i (J.Grinnell) deganda, m a iu m bir turning bar-
cha abiotik va biotik omillar majmuyiga bo'lgan munosabatini, ya’ni ham -
jam oada tutgan o ‘m i tushuniladi.
C h.Elton esa ushbu tushunchaning funksional tomoniga alohida e’tibor
bergan. Ekotizimdagi turning faoliyati asosan oziqlanishdan bo‘lgani uchun
ekologik taxmonni ozuqa taxmon deyish ham mumkin. Tabiatda populat-
siyalarga xilma-xil abiotik va biotik omillar ta’sir etib turadi. Shuning uchun
ekologik taxmon iqlim, trofik, edafik va boshqa xususiy shakllaiga ajratiladi.
H ayvonlar orasida o ‘simliklarga nisbatan ekologik taxm on yaxshi
ifodalangan. Ammo biogeotsenozlarda o ‘simliklar ham ekologik taxmonga
ega. 0 ‘simliklarda ekologik taxmonga ajratish belgilari quyidagilar hisobla-
nadi: turning har xil balandlikda bo'lishi, ildizlaming tuproqning turli qat-
lamlariga kirib borishi, turli vaqtlarda gullashi, changlatuvchilaming xilma-
xilligi, nam lik va boshqalarga munosabatining o'zgacha bo'lishi kabilardir.
D asht va c h o 'l biogeotsinozlarida yirik va mayda sut em izuvchilar o ‘t
o'sim liklar bilan oziqlanadi. Bular tuyoqlilar (otlar, qo'ylar, antilopalar,
sayg'oqlar) va kemiruvchilar (sug'urlar, yumronqoziqlar, sichqonsi-
m onlarning ko'pchilik vakillari). U lam ing hammasi biogeotsenozda bitta
funksional guruh, ya’ni o 'tx o 'r hayvonlami tashkil etadi.
Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, o'simlik massasini iste’mol qilishda
ulam ing roli bir xil emas, balki ular oziqlanish uchun o'sim lik qoplamining
turli tarkibiy qismlaridan foydalanadi. Yirik tuyoqlilar to'yimli, nisbatan
baland bo'yli o'simliklardan ozuqa oladi. Shu yerda yashovchi sug'urlar
tuyoqlilaming ketidan ular yemagan siyrak va ezilgan o 'tlam i iste’m ol qiladi.
Nisbatan mayda hayvonlar hisoblangan yumronqoziqlar esa tuyoqlilar,
sug'urlardan o'sim liklam i yig'adilar. Shunday qilib, hamjamoa hosil qiluvchi
uch gum hdagi o 'tx o 'r hayvonlar o'rtasida o'simliklar qoplami biomassasidan
foydalanishda funksiyalaming bo'lib olinishi kuzatiladi va ushbu hayvonlar
o'rtasida raqobat bo'lmaydi.
V.N.Beklyamishev tasnifl bo‘yicha ekologik taxm on (ekotaxmon) to ‘rt
toifaga boiinadi: trofik, topik, forik va fabrik.
Trofik aloqada bir tu r ikkinchi tu r bilan oziqlanadi.
Topik aloqada bir tur ikkinchi turning yashash sharoitini o'zgaitirishda
nam oyon bo'ladi. Daraxtlar tanasida lishayniklarning yashashi, o'rm ondagi
daraxtlar
tom onidan
shu
yerlarda
o ’suvchi
o ‘simliklar
hayotiga
ko'rsatiladigan ta ’sirlarda yaqqol ko‘rinadi.
Forik aloqada bir turning tarqalishi ikkinchi turning ta ’siri natijasida
ro‘yobga chiqadi. Ko‘pchilik hayvonlar tom onidan o'sim lik urug‘ va m e-
valarining tarqalishi bunga misol bo‘la oladi. Bunday tarqalish aktiv yoki
passiv holda o'tishi mumkin.
Bir turning o ‘ziga in qurishi uchun boshqa turning qoldiqlaridan foy-
dalanishiga fabrik aloqa deyiladi. Chunonchi, qushlar in qurishi uchun
daraxt barglari va shoxchalaridan yoki hayvonlarning ju n va patlaridan
ham foydalanadilar.
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida ko‘pchilik ekologlar
jam oada o ‘xshash joyni egallagan, bir-biriga ekologik yaqin turgan turlar
mustahkam yashay olmasliklari mumkin degan xulosaga kelgan edilar. Bu
fikrlar keyinchalik bir ekologik taxmonda uchraydigan 2 ta tur orasidagi
raqobatchilik modelini matematik tuzib chiqiijanda ham o ‘z tasdig‘ini topdi.
(V.Volterra va T.F.Gauze). Ekologik taxmon to ‘g‘risidagi hozirgi zamon tu-
shunchasi 1957, 1965-yillarda J.Xatchinson tom onidan tuzilgan ekologik
taxmon modeliga asoslangandir.
3. Biotik omillar va ularning organizm uchun ahamiyati
Organizmlar hayoti bir-biriga cham barchas bog'langan. Ana shu bar-
cha tirik organizmlarning bir-biriga bo‘lgan ta ’siri, ular orasidagi o ‘zaro
munosabatlar biotik omillar deyiladi.
Masalan, tuproqda bakteriyalar, zamburug‘lar va suv o'tlari singari
ko‘pgina mikroorganizmlar yashab, ular o'sim lik va hayvon qoldiqlarini
parchalaydi,
havodagi
erkin
azotni
to'plab,
yuksak
o'sim liklar
o'zlashtiradigan holatga keltiradi (azot to ’plovchi azotobakteriyalar). Shu-
ningdek, tuproqdagi yomg‘ir chuvalchangi ham tuproq strukturasini yax-
shilashda ishtirok etadi va o‘simliklar hayotiga bevosita yoki bilvosita ta ’sir
ko‘rsatadi. Tuproqda o ‘simliklar hayotiga zarar keltiruvchi hasharotlar va
sut emizuvchi hayvonlarning vakillari ham uchraydi. M asalan, may
q o ‘ng‘izi va kemiruvchilar o ‘simlik ildizini hamda yer ustki qismlarini ke-
mirib ulam i quritishga olib keladi. Chorva mollari yaylovlarda uzliksiz bo-
qilganda o ‘simliklaiga salbiy ta ’sir qiladi. Biroq hayvonlar ishtirokida
o'sim liklar changlanadi, ularning urug* va mevalari tarqaladi.
O'simliklaming o‘zlari ham bir-birlariga jiddiy ta ’sir ko‘rsatadi. Ular
o ‘sadigan har qanday hududda turlar o'rtasida yorug'lik, namlik va ozuqa
moddalari uchun uzluksiz kurash boradi. Natijada, bir individ yoki turning
o ‘sib rivojlanishi ikkinchi xil individ va turiaming nobud bo‘lishiga olib keladi.
Masalan, shumg'iya va zarpechak kabi gulli o'simliklaming vakillari pomidor,
qovun, tarvuz, bodring, uzum, beda va shu kabi madaniy o ‘simliklarda para-
zitlik qilib, ulaming hosildorligini 20—30 %gacha kamaytirib yuboradi.
4. Antropogen omillar
Odam o ‘z faoliyati jarayonida tabiatga, àyniqsa, o'sim liklar va hay-
vonlar hayotiga kuchli ta ’sir ko'rsatadi. Bunga
Do'stlaringiz bilan baham: |