Adabiyotlar 171
ILOVALAR 172
KIRISH
Innovatsion iqtisodiyot iqtisodchi mutaxassislardan ish yuritishning zamonaviy yangi usullarini o‗zlashtirishni va ularni amaliyotga qo‗llay bilishni talab etadi. Iqtisodiyotdagi ko‗pchilik usullar ekonometrik va iqtisodiy matematik usullar hamda modellarga asoslangan. Ularni bilmasdan va amaliyotga qo‗llamasdan murakkab iqtisodiy jarayonlarni ilmiy asoslangan holda tahlil qilish va prognozlashda ijobiy natijalarga erishish qiyin.
Ushbu o‗quv qo‗llanma talabalarga statistik ma‘lumotlar asosida ekonometrik va iqtisodiy matematik modellashtirish usullarini amaliyotga qo‗llash ko‗nikmalarini hosil qilishga mo‗ljallangan bo‗lib, 2018-yilda chop etilgan va talabalar bilan amaliy mashg‗ulotlarda tajribadan o‗tkazilgan ―Ekonometrika bo‗yicha praktikum‖ uslubiy qo‗llanma qayta ishlanib, masalalarni kompyuterda yechish usullari qismi bilan to‗ldirilgan holda tayyorlandi1. O‗quv qo‗llama 2018 yilda O‗zbekiston Respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ―Ekonometrika asoslari‖ o‗quv qo‗llanmasida yoritilgan nazariy masalalarni amaliy jihatdan mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.
O‗quv qo‗llanmaning har bir bobi ―Uslubiy ko‗rsatma‖,
―Namunaviy misollar yechish‖, ―Namunaviy misolni kompyuterda
yechish‖, ―Mustaqil ishlash uchun masalalar‖ qismlaridan iborat.
―Uslubiy ko‗rsatma‖ qismida mavzuning misol va masalalarini yechishning uslubiy ta‘minoti va formulalar keltirilgan. ―Namunaviy misollar yechish‖ qismida mavzuni mazmun va mohiyatini to‗liq qamrab oluvchi misollar ketma-ketligi, ularni yechish usullari va olingan yechimlarni iqtisodiy jihatdan tahlili berilgan. ―Namunaviy misollarni kompyuterda yechish‖ qismida masalalarni kompyuter yordamida
1 РФА муҳбир аъзоси И.И. Елисеева тахрири остида 2002 йилда чоп этилган «Практикум по эконометрики» ўқув қўлланмаси асосида қайта ишланган.
yechish ketma-ketligi yoritib berilgan. ―Mustaqil yechish uchun masalalar‖ qismi esa talabalar o‗rgangan usullarini mustaqil ravishda turli amaliy masalalarni yechishga qo‗llash va ekonometrik modellashtirish ko‗nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan. Qo‗llanmaning bunday tartibda yozilishi talabalarga mavzuni qiyinchiliklarsiz o‗zlashtirishga va pedagog xodimga amaliy mashg‗ulotlarni mazmunini rejalashtirishga yordam beradi. Qo‗llanmaning ilova qismida masalalar yechishda foydalaniladigan statistik jadvallar berilgan.
Mualliflar taqrizchilarga o‗z minnatdorchiligini bildirib, o‗quvchilardan o‗quv qo‗llanmani takomillashtirish bo‗yicha fikr va mulohazalarni kutib qoladilar.
Uslubiy ko„rsatma
Ikki y va x o‗zgaruvchilar orasidagi regressiya juft omilli (oddiy) regressiya deyiladi, u y = f(x) ko‗rinishga ega bo‗ladi.
bu yerda: y –natijaviy belgi (erksiz o‗zgaruvchi); x –omil belgi (erkli o‗zgaruvchi).
Regressiya chiziqli va chiziqsiz (chiziqli bo‗lmagan) regressiyalarga ajratiladi.
Chiziqli regressiya quyidagi ko‗rinishga ega: y = a+b·x+ε. Chiziqsiz regressiya ikki qismga bo‗linadi.
Erkli o‗zgaruvchilarga nisbatan chiziqli bo‗lmagan regressiyalar:
Baholanayotgan parametrlarga nisbatan chiziqsiz regressiyalar:
darajali funktsiya
ko‗rsatkichli funktsiya
eksponentsial funktsiya
Parametrlari bo‗yicha regressiya parametrlarini baholash uchun eng kichik kvadratlar usuli(EKKU) qo‗llaniladi. EKKU parametrlarning shunday qiymatlarini topish imkonini beradiki, shu topilgan qiymatlarda y belgining haqiqiy qiymatlaridan uning nazariy qiymatlari orasidagi farqlari kvadratlarining yig‗indisi eng kichik(minimal) qiymatni beradi, ya‘ni
Chiziqli va chiziqli holatga keltiriladigan tenglamalar uchun quyidagi tenglamalar sistemasi a va b parametrlarga nisbatan yechiladi:
yoki bo‗lmasa tenglamalar sistemasidan kelib chiqadigan tayyor formulalardan foydalanish mumkin:
yoki .
O‗rganilayotgan hodisa va jarayonlarda o‗zgaruvchilar orasidagi bog‗lanish zichligi(yoki kuchi)ni r xy – chiziqli juft korrelyatsiya koeffitsiyenti orqali baholanadi.
Chiziqli regressiya uchun korrelyatsiya koeffitsiyenti :
Chiziqsiz regressiya uchun korrelyatsiya indeksi :
bu yerda , ,
Tuzilgan modellar sifatini baholash approksimatsiyaning o‗rtacha xatoligini hamda determinatsiya koeffitsiyentini qo‗llab amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |