qism Дисперсионный анализ deb nomlangan bo‗lib, ushbu qismda regressiya tenglamasining dispersiyasi, qoldiq dispersiyasi, umumiy dispersiya, F-test ma‘lumotlari berilgan.
Ushbu qismda «Регрессия»ning ro‗parasidagi (df) B12 katakdagi 1 soni regressiya tenglamasidagi omil belgi sonini anglatadi.
«Остаток»ning ro‗parasidagi B13 katakdagi 5 (n-m-1) soni erkin o‗zgaruvchilar sonini. Bunda n kuzatuvlar soni, m esa omillar sonini anglatadi. Bizni misolimizda n=7 va m=1. B14 katakda esa B12 va B13 kataklardagi sonlarning yig‗indisi. C12,C13,C14 kataklardagi (SS) raqamlar mos ravishda natijaviy belgi (y) va omil belgilar (xi)ning o‗rtachalaridan og‗ishlari va ularning yig‗indisi. D12, D13 kataklardagi (MS) raqamlar esa ularning o‗rtachalari – dispersiyasi. E12 katakdagi
(F) raqam Fisherning F-kriteriyasini hisoblangan qiymati, F12 katakdagi (Значимость F) raqam Fisherning F-kriteriyasining jadval qiymati.
III qismda regressiya tenglamasi koeffitsiyentlari haqida ma‘lumotlar berilgan. Har bir koeffitsiyentning qiymati, koeffitsiyentlarning standart xatosi, t- test qiymatlari, ishonch oraliqlari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |