ISHBILARMONLIK YOKI ROLLI (VAZIYATLI) O‘YIN.
Ishbilarmonlik yoki rolli vaziyatli o‘yinlar – muammoli vazifaning bir turi bo‘lib faqatgina matnli o‘quv materiali o‘rniga talabalar tomonidan rollar o‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi.
Ishbilarmonlik va rolli vaziyatli o‘yinlar ta’lim usuli sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
o‘rgatuvchi: umumta’lim mahoratni shakllantirish; ijodiy qobiliyatni o‘stirish; shu jumladan: yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish;
rivojlantiruvchi: mantiqiy tafakkurni, nutqni, atrof-muhit sharoitiga o‘rganish qobiliyatini o‘stirish;
motivatsion: talabalarni o‘quv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishishga rag‘batlantirmoq;
tarbiyaviy: ma’suliyatni, mustaqillikni shakllantirish.
ISHBILARMON O‘YIN
Ishbilarmon o‘yin – bu o‘qitishning umumiy metodik texnologiyasi bo‘lib, bunda ta’lim oluvchi birinchi navbatdagi topshiriq yechimini qabul qilish jarayonini ko‘rib chiqadilar. Bu jarayon modelga o‘tkazilib, buning natijasida epizodlar (aniq natijalar va ularning oqibatlari) paydo bo‘ladi.
Didaktik maqsad. Bu asosan faoliyat kompetensiyasi va metodik komponentlarini rivojlantirish bo‘lib, xususan, faoliyatni bajarishda yechimlarni qabul qilish vaziyatlarini mustaqil yechish orqali amalga oshadi.
Metodik maqsad. Ishbilarmon o‘yinning metodik maqsadi yechimlarni qabul qilish va ularning natijalari bilan tajribalar o‘tkazish, ko‘nikmalarni orttirishdan, shuningdek muammoni yechish yo‘llarini topishdan iborat.
Ishbilarmon o‘yinlar turiga umumiy o‘yinlar, katta o‘yinlar qismlari, erkin o‘yinlar, interaktiv o‘yinlar (yechimni qabul qilishga va o‘yin borishiga boshqa o‘yin guruhlari ta’sir ko‘rsatishadi), nointeraktiv o‘yinlar, ochiq va yopiq o‘yinlar (tanlov asosida).
Analogik metodlar: rolli o‘yin, vaziyatni o‘rganish, ssenariylar texnikasi (strategik rejalashtrish metodi).
Asoslar. Ishbilarmon o‘yinlar haqiqatning aniq lavhalari ko‘rsatiladigan real vaziyatlarni tiklash hisoblanadi. Bunda ko‘pincha ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhiti mojaro vaziyati modellashtiriladi. Ta’lim oluvchilar turli personajlar rollarini o‘ynab, o‘zlarining qiziqishlarini aks yettirishadi.
Kelib chiqishi. Hozirgi ishbilarmon o‘yinining dastlabki shakllari 17-18 asrlarda mavjud edi. Boshlanishida ular xarbiy maqsadlarda strategik o‘yin sifatida ishlatilgan, 1950-yillarda sanoat va iqtisodiyotda qo‘llanilishi (biznes-trening, boshqaruv ko‘nikmalarini mashq qilish) natijasida o‘z xarakterini sezilarli o‘zgartirdi. Ta’lim tizimiga ega ishbilarmon o‘yinlari siyosat-shunoslikda siyosat va jamiyatda yechimlarni qabul qilish jarayonlarini modellashtirish orqali kirib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |