ROLLI HAMDA ISHBILARMONLIK O‘YINLARI
Ayni vaqtda ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbilarmonlik o‘yinlardan samarali foydalanishga e’tibor berilmoqda. O‘yin chog‘ida mahsuldor emas, balki jarayonli faoliyat tashkil etilganligi bois tahsil oluvchilar tasviriy vaziyatlarni yaratish asosida o‘zlarining atrof muhitga bo‘lgan munosabatlarini tabiiy namoyon eta oladilar. O‘yinli faol faoliyat esa ularning ijodiy imkoniyatlarini oshirib, tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Tahsil oluvchilarning nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbilarmonlik o‘yinlar o‘ziga xos o‘rin tutadi.
O‘yin texnologiyalari ta’lim samaradorligini ta’minlash, tahsil oluvchilarda faollikni yuzaga keltirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, vaqtni qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi.
O‘yin jarayonida namoyon bo‘luvchi psixologik xususiyatlar har tahsil oluvchiga shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta olish imkonini beradi, ularning ijtimoiy hayotda egallagan o‘rnini barqarorlashtiradi, ularda o‘zo‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
O‘yin texnologiyalari nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarning malakalarga aylanishini ta’minlab qolmay, tahsil oluvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalaydi.
Pedagog va psixolog olimlar - D.N.Uznadze, L.S.Vo‘gotskiy, A.N.Leontev, S.A.SHmakov, G.K.Selevko, P.YA.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va boshqalar o‘yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz.
S.Kallagan1ning ta’kidlashicha, rolli o‘yinlarning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun bir qator Shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
– jamoa a’zolari o‘rtasida samimiy muhitni qaror toptirish;
– o‘yin jarayonida qat’iy talablar qo‘yilishini inkor etish;
– o‘qituvchi va tahsil oluvchilarning erkin, bemalol, o‘ziga ishongan holda, xotirjam harakat qilishlariga erishish;
– sinfda qulay sharoitning mavjud bo‘lishi (shovqin darajasini nazorat qilish, tahsil oluvchilarni chalg‘ituvchi harakatlarni sodir etmaslik);
– sinfda tartib va tinchlikni saqlash maqsadida tahsil oluvchilarning o‘yin faolligiga ta’sir qilmaslik.
G.K.Selevkoning fikricha, o‘yin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |