Tuzilma va texnologiya tushunchasi. O`qitish texnologiyalari
Tuzilma (struktura) – lotincha tuzulish, bog`lanish degan ma`noni anglatadi. 1) muayyan narsalarning tuzilishi, qurilishi; tarkibiy qismlarning o‘zaro boglikligi; 2) ob’ektning yaxlitligi va aynan o‘zligini anglatadigan, ya’ni tashqi va ichki o‘zga-rishlarda asosiy xususiyatlarini saqlab qoladigan barqaror aloqalari majmui. Struktura sistemani tashkil etadi. Struktura narsa va hodisani bir xil yoki har xil jinsliligi, uning muayyan nisbiy mustaqil qismlarga, elementlarga, komponentlarga bo‘linishi; bu qismlar, elementlar, komponentlarning o‘zaro ta’sir va aks ta’sirlarini, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va bog`lanishlarni, bu bog‘lanishlarga oid qonuniyatlarni; narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil topganligidan qat’i nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi.
O`yin tuzilmasi – o`yinning strukturasini bildirib, qanday ketma-ketlik asosida olib borilishini anglatadi. O`yin tuzilmasi dars jarayonini tashkil etishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
Jarayon sifatida o`yin tuzilmasi (G.K.Selevko ta`biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o`ynash uchun olingan rollar;
ushbu rollarni ijro etish vositasi bo`lgan o`yin harakatlari;
predmetlarni, ya`ni haqiqiy narsalarni Shartli, o`yin narsalari o`rnida qo`llash;
o`yinda ishtirok etuvchilarning real o`zaro munosabatlari;
o`yinda Shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun) – ijro sohasi.
“Texnologiya” – yunoncha “teche” so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va “logos” – so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi. Texnologiya deganda sub’ekt tomonidan ob’ektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi.
Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga yo‘naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma – ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.
Texnologiya tushunchasini yorituvchi qarashlar.
Boshqarish mexanizmining unsure hamda noaniq fazaning aniq maqsadga aylanish, unga erishilishini ta`minlovchivosita (A.Afanasyev).
Yakunida qo`yilgan maqsadga erishish va faoliyat ob`yektning o`zgarishiga imkon beruvchi faoliyat (N.Stefanov)
Имкон берувчи фаолият
Ishlov berish, vaziyatni o`zgartirish san`ati, mahorati
Faoliyatni tashkil etish qoidaso va uni amalga oshirish qoidasi.
Faoliyat (ish san`at) da qo`llaniladigan usullar, yig`indisidir(izohli lug`at).
Texnologiya
Qo`yilgan maqsadga erishish yo`lida qo`llanuvchi usul, metod va ta`silar majmuasi (Zamonaviy g`arb sotsiologiyasi)
Ijtimoiy rejalashtirish va taraqqiyot, shuningdek, turli ijtimoiy muammolarni hal etish yo`lida maqsadga erishish usuli, metod va ta`sirlarning mohiyati (L.Ionin).
Do'stlaringiz bilan baham: |