I boshlovchi: Bu kun o’zgachadir jilvayi olam


Buyuk- buyuklikda sening tenging yo’q



Download 27,3 Kb.
bet2/5
Sana03.03.2022
Hajmi27,3 Kb.
#481426
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-m

Buyuk- buyuklikda sening tenging yo’q,
Olamning baxtisan, tojisan ayol!
I boshlovchi: Bugun maktabimizda onajonlarimiz bayrami tantanali tarzda nishonlanmoqda. Avvalo, bugungi tantanamizga
Hamma: Xush kelibsizlar!
Olima:Ayol-ona va sevimli yor, qondosh opa yoki singil.
Zafar:Bola tarbiyachisi,
Nodira:Ayol- go’zallik, nazokat sohibasi.
Karim:Ayol borki, dunyo o’z muvozanatini saqlab turadi.
Lola:Ayol- quyoshni uyaltiruvchi taftli mehr.
Javohir:Ayol-tog’larni dog’da qoldiruvchi cheksiz g’urur va bardosh.
Kumush:Ayol — najot farishtasi.
Nodir:Uning allasi oldida dunyoning bor go’zal ohanglari o’zligini yo’qotadi.
Vasila:Uning go’dagi boshidagi bedorligi qarshisida oy-u yulduzlar ham nigohlari tinib, oxiri tong chog’i taslim bo’ladi.
II boshlovchi:Hayot nima uchun munavvar? Ishoning,onajonlar, dunyoda Siz borligiz uchun! Siz tufayli charog’on,go’zallikka limmo-lim!
Siz, azizlar, yuraklarga quvonch, shodlik ulasharsiz, shuning uchun biz sizlarni yaxshi ko’ramiz, ardoqlaymiz, ko’klarga ko’taramiz.
II boshlovchi:Ayol! Bu so’z jaranglashi bilan ko’z oldimizga guldan-da nafis,jannat gullarining iforlarini eslatuvchi nozik bir xilqat- farishta namoyon bo’ladi.Ayol bor xonadon farishtali, nurlidir.
I boshlovchi: Ayol — dunyodagi tengi yo’q ulug’ zot. Aytishlaricha, u bosh qo’ygan bolishga farishtalar sajda qilarkan.
II boshlovchi:Ayol qadam qo’ygan eshikka avliyolar chiroq yoqar ekan.
I boshlovchi:U aytgan alladan xudolar oyat to’qirkan, ular allalarida bolalariga butun mehrlarini qo’shib aytisharkan.
Qadim zamonlarda bir kelin bo’lgan ekan. U farzand ko’ribdi-yu, ammo bolalari birin-ketin nobud bo’laveribdi.Uchinchi farzandi tug’ilganda, u bor alamlarini qo’shib, alla aytibdi. Shunda go’dak chinqirab yig’lashdan to’xtabdi.Alla ta`sirida bolaning joni omon qolibdi.Shundan buyoygn onalar go’daklariga alla aytib uxlatishar ekan. Alla ana shunday sehrli qo’shiqdir.Hozir qizlarimiz ijrosida “Alla” ijro etiladi.
(“Alla” ijro etiladi).
II boshlovchi: Ayol bosgan qadamlar o’rnida poklik chechaklari unadi.Shu bois ham “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deya takalluf etiladi.
I boshlovchi: Shoirga yo’l bo’lsin, sizni chizay deb,
Bo’yoq quyultirib turar rassomlar.
Mukammal husningiz yog’dusi uchun
Oy ham navbatchilik qilar oqshomlar.
II boshlovchi: Shoirga yo’l bo’lsin, kuylay deb sizni,
Bastakorlar yurar yoqachok, tajang.
Torni temirchiga topshirvoqgudek
Har jarang ustida qilar necha jang.
I boshlovchi: Aziz onajonlar, sizni ta`riflash uchun dil so’zi-yu, qalam kuchi ojiz.
Ona — buyuk allomarimizning beshigini tebratgan mehribon, buyuk zahmatkash zot. Quyosh saxiylikni, dengiz tiniqlikni, tog’lar ulug’vorlikni, osmon kenglikni, bahor latofatni, gullar tarovatni, chashmalar poklikni Sizdan o’rgansin! (“Onajonim” qo’shig’i ijro etiladi).
1-o’quvchi: O’zingiz umrning avvali, boshi,
Farzandlar qalbining porloq quyoshi,
Hayot chamanining mohir naqqoshi,
O’zingiz azizsiz, aziz ayollar.
2-o’quvchi:Sizsiz bu dunyoning sodiq bekasi,
Bu go’zal olamning Sizsiz egasi,
Sheryurak mardlarning sevgan erkasi,
O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!
 
3-o’quvchi: Alloh asli sizni suyub yaratmish,
Qalbingizga mehrni quyib yaratmish,
Go’zal qilib sizga ko’pni qaratmish,
O’zingiz azizsiz,aziz ayollar!
4-o’quvchi: Bahor asli sizning ko’nglingizdadir,
Sadoqat va vafo yo’lingizdadir,
Dunyoning beshigi qo’lingizdadir,
O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!
5-o’quvchi:Bu foniy dunyoning jannati Sizsiz,
Dunyo dunyo emas,gar qolsa sizsiz,
Olamni bor qilgan hayotbaxsh kuysiz,
O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!
6-o’quvchi:Sizga chin yurakdan baxtlar tilayman,
Iqboldan tojlar-u taxtlar tilayman.
Ayol bo’lganumchun shukur qilaman,
O’zingiz azizsiz, aziz ayollar!
(“Andijon polkasi” raqsi ijro etiladi)
II boshlovchi:Endigi tabrik so’zini ota-onalar qo’mitasi raisidan eshitsak. Ota-onalar qo’mitasi raisi: Aziz onajonlar! Hammangizga ma’lumki, quyoshsiz yoruq’lik ayolsiz esa muhabbat yo’qdir. Onasiz inson ham, qahramon ham dunyoga kelmaydi. Ona har birimiz sig’inadigan mabudadir. Ona bola uchun havo, suvdek zarurdir. Barchangizni bu bayram bilan qutlayman! Oqqushlarni vafodor deb, maqtashadi, bulbullarni gullarning mahliyosi deyishadi. Dunyodagi jamiki narsa, vafodorlikni Sizdan o’rgansin.
I boshlovchi: Rahmat, otaxon, ishlaringizda rivoj tilaymiz.
(“Onam derman” ashullasi ijro etiladi).
II boshlovchi:Ona dunyodagi o’zi kabi ulug’ siymolarni qoldirgan buyuk zotdir.
 I boshlovchi: Samarqand shahrini qadimiy deyishadi, uning 2500 yilliini tantanali tarzda nishonladik. Dono kishilar savol bermishlar:
1-o’quvchi: Hoy,yoshi tarixing tubiga tutashgan Samarqand! Navoiy va Ulug’bek kabi siymolarni yaratgan sen emasmi?
2-o’quvchi:Yo’q, yo’q, ularni onalar yaratgan.
1-o’quvchi: Hoy, Sharqning ko’hna kitobi, bunchalar donishmandlikni qayerdan olding?
2-o’quvchi: Nuroniy onalardan.
1-o’quvchi: Hoy,ona shahar, farzandingman, seni madh etmoqchiman.
2-o’quvchi: Farzandim bo’lsang, meni emas, onalarni madh et.
Ha, onalarni madh etaylik. (“Olamni asrang,do’stlar!” ashulasi ijro etiladi).
II boshlovchi:Endigi tabrik so’zini maktab kasaba uyushmasi raisidan eshitamiz:
Maktab kasaba uyushmasi raisi:Qadrli onajonlar! Men ham sizlarni bayram ila tabriklayman. Onajonlar!Siz Olloh mo’jizasidir. Buyuklikda sizning tengingiz yo’q. To’g’ri, ayollardan payg’ambarlar yetishib chiqmagan. Onalar payg’ambar bo’lishdan ko’ra,uning onasi bo’lishni afzal ko’rishgan. Sizning madhingizni kuylash har birimiz uchun sharafdir.
Onajon!Bu galgi yurak so’zimni,
Senga bag’ishladim,
Senga azizim!Qaniydi,
Tabiat qo’lidan kelsa,
Abadiy etolsa, sening umringni!
Roziydim, onajon! Iloji bo’lsa —
Senga qo’shib bersa, mening umrimni.
Bir kechalik allang hurmati uchun,
Yuz yillik umrimni bag’ishlasam kam.
Ko’chirsam,
Qalbingga qalbimning kuchin.
Qarzim uzolmasman, qolur shunda ham.
Mabodo!
Bo’lsaydim zo’r haykaltarosh,
Senga yuragimdan yasardim haykal.
Yo agar bo’lsaydim mo’yqalam,naqqosh,
Surating chizardim berib ming sayqal.
Oralab qolibdi sochlaringda oq,
Ol mening sochimning qoralarini.
Tishlaring tushibdi!
Xo’rsinma,biroq
Ol mening tishlarim saralarini
Xiralashib qolmish ko’zlaringda nur
Ko’zlarim nurini olgin, mehribon!
Roziman!
Xizmating qilsam bir umr
Yuragim qo’rini olgin,onajon!
I boshlovchi:Rahmat,sizga,akajon. Ishlaringizga baraka tilaymiz, Onajonlarimiz baxtiga hamisha sog’ bo’ling (“Tanovor” raqsi ijro etiladi).
Munira: Olloh mo’jizasi, naqshisan ayol,
Quvonch malikasi, taxtisan ayol,
Buyuk-buyuklikda sening tenging yo’q,
Bu yorug’olamning baxtisan ayol!
Laziz: Yarmi ayol erur insoniyatning,
Ayollar yaratmish qolgan yarmin ham,
Ayol yarmi erur ushbu hayotning,
Unga baxsh etadi qolgan yarmin ham.
Anvar: Dunyoning quyoshi bo’lsangiz porloq,
Oyi ham o’zingiz sohibjamollar!
Olloh joiz desa,o’zidan so’ngroq,
Bizga sajdagohsiz,aziz ayollar!
II boshlovchi: Shuning bilan “Muqaddas ayol ” nomli tadbirimiz nihoyasiga yetdi

 –boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, onajonlar! Bugun biz sizlarni
madh etishga yig‘ildik. Chunki bugun sizlarning dunyodagi eng ulug‘ zot –
onajonlarning bayrami. Biz sizlarni shu qutlug‘ kuningiz — 8 mart bayrami bilan
muborakbod etgani keldik. Bugun gulzordagi turfa gullarni, dildan otilib turgan
mehru muhabbatni, tabiat ato etgan shafqat va muruvvatni, dildagi qaynoq
haroratni sizga armug‘on etgani keldik. Qabul qiling, aziz ustozlar, sizni ta’riflash
uchun dil so‘ziyu qalam kuchi ojizdir. Buyuk allomalarning beshigini tebratgan,
mehribon, munis, mag‘rur buyuk jafokash, zahmatkash zot, bu – onadir. Quyosh
saxiylikni, dengiz tiniqlikni, tog‘lar ulug‘vorlikni, osmon kenglikni, bahor
latofatni, gullar tarovatni, chashmalar poklikni, shabnamlar pokizalikni sizdan
o‘rgansiz!

Download 27,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish