1 –boshlovchi: Jon – dil farzand panohi, mehri daryo onasiz,
Onaizor, boshimizdan o‘girilib parvonasiz
Yurasiz yo‘ldosh, hamdam, joy tuzab o‘ltirasiz.
Birgasiz, ko‘ngiz uyida bir chiroqdek yonasiz
Vaqtida bo‘lmay yoningizda hayallar bo‘lsamiz,
Tunlari qush uyqusidan ming to‘lg‘onib uyg‘onasiz
Hech zamon bo‘lgan emas, bu sabr – bardosh sizdagi,
“Uh” desak, o‘rtab yurakdan yonasiz, qiynolasiz
Benazir xizmatlaringiz haqqi deyman, onajon.
Onalikdan olam – olam orzunguzga qonasiz.
2 –boshlovchi: Sen borsan, saodat bog‘i bexazon,
Sen borsan, g‘amsizmiz, yorqin hayotim
Sen borsan, toshqindir, ilhom bulog‘im,
Sen borsan, porloqdor iqbol chirog‘im
Sobitsan, sodiqsan, mangu yasharsan,
Sen bilan to‘lqindir ravzai bayot,
Sen bilan gulgundir shu buyuk hayot
(O‘yin)
1 – boshlovchi: Quvonchlarim bir jahon
Bayramingiz muborak,
Aziz ona, Onajon!
2 – boshlovchi: So‘zlari bol, durdona,
Mehnatda eng mardona
Olam ichra yagona
Sizsiz, ey, aziz ona
3 –boshlovchi: Ona – dongdor quruvchi,
Ona – mohir paxtakor,
Ona – lochin uchuvchi
Ona – doktor shifokor
Shundan keyin bayram tabriklari boshlanadi.
Bayram hazily o‘quvchilar bilan o‘yin.
A’lochi o‘quvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etiladi.
Boshlovchilar: Aziz ustozlar, hurmatli maktabdoshlar, ruxsat bering shu bilan
kechamizni yopiq deb e’lon qilamiz
Sen bir chechakmiding bogda ochilgan,
Yoki bir libosmi, bahtga bichilgan,
Dunyoga ezgulik sen-la sochilgan,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Sen uchun yozildi qancha qo'shiqlar,
Ortingdan ovvora qancha oshiqlar,
Qoshingda eridi toshdan qattiqlar,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Seni haq yo'lingdan toydirguchi ko'p,
So'ng esa mish-mishlar yoydirguchi ko'p,
Ba'zida joningdan to'ydirguchi ko'p,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Erta saharlarda uyqudan kechib,
Dalaga otlanding, bolang opichib,
Tog kelsa kemirding, suv kelsa ichib,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Ba'zi erkaklarda qolmadi imon,
Er-hotin qo'sh-ho'kiz desalar-yolgon,
Qo'shni endi yolgiz tortasan giryon,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Joying poygak bo'ldi, doim, to'r emas,
Mehnating, zahmating oshkor, sir emas,
Joningni dedilar qirqta, bir emas,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Yurakda qoldirding o'chmaydigan iz,
Dunyoda tushunding sen meni yolgiz,
Mayliga desinlar meni "feminist",
Men seni azizam deyinmi ayol?
Sen mening singlimsan, opam yo onam,
Yoki bir kelinchak, yoki bir sanam,
Senga qurbon bo'lsin bu jon, bu tanam!
Men seni azizam deyinmi ayol?
Ozgina yumshadi bugun tosh diydam,
Sutingiz hurmati, aziz volidam,
Ayolga bitildi ushbu qasidam,
Men sizni azizam deyinmi ayol?
Do'stlaringiz bilan baham: |