I bo‘lim. Iqtisodiy tahlil nazariyasi



Download 372,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana17.07.2022
Hajmi372,79 Kb.
#817548
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni,

Tamoyillar 
Mazmuni 


Tizilmalilik 
Tahlil etilayotgan obyekt alohida bir butun tizilma yoki 
tizilmaning elementi deb qaraladi. 
Ishonchlilik 
Olingan ma’lumotlarda xato yo‘qligi va haqqoniy 
ekanligi, realligi 
Taqqoslanuvchanlik 
Ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, ularning bir asosli 
tarzda turli davrlar va boshqa korxonalar faoliyati 
to‘g‘risidagi xuddi shunday ma’lumotlar bilan qiyosiy 
o‘rganish 
Betaraflilik 
Axborot foydalanuvchilarni bir guruhining zarari 
hisobiga boshqa guruhlar manfaatlarining qondi-
rishning o‘rinsizligi
Davriylik 
Olingan ma’lumotlarning davriy oralig‘i, xo‘jalik 
faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan vaqtida 
ta’minlab turish 
Pulli baholash 
Barcha aktivlar, kapital va majburiyatlarning so‘mda 
ifoda etilishi 
Hisobga olish 
Daromad va xarajatlarning yuzaga chiqish vaqti, o‘rni 
va markazlari bo‘yicha hisobga olinishi 
Mazmunning shakldan 
ustunligi 
Ma’lumotlarning hisob va hisobotdagi shakllardan 
huquqiy jihatdan uning mohiyati va iqtisodiy voqeligi 
bo‘yicha hisobga olishdagi ifodasini ustunligi
Aniq baholash 
Aktivlar va foydaning joriy davr bozor narxlarida qayta 
ifodalanishi
Uzluksizlik 
Korxona 
xo‘jalik 
faoliyati 
yuzasidan 
barcha 
jarayonlarni o‘z yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks 
ettirilishi 
Boshqa tamoyillar 
……………………………………………… 
 
 
1.7. Fanlar sistemasida tahlilning tutgan o‘rni 
 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil fanining 
boshqaruvdagi o‘rni ortib bormoqda. Iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlar 
zamirida vujudga keldi va ko‘pgina fanlarga nisbatan yangidir. Iqtisodiy 
tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllandi va rivojlandi. Shunga qara-
may, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy tahlil 
fani mazmuni va tarkibi jihatidan tubdan o‘zgardi. Rejali iqtisodiyot 
sharoitida barcha fanlar singari iqtisodiy tahlil fani ham rejaning 
bajarilishini nazorat qilish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, 
yuqoridan ko‘r-ko‘rona tushirilgan rejani asoslashga qaratilgan edi. 


40
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan 
bo‘ldi. Oldinlari korxonalarning xo‘jalik faoliyati yuqori tashkilot va 
davlat nuqtayi-nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, endilikda bevosita shu 
korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtayi-nazaridan tahlil 
qilinadigan bo‘ldi, biroq barcha hollarda ham davlatning manfaati 
hisobga olinadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan 
davlat o‘rtasidagi aloqalar erkin ravishda o‘zaro manfaatli iqtisodiy 
munosabatlarga asoslanadi.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar va mu-
nosabatlardagi bunday o‘zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar 
mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ko‘rib chiqishni 
taqozo etmoqda. 
Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlaridagi obyektiv zarurat talabi-
dan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi 
umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi, 
ya’ni ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil 
umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir, chunki, obyekt-
larni iqtisodiy tahlil qilish umumiqtisodiy qonunlarga asoslanadi va 
umumqabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umumiqtisodiy 
nazariya fanida kategoriyalar va atamalarning mohiyati hamda mazmuni 
ochib beriladigan bo‘lsa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va 
atamalar fanning usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan 
o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi katego-
riyasini oladigan bo‘lsak, umumiqtisodiy nazariya fanida ushbu katego-
riyani mohiyati va mazmuni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqla-
nishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtiso-
diy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatki-
chini davrlar, ularning tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga 
ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin. 
Tabiat, jamiyat va tafakkurni rivojlanishi haqidagi falsafiy 
ta’limotlardan ham tahlilda foydalaniladi, ya’ni umumiy rivojlanish, 
o‘rganilayotgan jarayonga dialektik qarash va hokazolar. 

Download 372,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish