7
I BO‘LIM.
IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI
I BOB. IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI,
PREDMETI VA VAZIFALARI
1.1.
Iqtisodiy tahlil fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi insoniyat ongining takomil-
lashib borishiga turtki bo‘ldi. Insoniyat ongining rivojlanishi natijasida
borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan.
Fikrlar shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma’lum bir fanlarga
asos solingan.
Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zarurat tug‘ilishi
lozim. Shu tufayli, fanning shakllanishi biror-bir shaxsning ijod mahsuli
bo‘lib qolmasdan, balki obyektiv jarayonga tayanadi.
Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko‘p asrlik tarixga ega
bo‘lgan buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga
kelgan, bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar yaratilgan.
Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda paydo
bo‘lgan. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda nashr
qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini keltirish mumkin.
Buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan ikkinchi asar 1494-yilda Venet-
siyada nashrdan chiqqan bu Luka Pacholinning «Schotlar va yozuvlar
haqida»gi kitobidir. Ushbu kitoblarda buxgalteriya hisobining savdo va
kredit operatsiyalari yoritilgan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak
sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda.
Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida
takomillashib, bir qancha boshqa fanlarning vujudga kelishi uchun
metodologik asos bo‘lib xizmat qildi, chunki, ishlab chiqarishning kon-
sentratsiyalashuvi, korxonalarning yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining
kengayishi, iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi hisob ishlarini
8
takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, XVI-XVII asrlarda bux-
galteriya hisobiga bag‘ishlangan kitoblar Gollandiya, Fransiya, Angliya
kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada buxgalteriya Yer kurrasining
bir qismida emas, balki barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi.
Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlar XVIII asrda
paydo bo‘la boshlagan. Chet el adabiyotlari rus tiliga tarjima qilingan-
dan so‘nggina, rus olimlari ham bu fanga bag‘ishlangan asarlarni chop
etishga kirishganlar.
Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag‘ishlangan asarlari XIX
asrda paydo bo‘la boshlagan. Bunga V.S. Nemchinovning 1840-yilda
nashrdan chiqqan, ikki qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol qilib
keltirish mumkin. Bu kitobda savdo korxonalari hisobi tizimi batafsil
yoritilgan. Shundan so‘ng, asta-sekinlik bilan buxgalteriya hisobining
prinsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861-yilda
Klinchening «Qishloq xo‘jaligi buxgalteriyasi», 1863-yilda «Idora
bo‘limi yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F. V.
Yezerskiy o‘zining «Uch tizimli buxgalteriya» (1870-yil), P.I. Reynbot
«Fabrika schotchiligi» (1875-yil), A.V. Prokofyev «Ikkiyoqlama
buxgalteriya kursi» (1884-yil) kitoblari bilan kengaytirgan.
Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlarni
to‘g‘ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi, ammo ishlab chiqarishning
takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erkin raqobatning vujudga
kelishi, buxgalteriya ma’lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g‘ri
tushuntirish zaruratini tug‘diradi. Bu esa, o‘z navbatida, tahlil element-
larining vujudga kelishini taqozo etdi, chunki «tijorat sirini» takomil-
lashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statis-
tika fani javob berishga qiynalib qolardi.
Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini
yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini
chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa
hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi,
aynan shu hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos
bo‘lgan.
Tahlilning elementlari birinchi marta 1880-yildan chiqa boshlagan
«
Счёт
o
в
o
дств
o» jurnalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlil-
ning ba’zi elementlari mavjud bo‘lgan – «Balansshunoslik» fani paydo
bo‘lgan. Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga esa asos bo‘lgan,
chunki, o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi, asosan, buxgal-
9
teriya balansida ifoda etilgan. Balans ma’lumotlariga korxonaning mab-
lag‘i yoki ular manbayining ma’lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi,
lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo‘layotganligi, ularga qaysi
omillar ta’sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib
boradi, bu esa balansdagi ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilish zaruratini
vujudga keltiradi.
Jamiyatda ishlab chiqarish taraqqiyotni rivojlantirish bilan bir
qatorda iqtisodiy krizislar va raqobatni ham vujudga keltirdi. Bu borada
mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etgan:
«...davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini va uning
mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, bank-moliya
tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor vazifa bo‘lib
qolmoqda.
2010-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi
va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom ettirish va chuqur-
lashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-
2012-yillarga mo‘ljallangan. «Inqirozga qarshi choralar dasturi» ni so‘z-
siz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror
sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’min-
lashdan iboratdir».
1
Bunday sharoitda har bir korxona faoliyatining moliyaviy barqa-
rorligi, undagi «tijorat siri» muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sharoitda
buxgalteriya balansi ma’lumotlari yetarli bo‘lmay qoladi. Buxgalteriya
balansi bilan birgalikda boshqa ko‘rsatkichlarni ifodalaydigan hisobotlar
ham vujudga kela boshladi va tahlilning ko‘lami kengaydi. Shu
vaqtgacha faqat buxgalteriya balansi tahlil qilingan bo‘lsa, endi unga
boshqa hisobotlar tahlili ham qo‘shilib «hisobot tahlili» vujudga keldi.
Shu tarzda tahlil shakllanib, rivojlanib bordi va mustaqil fan sifatida
shakl topdi.
Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga
xos bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi
tarixi bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi
va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l
bilan iqtisodiy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Tahlil fani
rivojlangunga qadar bir qancha evolutsion yo‘llarni bosib o‘tdi. Mazkur
evolutsion yo‘l orqali tahlil fani bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan
1
И
.
Каримов
. «
Асосий
вазифамиз
–
ватанимиз
тараққиёти
ва
халқимиз
фаровонлигини
янада
юксалтиришдир
».
Т
.: «
Ўзбекистон
» 2010
й
. 55-56
б
.
10
o‘zining evolutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan
atalgan. Dastavval, xo‘jalik subyektlarining, asosan, balans ma’lumot-
larini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois, tahlil fani «Balans-
shunoslik» deb yuritila boshlangan, ya’ni balansni o‘rganuvchi, tahlil
etuvchi fan deb qaralgan. Bu evolutsion rivojlanish yo‘llari quyidagi
ketma-ketlikda ko‘rsatib o‘tilgan. (1-chizma).
1-chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |