I bo‘lim. Iqtisodiy tahlil nazariyasi



Download 372,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana17.07.2022
Hajmi372,79 Kb.
#817548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil nazariyasi I bob. Iqtisodiy tahlilning mazmuni,

Induksiya 
– alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya’ni qo-
nunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalarni aks ettiradigan) o‘tish 
usulidir. 
Deduksiya 
– fikrlarni umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usuli, 
bunda
umumiy tasnifdagi qonunlar, bog‘liqliklar xususiy tasnifga o‘tka-
ziladi. 
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalarni ham xususiy, ham 
umumiy jihatlari o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqarilib, amaliyotga 
tatbiq etiladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari 
(dialektika, analiz, sintez, induksiya va deduksiya) iqtisodiy-tahlil fanida 
ham iqtisodiy voqea va jarayonlarning o‘rganish asosini tashkil etadi. 
Iqtisodiy tahlil aytib o‘tilgan umumiy usullar va xususiy jihatlar bilan 
birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalarni tadqiq qilish 
tizimiga ega bo‘ladi. 
 


15
1.2. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlilning tashkil 
topishi va rivojlanishi
Tabiat va jamiyatdagi hodisalar singari iqtisodiy hodisalarning ham 
tarkibiy qismlarini bilmay turib, ya’ni tahlil qilmay turib, ularni ilmiy 
jihatdan o‘rganib bo‘lmaydi. 
Analiz iborasi «analisys» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘laman», «hal 
etaman» degan ma’noni bildiradi. Binobarin, tahlil murakkab hodisa va 
predmetlarni tarkibiy qismlarga bo‘lish, ajratib qo‘yish asosida 
ko‘rsatkichlarni taqqoslash va o‘rganish demakdir. Ma’lumki, korxo-
nalarda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, faoliyatning sifat va miqdor 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
muvaffaqiyatlarni o‘rganish va uni 
takomillashtirishning qulay yo‘llarini belgilash - iqtisodiy tahlilni tashkil 
qilishning zaruriy shartlaridan biridir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilning roli keskin oshadi, 
chunki boshqarishda oldingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz 
kechilib yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi 
shakllanadi. Oldingi tahlil, asosan, reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, 
uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, har 
bir xo‘jalik subyekti o‘z faoliyatini mustaqil ravishda boshqaradi. Bu, 
o‘z navbatida, tahlilning rolini oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir 
subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, 
ularni amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. 
Iqtisodiy tahlil orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi hamda 
mamlakatning iqtisodiy salohiyati aniqlanadi. Bunda, tahlil uchun man-
ba bo‘lib, yig‘ma statistik ma’lumot asos bo‘la oladi. Xo‘jalik faoliyatini 
tahlil qilishdan maqsad korxona va birlashmalarning ish faoliyatiga 
obyektiv baho berish va xo‘jalik yuritishning samaradorligini yanada 
oshirishdan iboratdir. Bunday tahlil natijalari korxonaning xo‘jalik 
faoliyatini doimo nazorat qilib turishni, unga rahbarlik qilishda xatoga 
yo‘l qo‘ymaslikning oldini olishga xizmat qiladi. Xo‘jalik faoliyatini 
tahlil qilish quyidagi tamoyillarga amal qilgan holda amalga oshiriladi: 

ilmiy asoslangan tamoyil; 

obyektivlik tamoyili; 

tizimli va komplekslik tamoyili; 

operativlik tamoyili; 

umumiylik tamoyili. 
Iqtisodiy tahlilning vazifasi - ushbu bandlarda keltirilgan vazifalar 


16
bilan cheklanmaydi. Korxona faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil 
jarayonida uning hamma jihatlarini o‘rganish lozim. Shunday ekan, 
tahlil vazifasi ham ko‘p qirralidir. Tahlil jarayonida barcha kamchiliklar 
aniqlanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda esa aniqlangan kamchi-
liklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shu 
tariqa kamchiliklar bartaraf qilinib, xo‘jalik faoliyatining uzluksiz 
ravishda takomillashuvi va samaradorligi oshib borishi ta’minlanadi. 
Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi - bu korxonalar faoliyatida foyda 
miqdorini ko‘paytirishning to‘g‘ri va optimal yo‘llarini aniqlab berish-
dir. Agar korxona faoliyatida foyda miqdorining oshishiga narx-
navoning ko‘tarilishi yoki atrof-muhitga zarar yetkazish evaziga 
erishilsa, buni hech qachon korxona muvaffaqiyati deb bo‘lmaydi. 
Iqtisodiy tahlil oldida turgan muhim vazifalardan yana biri – bu korxona 
mehnat jamoasi faoliyatining iqtisodiy natijasini aniqlashdir. Tahlil 
qilish jarayonida tashqi va mehnat jamoasiga bog‘liq omillar ahami-
yatini o‘rganish lozim. Bunda erishilgan natijalarni me’yoriy yoki 
hisobot davri natijalarini taqqoslash bilan chegaralanib qolish kerak 
emas. Eng muhimi – mamlakat erishgan yutuqlari, raqobatbardosh 
mahsulot ko‘rsatkichlari va dunyo ilmiy-texnika darajasi bilan 
solishtirish muvaffaqiyatlar garovi ekanligini unutmaslikdir. 
Masalan, tahlilni quyidagi masshtablarda amalga oshirish mumkin: 
- xalq xo‘jaligi tahlili; 
- korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili. 
Xalq xo‘jaligi tahlilida iqtisodiyotning butun tarmog‘i, ayrim hu-
dudlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi, o‘sish darajasi va ular-
ning rivojlanishdagi o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlari o‘rga-
niladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob va hisobotni ikki qismga 
bo‘lish qabul qilingan: 
1. Boshqaruv hisobi. 
2. Moliyaviy hisob (umumbuxgalteriya hisobi). 
Shunga muvofiq iqtisodiy tahlil ham ikki qismga: moliyaviy va 
boshqaruv tahliliga bo‘linadi, o‘z navbatida, moliyaviy tahlil tashqi va 
ichki moliyaviy tahliliga, boshqaruv tahlili esa ichki boshqaruv tahliliga 
bo‘linadi. Tashqi moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti 
asosida, ichki moliyaviy tahlil buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda 
tezkor hisobotlar asosida olib boriladi. Ichki boshqaruv tahlili esa tezkor 
hisobotlar va boshqaruv hisoboti asosida olib boriladi. Iqtisodiy tahlil-


17
ning maqsadi bu korxonani hisobotlar orqali o‘tgan davrda, tahlil qilina-
yotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natija-
lari va moliyaviy holatiga baho berish hamda iqtisodiy tashxis 
qo‘yishdan iborat. 

Download 372,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish