I bob. Xorazmshohlar davlati



Download 45 Kb.
bet2/7
Sana17.05.2023
Hajmi45 Kb.
#939657
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
шамил

Kurs ishining vazifalari:
Arab manbalarida Xorazmning arab lashkarboshilari Salim ibn Ziyod va Umayya ibn Abdulloh tomonidan ikki marta boʻysundirilganligi toʻgʻrisida gapiriladi. Aslini olganda bu yerlarga ham Movarounnaxr shaharlariga nisbatan qilinganidek, talontoroj yurishlari uyushtirilib turilgan. Faqat 8-a. boshidagina Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi qoʻshinlar Xorazmni uzilkesil bosib oldilar. Qutayba xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini yaratgan va saqlab kelgan olimlarni qirib yuboradi va quvgʻin qiladi. Shuning uchun ham, arablargacha boʻlgan Xorazmshohlar davlati tarixiga oid yetarli yozma manbalar uchramaydi.
Arablarning shafqatsiz zulmi va quvgʻiniga uchragan xorazmshohning ukasi Xurzod tarafdorlaridan bir guruhi Bulon boshchiligida 712-y. dan 730-y. gacha Xazar xotsonligi hududlariga koʻchib, mustahkam oʻrnashib, bu yerda ular armiya, davlatni boshqarish ishlarini oʻz qoʻllariga oldilar. Ular harbiy mavqelarini mustahkamlab, Kavkazda arablar egallagan yerlarga xavf sola boshlaydilar.
Bu davrda Urganch voliysi va Xorazmshohlar davlati xalifalikka toʻgʻridantoʻgʻri boʻysunib, har qaysisi alohidaalohida xiroj toʻlab turishgan. Xorazmshohlar davlati hukmdorlari oʻz mavqelarini mustahkamlash uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirishgan. 751-y. xorazmshoh Shaushfirning elchilari Xitoyga kelganligi haqida maʼlumotlar sakdanib qolgan.
Kuchli larzalardan tushkunlikka uchragan Xorazmshohlar davlati 9—10-a. larda Arab xalifaligining yemirilishi tufayli ketmaket Oʻrta Osiyo va Sharqiy Eronda paydo boʻlgan yirik mustaqil davlatlar tohiriylar, safforiylar va somoniylar qoʻl ostida boʻlgan.
Tarixiy va arxeologik maʼlumotlarga qaraganda 10-a. oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlana boshlaydi. Bunga shaharlarning oʻsishi dalil boʻla oladi. Agar, Tabariy 712-y. da Xorazmda uchta shahar boʻlganligini koʻrsatib oʻtsa, Istaxriy 10-a. boshlarida Xorazmda shaharlar soni oʻntaga yetganligini koʻrsatadi. 985-y. larda esa, Makdisiyning yozishicha, Xorazmdagi shaharlarning soni oʻttiz ikkitaga yetgan. Arxeologik qazilma vaqtida topilgan kulolchilik mahsulotlari bu shaharlarda hunarmandchilik tez rivojlanganligidan darak beradi. Arab manbalariga qaraganda, 10 — 11-a. larda Xorazm yirik savdo markaziga aylangan. Xorazm savdogarlari, hoz. Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrnidagi dashtlarda yashovchi aholi bilan Volga boʻyidagi Xazariya va Bulgʻor podsholigi hamda Sharqiy Yevropadagi slavyan olami bilan keng koʻlamda savdo ayirboshlash ishlarini olib borgan. Sharqiy Yevropa savdoning oʻsishi natijasida X. d. ning shim. gʻarb tomonidan eng chekka istehkomi boʻlgan Urganch Xorazmda bu savdoning birinchi ahamiyatga ega boʻlgan markaziga aylangan. «Hudud ulolam» muallifining taʼrificha, «Gurganj» qad. zamonda Xorazm mulklari jumlasiga kirgan shahar boʻlib, endilikda uning alohida podshosi bor. Shahar podshosini «Gurganj miri» deb ataydilar. Uning alohida boʻlib ajralib chiqishini — mamlakatning iqtisodiy jihatdan gurillab oʻsishi, Volga boʻyi bilan boʻlgan savdo aloqalarining rivojlanishi hamda siyosiy tarixiy sharoit bilan bogʻlangan holda tushunish mumkin.
10-a. ga oid yozma manbalarda qayd qilinishicha, xorazmliklar qoʻshnilari oʻgʻuzlar &n muvaffaqiyatli jang qilib turgan. Xorazmliklar Xazar xoqonligida muhim rol oʻynaganlar, xoqon qoʻshinlaridagi asosiy qism ulardan iborat boʻlgan. 992-y. somoniy Nuh ibn Nasr oʻz poytaxti Buxorodan mahrum boʻlib, Amul (Chorjoʻy) ga qochadi va shu yerdan turib istilochilarga qarshi kurashni uyushtirmoqchi boʻladi. Xorazmning ikkala hokimi unga yordamga keladi. Nuh ularning koʻrsatgan yordami uchun Xurosondagi ikkita yirik mulkini taqdim qiladi: xorazmshoh Abu Abdulloh Muhammadga Obivardni, Urganch amiri Maʼmun ibn Muhammadga Niso sh. ini beradi. V. V. Bartold koʻrsatib oʻtganidek, Nuh Xurosonning itoatsiz hokimi Abu Aliga qarama qarshi shunday ish qilgan edi. Shunisi qiziqki, Abu Ali Nisoni hech qanday qarshiliksiz Maʼmunga topshiradi, lekin Abu Abdulloh yuborgan vakillarni Obivardga kiritishdan bosh tortadi. Gardiziynint hikoya qilishicha, isyonkor Abu Ali 995-y. bahorida Nuhning vassali va lashkarboshisi sifatida harakat qilgan Sabukteginning lashkarlaridan yengilgach, dastlab Rayga qochadi, soʻngra Nishopurga qaytishga harakat qiladi. Sabukteginning oʻgʻli Mahmudning qoʻliga tushadi va uncha katta boʻlmagan guruh bilan Xorazmga Maʼmunning panohiga qochadi.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish