I bob. Xorazmshohlar davlati


Mo’g’ul bosqini arafasida Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-siyosiy holati tarixshunosligi



Download 45 Kb.
bet5/7
Sana17.05.2023
Hajmi45 Kb.
#939657
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
шамил

Mo’g’ul bosqini arafasida Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-siyosiy holati tarixshunosligi.


Qadim zamonlardan sivilizatsiya o‘choqlaridan bo‘lgan Xorazm tarixi bilan nafaqat mamlakatimiz tarixchilari, balki dunyo tarixchilari shug‘ullanib kelishgan va qator yirik ilmiy tadqiqotlar yaratganlar. Lekin o‘rta asr Xorazm tarixi fanda juda kam o‘rganilgan. Vaholanki, Xorazm hududida, umuman Markaziy Osiyo hududida o‘rta asrlarda dunyo ahamiyatiga molik bo‘lgan buyuk voqealar ro‘y bergan va ular ko‘plab manbalarda aks ettirilganiga qaramay, bu asarlar hozirgi kunda o‘zbek tiliga tarjima etilmagan, tahlil qilinmagan va o‘rganilmagan. Ana shunday kam tadqiq etilgan muammolardan biri bu Xorazmshohlar davlati tarixidir.
Ziyo Buniyodov “Gosudarstvo Xorezmshaxov-Anushteginidov (10971231)” (Anushtegin – «Xorazmshohlar davlati») asarida Xorazmshohlar davlatining shakllanishi, tashkil topishi, xorazmshohlar taxti uchun kurash, xorazmshohlar davlatinining yuksalishi va gullab-yashnashi, xorazmshohlar davlatining harbiy tuzilishi, davlat va saroydagi lavozimlar, tanga va pul muomalasi, madaniy hayot to‘g‘risidagi keng ko‘lamli ma’lumotlar beradi.
Muhammad bin Muayyad Bag‘dodiyning “Kitob at-tavassul ila tarassul” asarida 1182-1184 yillarga tegishli Xorazmshoh Tekesh hukmdorligi davri hujjatlari jamlangan. Ular orasida Tekeshning 1183 yilda G‘iyosiddin G‘uriyga yuborgan maktubi ham bor.
Qoraxitoyliklarning 1141 yilgi g‘alabasi Saljuqiylarni zaiflashtirib tashladi. Saljuqiylar mag‘lubiyatning yana bir omili Xorazmning siyosiy markazi sifatida ko‘tarilib chiqqani bo‘ldi. Xorazmni saljuqiylar hukmronligidan ozod etish uchun izchil kurashganlardan biri Qutbiddin Muhammad Otsizning o‘g‘li (1127- 1156)y edi. Otsiz bo‘lajak Xorazm shohlarning buyuk davlati asoschisi edi. (Eron saljuqlari XII asr o‘rtalarida boshlab nomigagina hukmron edi. 1156 yili saljeqiylar davlati sultoni Sanjar 3 yillik asrlikdan so‘ng poytaxtga qaytib keldi va bir yildan so‘ng vafot etdi. Uning o‘limidan so‘ng Fors va Ozarbayjonda mustaqil davlatlar vujudga keldi. Xalifalikning markaziy Bog‘dod o‘z hokimiyatini tikladi. Bu jarayon Xorazmshohlar mavqeini tikladi. Shoh Olovuddin Takash (1172-1200) qoraxitoyliklarga soliq berishdan bosh tortdi. U o‘lpon yig‘ish uchun Xorazmga kelgan qoraxitoyliklar elchisini qatl ettirdi. 1196 yilda Xorazm va Bog‘dod xalifaligi o‘rtasida bo‘lgan jang Xorazmliklar g‘alabasi bilan tugadi. Biroq xalifalik dindorlarga suyanardi va shu bois Takash janglar yordamida keng hududlarga ta’sirini o‘tkazishga urindi. Lekin, mamlakat ichida o‘ziga mustahkam tayanch topa olmadi.
Takashning munshiysi (shaxsiy kotib) Muhammad Bog‘dodiy “At- tasviriy ila-t-t-tarssul” (muhim nomlar bitish yo‘l yo‘riqlar) asari asosida o‘sha davrdagi ahvolni tasvirlaydi va Xorazmshoh Takashning Sirdaryo viloyat noibi Jaidga topshirig‘ini keltiradi. Unda shoh noibga aholining turli tabaqalari bilan to‘g‘ri munosabatlarni quyidagicha o‘rnatishni beradi:

  1. Saidlar (Muhammad avlodidan) kamchilik ko‘rmasligi, ularning ehtiyoji va tabarrukligi darajasidan kelib chiqqan holda ta’minlanishlari lozim;

  2. Imom va ulamolar qonunlaridan kelib chiqqan holda sovg‘a salom va turli imtiyozlarga sazovor etilishlari lozim;

  3. Qozi va boshqaruvchilar qonunga rioya etib, adolatni talab qilishlari kerak;

  4. So‘fi va ularga yaqin kishilar shunday ta’min etilsinlarki, toki ular engilmas davlatimiz uchun bemalol duo o‘qisinlar;

  5. Obro‘li oqsoqollarga g‘amho‘rlik qilib turish kerak.

  6. Noibga bo‘ysinuvchi amaldor va sarkardalarga qat’iy boshchilik qilish, aholini talamasliklari uchun haqini o‘z vaqtida berib turishlari kerak;

  7. Hudoga ishonuvchilarni qo‘llab quvatlash va ularga aholini hulqini kuzatib yurishni topshirish lozim.

Bu asarning to‘la tavsifini birinchi bo‘lib tarixchilardan A.A.Simyonov bergan. U Niso viloyati bilan bog‘liq bir qator hujjatlarni tarixchilik nuqtai nazaridan tadbiq etdi. Niso viloyatlari o‘z feodallar mavqei kuchli bo‘lgan Xorazmshohlar davlatini janubiy hududlari hayotida katta siyosiy ahamiyatga ega edi.
Xorazmshohlar davlatida asosiy lavozimlar qanday bo‘lganligi rasmiy hujjatlarda aytib o‘tilgan. Saljuqiylar imperiyasida bo‘lgani singari xorazmshohlar davlatida vazir, qozi, mustafiy oliy lavozim hisoblangan. XII asrdagi vakil va mushrif atamalari bir qadar o‘zgargan. “Caroy vakili”dan tashqari “xususiy devon vakili” ham eslatib o‘tilgan. Vakil pul tizimini nazorat qilgan. Provensiyalarda bunday vaziaalarni mushriflar bajarishgan. Vazirlik boshliqlari tumanlarda ham o‘z ta’sirini ham o‘tkaza olgan. Faqat tumandagi vazirlar oliy buyruq bilan tayinlangan. Ayniqsa viloyatlardagi noiblar katta vakolatlarga ega bo‘lishgan. Saljuqiylar davlatiga qarama-qarshi o‘laroq, Xorazmshohlar davlatida harbiy lavozim – Jondarning ahamiyati katta edi. Hujjatlarda Takash nomidan yozilishicha, jondor – “gvardiyadagi eng ta’sirli kishidir”. U hatto sulton chiqargan o‘lim jazolarini ham ijro etgan.
Barcha tarixshunoslarning asarlarida dastlab mo‘g‘ullar bilan xorazmshohlar davlati o‘rtasidagi elchilik, savdo aloqalari batafsil berilgan. Tarixshunos olimlar mo‘g‘ullarning xorazmshohlar davlatini bosib olishini manbalar asosida yoritishga harakat qilgan Juvayniy, Jurjoniy, Nasafiy, Ibn al-Asir, Roshiddinlar yozib qoldirgan ma’lumotlarni solishtiradi. Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Xorazmshoxlar davlatidagi siyosiy vaziyat, o‘zaro ichki nizolar, Turkon xotun bilan Sulton Muhammadning o‘zaro munosabati atroflicha yoritilgan. Muhammad Xorazmshoxning keyingi ahvoli, O‘tror va boshqa qator shaharlarning bosib olinishi tarixshunoslikdagi asosiy ob’ekt bo‘lib hisoblanadi.
Takashdan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Sulton Muhammad (1200-1220) o‘tirdi. U 1206 yildan Movaraunnaxrni qoraxoniylardan ozod qilishga kirishdi, 1210 yilda Talos vodiysida qoraxitoylar mag‘lubiyatga uchratildi va Ettisuvga qadar bo‘lgan hududlar Xorazmshohlar davlatiga o‘tdi. Uning hukmronligi boshlarida Xorazm buyuk davlatga aylandi. Ammo Xorazm davlatining inqirozi ham aynan sulton Muhammad davrida yuz berdi.
Muhammadning g‘arbddagi birinchi muvafaqqiyatsizligi arab xalifasidan hutbaga uning nomini kiritishni talab qilganligida edi. Xalifa dunyoviy hokimiyat xorazmshoh foydasiga bo‘lishini rad qildi. Bunday istak Takash davrida ham bo‘lgan edi. Muhammad ushbu maqsadda Bog‘dodga xorazmlik qozi mujjir ad-din Umar bin Said (bu nom tarixchi Nasafiy ma’lumotidan olingan) boshchiligidagi elchilarni yuborgan. Bog‘dod hukumati buni qat’iyan rad qiladi. Ular ham xorazmshoh huzuriga shayx Shaxobiddin Suqravirdini yuborgan. Juvayni va Nasafiyning ma’lum qilishicha, shayx sulton saroyida qabul qilingan. Ammo unga yuksak hurmat bildirilmagan. Shayx unga payg‘ambarning hadislarini kiritishni taklif qilgan. Sulton unga rozilik bildirsa-da, quyidagicha javob bergan; ”Men turkiy xalq bo‘lsamda arab tilini yaxshi bilmayman. Ammo hadisning ma’nosini har qanday holatda ham tushunaman”. Shayx boshchiligidagi elchilar o‘z maqsadlariga erisha olmadilar. Faqat ikkala tomon hukmdorlari o‘rtasidagi dushmanlik kuchayib borgan.
Xorazmshoh 1217 yil Eronda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Shu yili qish faslida qo‘shini Hamadondan Bog‘dodga yo‘l oldi. Gurjistondagi qor bo‘ronlari ta’sirida sultonning qo‘shini muvofaqqiyatsizlikka uchradi. Qolgan bir qismi kurtlar tomonidan yo‘q qilingan. Kichik bir qisim Muhammad huzuriga qaytib keldi. Xorazmshohning muvaffaqiyatli holatiga qattiq zarba bo‘ldi. Xalq buni muqaddas tizimga shak keltirish deb ham baholagan. Ibn al-Asrning ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, Muhammad ko‘chmanchilarning Movarounnahrga bosqinchilik qilishidan xavfsirab sharqqa qaytgan. Ammo bir necha bor xalifaga dushmanlik munosabatidan voz kechmagan.
1218-yil fevral oyida Nishopurda Nosirning ismi hutbadan chiqarilganligi, halifa Nosir vafot etganligi e’lon qilindi. Marv, Balx, Buxoro, Saraxsda ham bu ma’lumotlar keng yoyilgan. Ammo Xorazm, Samarqand, Hirotda bu haqida gapso‘z tarqalmagan. Nasafiyning ma’lumot berishicha, Muhammad o‘zining bu muvaffaqiyatsizligidan so‘ng Bog‘dod bilan kelishish yo‘llarini izlagan. Sulton bilan uning onasi o‘rtasidagi nizolar bilan bog‘liq holatda bu, ya’ni jamoatchilik fikrini o‘zgartirish juda ham muhim edi. Harbiy tabaqalar va din arboblarining ko‘pchiligi sultonni onasi tarafga o‘tib ketdilar.
Tarixshunoslarning deyarli barchasi, avvalo Xorazmshohlarning davlatini umumiy ahvoliga e’tibor qaratishgan. Xorazmshohlar imperiyasi yanada kengayib Sirdaryodan Iroqi Arabga cho‘zilgan ulkan hududga ega bo‘ldi va o‘sha davr islom olamining eng qudratli davlatiga aylandi. Biroq shunday qudratga ega bo‘lgan sulton Alovuddin Muhammad o‘z davlat mehanizmiga tamomila hukmron bo‘la olmadi. Mo‘g‘ullar istilosi arafasida xorazmshohlar davlatida o‘ziga xos ierarxiya ikki hokimlik tizimi vujudga kelgan; mutloq hukmdor deb Muhammad hisoblanardi. Ikkinchi tarafdan u o‘z onasi Turkan xotunning itoatkori edi.
Tarishunoslikda tadqiqotchilarning bu boradagi qarashlari deyarli bir xil ko‘rinishga egadir. Turkan xotun esa davlatning ichki va tashqi ishlarida ikkinchi hukmdor, ayrim masalalarda hatto sultonga muxolif ham edi. Xorazmshohning ko‘pincha buyruq va farmonlari ko‘pincha qudratli Turkan xotun tomonidan bekor qilinar va hech qanday kuchga ega bo‘lmay qolardi.
Shahobiddin an-Nasafiy shunday yozgan; “Xorazmshoh onasiga qarshi chiqolmas edi. Kichik ishlarda ham yoki jiddiylarida ham, ahamiyatsizlarida . Bu ikki sababga ko‘ra edi. Birinchisi – farzandning burchi bo‘lsa, ikkinchi va eng asosiysi-mamlakatning barcha amirlari onasining urug‘idan ekanligi edi”.




  1. Download 45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish