I bob. Xorazmshohlar davlati


Kurs ishining tuzilishi va hajmi



Download 45 Kb.
bet3/7
Sana17.05.2023
Hajmi45 Kb.
#939657
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
шамил

Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ish kirish, 2 ta bob, 4 ta paragrf, xulosalar va adabiyotlar ro`yxatidan iborat.



  1. BOB. XORAZMSHOHLAR DAVLATI

1.1.Xorazm davlatining oʻrta asr yodgorliklari
Xorazmshohdar davlati: Xorazm davlatining oʻrta asr yodgorliklari. 1. Qavat qalʼa saroyi ichki devorlarining alebasterdan ishlangan bezaklari. 2. Qavat qalʼa saroyining naqshinkor eshigidagi bezak. 3. Qavat qalʼa va vohaning boshqa yodgorliklaridan topilgan tosh va sopol qozon parchalari. 4. Tegirmontosh parchalari (Qavat qalʼa). 5. Metalddan ishlangan bezaklar (Zmushxir). 6. Sopol idishlar (Norinjon). 7. Sirlangan sopol buyumlar (Zmuxshir).
Maʼmun oʻzining azaliy dushmanini qatl qilishga buyuradi. Xorazmning ikkala qismini oʻz hokimiyati ostida birlashtirib, xorazmshoh unvonini oladi.
Shu tariqa 995-y. da afrigʻiylar sulolasi barham topib, maʼmuniylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. TTTu davrdan boshlab Gurganj (Koʻhna Urganch) Xorazmshohlar davlatining poytaxti boʻlib kelgan. Maʼmuniylar sulolasida 3 ta shoh davlat hokimiyatini boshqargan: Maʼmun ibn Muhammad (995—997), Ali ibn Maʼmun (997—999), Maʼmun ibn Maʼmun (999—1017). 10-a. oxiri — 11-a. boshlarida Oʻrta Osiyodagi ogʻir siyosiy vaziyatga qaramasdan qisqa vaqt hukmronlik qilgan maʼmuniylar sulolasi X. d. ni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdi.
Maʼmuriy jihatdan bu davlat viloyatlarga, viloyatlar esa, shahar va qishloklarga ajratilib boshqarilgan. Ular davrida Xorazmda davlat boshkaruvining ancha takomillashgan tizimi vujudga keldi. Xorazmshoh davlatning oliy hukmdori, hokimi mutlaq hisoblangan. Gurganjda shoh saroyi qoshida markaziy boshqarma — devonxona tashkil etilib, uning tarkibida ziroat, savdotijorat, moliya, soliq ishlari, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar va boshqa davlat ahamiyatiga ega vazifalar bilan shugʻullanadigan mahkamalar boʻlgan. Saroyning eng yuqoriʻlavozimlaridan biri vazirlik lavozimi boʻlib, u xoʻjayibuzruk (bosh xoʻja) unvoniga ega boʻlgan. U devonxona ishlariga javob bergan, katta safar paytida podsho nomidan davlatni idora qilgan. Maʼmuniylar davrida Xorazmshohlar davlatida ilmfan, madaniyat ravnaq topib, Xorazm Maʼmun akademiyasi tashkil qilindi. Unda xizmat kilgan buyuk qomusiy olimlar, allomalar oʻzlarining ajoyib kashfiyotlari va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeini oʻz davri va keyingi davrlar uchun yuksak darajaga koʻtardilar. Biroq bu madaniy yuksalish uzoq davom etmadi. 1017-y. da Xorazm Mahmud Gʻaznaviy tomonidan zabt etidsi. Shu bilan maʼmuniylar sulolasiga chek qoʻyildi. Mahmud Gʻaznaviy oʻz sarkardalaridan biri Oltintoshni xorazmshoh lavozimiga tayinlaydi. Oltintoshlar sulolasidan ham 3 ta xorazmshoh hukmronlik qilgan.
Markaziy Osiyoda paydo boʻlgan Saljuq turklari bilan gʻaznaviylar oʻrtasida nizo chiqib, 1040-y. da Dandanakon sh. yonida ular oʻrtasida qattiq janglar boʻlib, Saljuq turklari gʻolib chiqadilar. Ular gʻaznaviylar mulkini qoʻlga kiritib, Xorazmni ham qaram qiladilar. Oltintoshlar sulolasining soʻngti vakillari saljuqiylar qoʻlida turli lavozimlarda xizmat qilganlar, lekin ularga xorazmshoh unvoni berilmagan.
Xorazmni 1040-y. dan Saljuq sultonlari tomonidan tayinlangan hokimlar boshqargan. Ana shunday turk hokimlaridan biri anushteginiylar sulolasi asoschisi Anushtegin Garchoi (1077—97) edi. 1097-y. da Anushtegin vafotidan keyin Xuroson noibi Dodbek Habashiy uning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097—1127)ni Xorazm noibi qilib tayinlab, unga xorazmshoh unvonini beradi. Qutbiddin Muhammadning adolatli va sadoqatli xizmati evaziga Sulton Sanjar (111857) uning oʻgʻli Otsiz (112756)ni Xorazm taxtiga tayinlaydi. Dastlab, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan Otsiz 1130-y. lar oxirlarida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, mustaqil Xorazmshohlar davlatini tuzishga harakat qilib, uning bilan tinimsiz urush olib boradi. Otsiz vafotidan keyin taxtga oʻtirgan El Arslon (1156—72) mahalliy hokimlar va qoraxitoylarga qarshi kurash olib bordi. Uning vorislari Sultonshoh Muhammad (1172) va Alouddin Takash (1172—1200) hokimiyat uchun 1193-y. ga qadar oʻzaro kurash olib bordilar. Takash oʻz vorisi Muhammad Xorazmshohga (1200—20) markazlashgan mustahkam davlat va tashkiliy jihatdan qudratli qoʻshinni meros qoldirgan boʻlsa, uning oʻz soʻzlari bilan aytganda, oʻgʻli Jaloliddin Manguberdi (1220—31)ga parokanda saltanatni meros qilib qoldirdi. 1231-y. da Jaloliddin Manguberdi vafoti bilan xorazmshoh unvoni hamda saltanatni boshqargan sulolalar ham yakun topadi. Sulton Shohruxning Xorazmdagi noibi amir Shohmalik (1413—26) umrining oxirigacha Xorazmshoh unvonini oʻzida saqlagan.
Shuningdek, uning oʻgʻli Nasriddin Sulton Ibrohimga ham meros tariqasida xorazmshoh unvoni oʻtgan. U Abulxayrxon tomonidan Xorazmdan quvilganiga qadar xorazmshoh deb atalgan. Bundan keyingi Xorazm hukmdorlaridan hech biri bu unvonga ega boʻlmagan.
12—13-a. boshlari Xorazm davlatchiligining rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Bu davrda Xorazmda anushteginiylar sulolasidan chiqqan hukmdorlar Otsiz, Takash va Sulton Muhammad Xorazmshohlar mamlakatni boshqarishning yanada mukammal tizimi, tartiboti va uslublarini yaratganlar. Saltanatning eng oliy lavozimi vazirlik boʻlib, ular Sadr, Xoʻjayibuzruk va Nizomulmulk (mulkning tayanchi) unvonlari bilan yuritilgan. Vazir faqat oliy hukmdor oldida xisobdor boʻlgan. Saltanatning barcha amaldorlari va harbiy boshliqlar ham vazirga itoat qilganlar, uning oldida hisobdor boʻlganlar.
Sulton Muhammad Xorazmshoh oʻz podsholigining soʻnggida saroyda yana bir oliy mahkama, yaʼni vakillar Kengashi nomi bilan yuritilgan davlat Kengashi taʼsis etadi. Kengash ishida oliy hukmdordan boshqa yana tajribali, bilimli 6 ta vakil ishtirok etadi. Davlat kengashida eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilingan.
Xorazmshohlar davlatida ulugʻ hojib, amir oxur, amir shikor, mutasarrif, toshtdor, qissador, davlatdor, farrosh, amir ulalam kabi yuqori lavozimlar ham boʻlgan.
Xorazmshohlar davlatida davlat hokimiyati markazlashgan va takomillashgan boshqaruv tizimiga ega boʻlgan. Mahalliy va markaziy hokimiyatning keng vakolatli mahkamalari yordamida mamlakat idora qilingan. Davlatning mahalliy hokimiyat organlari markaziy hokimiyatning kuchli nazorati ostida boʻlgan.
Katta hududda markazlashgan yirik siyosiy birlikning vujudga kelishi tufayli davlatning siyosiy mavqei ortdi, unda hunarmandchilik va savdosotiq rivojlandi, shaharlar yuksaldi. Xoʻjalikning turli sohalaridagi oʻsish umumiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun omil boʻldi. Poytaxt Gurganj yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Shaharlar rivoji uchun savdo, ayniqsa, xalqaro savdo muhim oʻrin tutgan. Xorazm davlatining savdo karvonlari nafaqat oʻz hududi boʻylabgina emas, balki undan tashqariga, jan. da Hindistonga, gʻarbda Arabiston va Yevropaga qatnagan.
Xorazmshohlar davlati tarkibiga kiritilgan xududlardagi bir qancha shaharlarda ilmmaʼrifat, madaniyat yuksaldi. Movarounnaxr, Xuroson, Fors, Ozarbayjon va Iroq oʻlkalari oʻrtasida madaniy aloqalar kuchaydi. Ushbu davrning taniqli olimlari jumlasiga Rashididdin Votvot, Ismoil Isfahoniy, Toqir Faryobiy, Abulfayz Axsikatiy, Sayfuddin Buxoriy, Abulmajid Jandiy, Ali Hijoziy, Ismoil Jurjoniy, Ali Xorazmiy, Abulhasan Xorazmiy, Najib Bakron, Maxmud alChagʻminiy, Fariduddin Attor, shayx Najmiddin Kubro, Muhammad Axsikatiy, Abdulloh arRoziy, Mahmud Samarqandiy, Masʼud Xoʻjandiy, Mahmud Zamaxshariy, Abdulkarim asSamʼoniy va b. ni kiritish mumkin. Ularning ijodiga nazar tashlar ekanmiz, oʻsha davrda ilmfan ham tabiiy, ham ijtimoiy sohalar boʻyicha rivojlanganini koʻramiz.


    1. Download 45 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish