3-bosqich: Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
Suhbat
|
31 min
|
4-bosqich: Mavzuni mustahkamlash
|
Takrorlash, mustahkamlash
|
S – J
|
15 min
|
5-bosqich: Baholash
|
Rag`batlantirish (5 ballik reyting)
|
S – J
|
15 min
|
6-bosqich:Uyga vazifa
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Suhbat
|
5 min
|
DARSNING BORISHI
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomadni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash
O`tilgan mavzuni takrorlash: Konpyuterda buyumlarni loyihalash.
Savollar: 1. Angishvona nima uchun kerak? 2. Angishvona korpusiga qopqoq yana qanday usullarda mahkamlanishi mumkin? Uyingizdagi angishvonani sinchiklab o‘rganing va uning chizmasini bajarishni shaxsiy kompyuteringizda mashq qiling. Angishvonadagi yarim aylanali chuqurchalar nima uchun yasalgan? A. Igna barmoqqa sanchilmasligi uchun. B. Bezak uchun. C. Ignani oson itarish uchun. D. Mustahkamlash uchun.
3. Yangi mavzu: Qurulish chizmachiligida fasad, plan, qirqim bajarish qoidalari.
Mavzuning matni: Qurilishda, asosan, loyiha chizmalariga binoan ish tashkil qilinadi. Loyiha topshirig`i asosida texnik loyiha chizmalari ishlab chiqiladi:1) qurilish uchastkasining bosh plani; 2) binoning plani; 3) qirqimlari; 4) fasadlari. Bosh plan. Bosh plan asosiy loyiha hujjati hisoblanadi va u landshaft dizayni talabiga muvofiq loyihalanadi. Unda ajratilgan obyekt hududining shakli, binolarning joylashuvi, hududning boshqa hudud bilan va bosh ko`chaga qanday tutashganligi ko`rsatiladi. Bosh planda shimol (Sh) va janub (J) ni, shamolning ko`proq esish tomonini ko`rsatuvchi belgilar qo`yiladi.
Binoning plani. Binoning plani deb uning gorizontal tekislikdagi tasviriga aytiladi. Unda xonaning deraza tokchalaridan biroz yuqoriroqdan fikran o`tkazilgan tekislik bilan qirqilganda hosil bo`ladigan qirqim tasvirlanadi. Planda bino xonalarining joylashishi, eshik, deraza, ko`p qavatli binolarda zinapoya, mo`rkonlar, sanitariya-texnika jihozlari ko`rsatiladi. Asosiy ko`taruvchi, ya’ni qirqimga tushgan devorlar tutash yo`g`on chiziqda, qolgan bino elementlari ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Binoning qirqimi. Qirqim deb, binoning profil tekislikdagi vertikal qirqimiga aytiladi. Unda binoning devorlari konstruksiyasi va xonalarning balandliklari, poydevor, ko`p qavatli binolarda zinaxona, birinchi qavat poli, qavatlararo yopma, chordoq va uning yopmasi, karniz, tomning nishablari ko`rsatiladi. Binoning fasadi. Binoning olddan qirqim qo`llanilmagan tasviri fasad deyiladi. Fasadlarni bino plani va qirqimiga qarab tasvirlash qabul qilingan. Fasadda binoning old tomonidan tashqi ko`rinishi tasvirlanadi. Fasadda yer sathi, deraza, eshik, tom va boshqa balandliklar belgilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |