II BOB. TTXILARNI JALB QILISHDA MALAYZIYA STRATEGIYASINING TAHLILI VA ISTIQBOLLARI
2.1 Malayziyaga TTXI larni jalb qiluvchi omillarni ahamiyatini baholash modeli
Malayziya iqtisodiyotining hozirgi holatga yetishida va uning jahon xo’jaligida mustahakam o’rin egallashida TTXIlarning ahamiyati katta. Dastlabki o’rganishlar shuni ko’rsatadiki, moliyaviy bozor rivojlanishi, bozor hajmi, davlatning infratuzilmani rivojlantirishdagi xarajatlari, iqtisodiy ochiqlik, real valyuta konvertatsiyasi, soliqlar va inflatsiya darajasi mamlakatga TTXI kirib kelishiga muhim ahamiyatga ega bo’lib hisoblanadi. 1991-2010-yillar mobaynida Malayziyaga kirib kelgan TTXIlarning kirib kelishida moliya bozorning rivojlanishi va iqtisodning bozor hajmi muhim o’rin egallagnini mutaxasislar ta’kidlab o’tishadi. Shuni hisobga olib, Malayziya hukumati TTXI jalb qilishning boshqa omillaridan ko’ra, moliyaviy bozorni yanada rivojlantirish va bozor hajmiga asosiy e’tiborini qaratgan. Malayziyaning iqtisodiy rivojlanish tarixiga e’tibor qaratadigan bo’lsak 1965-yilda “Federal Sanoat Rivojlanish Organi (Federal Industrial Development Authority)” nomli hukumat muassasasi o’z nomini “Malayziya Sanoat Rivojlanish Organi “Malaysian Industrial Development Authority” ga o’zgartiradi va TTXI larni Malayziya iqtisodiyotiga jalb qilish bo’yicha ilk qadam qo’yildi. 1968-yilda hukumat bir qancha moliyaviy imtiyozlarni o’z ichiga qamrab olgan ekportni qo’llab quvvatlovchi TTXI lar uchun “Investitsiyalarni rag’batlantirish dasturi”ni e’lon qildi. Malayziya TTXI oqimini jalb qilish orqali nafaqat yangi turdagi texnologiyalarni o’zlashtirishga, balki sezilarli iqtisodiy o’sishga ham erisha oldi. Shuni hisobga olgan holda Malayziyaga TTXIlarni jalb qilishda muhim rol o’ynagan omillarning ahamiyatini baholashga harakat qilamiz17.
Moliyaviy bozorning rivojlanishi va TTXI kirib kelishi modeli. TTXI malayziyada ishlab chiqarish sohasini rivojlanishida muhim manba bo’lib, asosiy e’tibor mahsulotlar eksportiga qaratildi. Ushbu tadqiqotimiz 1970-2010-yillar oralig’ida Malayziyaga TTXI jalb qilishda asosiy turtki bo’lgan omillarni baholashdan iborat.
Iqtisodiyotning bozor hajmini TTXIlarga ta’siri. Qabul qiluvchi mamlakatning ichki bozor salohiyati, iqtisodiy holati va mavjud talabi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Bozor hajmi TTXI jalb qilishdagi asosiy determinat yoki muhim omil sanaladi. Chunki TTXI larni kirib kelishida yangi bozorlarni o’zlashtirish muhim sanaladi. Yirik bozorga ega bo’lgan mamlakatlarga katta hajmdagi investitsiyalar oqimi kirib keladi. Bozor hajmining muhimligi bir qator empirik kuzatuvlar natijasi o’z isbotini topgan. TTXI asosiy xususiyatlaridan biri bu ular yuqori texnologiyalarni mamlakatga olib keladilar va keyinchalik mahalliy ishlab chiqaruvchilar yangi texnologiyalarni o’zlashtirish imkoniga ega bo’ladilar.
Davlatning infratuzilmaga qilgan xarajatlari va valyuta kursini TTXIlarga ta’siri. Ko’plab mutaxasislarning fikricha mamlakatda infratuzilmani yaxshilanishi iqtisodiy o’sishning muhim omili sanaladi. Infratuzilma xarajatlarining 1 % ga o’sishi ham TTXIlarga xususan iqtisodiyotga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat infratuzilmasining 1 % ga yaxshilanishi o’rtacha yillik TTXI larni mamlakatga kirib kelishiga 2.6% atrofida ta’sir ko’rsatadi. Transmilliy kompaniyalar avvalo o’zining kompaniyalarini tashkil eishda mamlakatdagi infratuzilmaning rivojlanish darajasiga muhim e’tibor qaratadi. Bir so’z bilan aytganda, mamlakatdagi infratuzilmaning rivojlanish darajasi TMKlarning joy tanlovida asosiy o’rin egallaydi18.
Valyuta kursi o’zgarishini ko’radigan bo’lsak, uzoq va qisqa muddatda har xil ta’sirga ega. Valyuta munosabatlariga ko’ra kuchsiz valyutaga ega bo’lgan mamlakatlarga odatda kam miqdorda investitsiyalar kiritiladi. Demak, valyuta kursining keskin o’zgarishi TTXI kirib kelishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bazi bir tadqiqotchilarning fikricha real valyuta kursining qadrini oshishi TTXIlarning kirib kelish oqimiga ijobiy ta’sir etishi ham mumkin. Ushbu holat Malayziyada kuzatilganligi ahamiyatga molik. Demak o’zgaruvchan valyuta kursi ham TTXIlarning kirib kelishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Malayziya TTXIlarning kirib kelishi va iqtisodiy ochiqlik darajasi. Iqtisodiy ochiqlik darajasi TTXI larning kirib kelishiga ta’sir etuvchi muhim omil(determinant) hisoblanadi va ularning kirib kelishida muhim ahamiyat kasb etadi. TTXIlar bevosita eksport hajmi va uning o’zgarish tendensiyasiga bog’liq bo’ladi. Bunga misol sifatida 2009-yil jahon inqirozi natijasida Malayziya eksport hajmining qisqarishi TTXIlar hajmiga keskin ta’sir ko’rsatdi. Natiajada Malayziya Osiyoda TTXIlarni qabul qiluvchi birinchi o’ntalik mamlakatlari qatoridan chiqib ketdi. Bu holatni ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan 2009-yilgi inqiroz natijasida yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan sohalarga, moliya va xizmatlar sohasiga investitsiyalar yo’naltirila boshlandi holbuki o’sha davrda Malayziyaning investitsiya qabul qiluvchi sohalarining asosiya qismi xizmatlar sohasi emas balki, ishlab chiqarish sohalari tashkil qilar edi. Ikkinchi sabab sifatida Hindiston, Xitoy, Singapur, Vetnam, Gong kong kabi Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi raqobat hisoblanadi. Malayziyani TTXIlarni qabul qilish bo’yicha olib borgan siyosati iqtisodiyotning birlamchi va ikkilamchi sektorida ancha liberal edi. Xalqaro Savdo va Sanoat vazirligi (Ministry of International Trade and Industry) asosiy hukumat organi bo’lib, TTXI larni jalb qilishda muhim o’rin egallaydi. Malayziya Investitsiyani rivojlantirish organi (MIDA) ushbu vazirliknnig asosiy tizimi bo’lib, Malayziya iqtsodiyotiga TTXIlarni jalb qilishda muhim o’rin egallaydi. ASEAN doirasidagi “Erkin savdo hududi” (AFTA), va Jahon Savdo Tashkilotining imtiyozlariga qaramasdan o’rganilayotgan davrda Malayziyaga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi kamayganligini kuzatishimiz mumkin. Bunga asosiy sabab sifatida Malayziya iqtisodiyotining kapital sig’imi yuqori mamlakat ekanligi bo’lib, bu borada boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar ilmiy izlanishlarga asoslangan ishchi kuchi yuqori mamlakatlar hisoblanadi19.
Korporatsiyalarga solig’ini TTXI lar kirib kelishidagi o’rni. Korporatsiyalar uchun belgilangan solig’lar darajasi bevosita TMKlarning kirib kelishida muhim omil hisoblanadi. Ya’ni tashkil qilinadigan korxonalar bevosita kompaniyalarning qarorlarida asosiy aniqlovchi hisoblanadi. Buni ishchi ish joyini tanlashda daromad solig’ni hisobga olishga o’xshaydi. O’rganish jaroyonida TTXIlarning Malayziyaga kirib kelishida korporatsiya solig’larining ahamiyatini baholashga xizmat qiladi.
Inflyatsiya darajasini TTXIlarning kirib kelishiga ta’siri. Ma’lumki past inflyatsiya darajasi mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim ko’rsatkichlardan biri sanaladi. Shu nuqtai-nazardan xorijiy investitsiyalarni kirib kelishida ham bu ko’rsatkich muhim ahamiyatga ega. Yuqori inflyatsiya darajasi mamlakatda monetary siyosatda muammolar mavjudligini bildirib, bu borada monetary sektorda zaruriy islohotlarni amalga oshirish zaruratini tug’diradi. Demak, past inflyatsiya darajasi yoki boshqariladigan inflyatsiya mamlakatga investitsiyalar jalb qilishda sezilarli ta’sirga ega.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |