Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni jalb qilishga ta’sir etgan omillarning korrelatsiyasi
Pearson korrelatsiya jadvali
|
|
Parametrlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
Moliyaviy bozor rivojlanishi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Iqtisodiyotning bozor hajmi
|
0,755
|
|
|
|
|
|
|
|
Davlatning infratuzilmaga xarajatlari
|
0,694
|
0,922
|
|
|
|
|
|
|
Real valyuta kursi
|
-0,282
|
0,255
|
0,286
|
|
|
|
|
|
Iqtisodiy ochiqlik
|
-0,208
|
-0,343
|
-0,075
|
0,374
|
|
|
|
|
Korxonalar uchun soliq miqdori
|
-0,569
|
-0,791
|
-0,777
|
-0,101
|
0,555
|
|
|
|
Inflatsiya darajasi
|
-0,213
|
-0,321
|
0,084
|
-0,379
|
-0,136
|
0,377
|
|
|
TTXI ko'rsatkichi
|
0,758
|
0,507
|
0,399
|
-0,341
|
-0,287
|
-0,375
|
0,137
|
|
Manba: Attracting foreign direct investment: The case of Malaysia, Medwell Journal 2015
Yuqoridagi korellatsiya jadvalini tahlil qiladigan bo’lsak, Malayziyaga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilishda moliyaviy bozorni rivojlanish darajasi muhim ta’sirga ega bo’lganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. TTXIlar va Moliyaviy bozornining rivojlanish darajasi o’rtasidagi korrelatsion bog’liqlik darajasi 0.758 koeffisient darajada bo’lib, ular o’zaro to’g’ri proporsional bog’liqlikka ega ekanligi ni kuzatishimiz mumkin.
Iqtisodiyotning bozor hajmiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, TTXIlarning Malayziya iqtisodiyotiga kirib kelishida bozor hajmi ham yetakchi ahamiyat kasb etganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. TTXIlar va bozor hajmidagi korrelatsion bogliqlik darajasi 0,507 koeffisient darajada bo’lib, bu sezilarli ta’sir mavjudligidan dalolat beradi. Bunda eksport hajmini ham hisobga olish e’tiborga molik bo’lib mamlakat eksport hajmining yuqori ekanligi, jahon bozoridagi o’rni ham investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat uchun ijobiy holat sanaladi. Chunki investor biror bir mamlakatga investitsiya kiritar ekan avvalo, u ishlab chiqaridagn Tovar yoki xizmatini qaysi bozorlarda sotish imkoni mavjud ekanligini baholaydi. Malayziya misolida mamlakat iqtisodiyotining bozor hajmi sezilarli ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmoqda.
Hukumatning mamlakat infratuzilmasini yaxshilash uchun sarf xarajatlari bevosita TTXIlarning Malayziya iqtisodiyotiga kirib kelishidagi ta’siri 0.399 koeffisientda bo’lib, ta’sir darajasi o’rtachadan past ekanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Ya’ni, davlatning infratuzilmaga qilgan bir birlik xarajatlari natijasida mamlakat hududiga 0.399 birlik miqdorida investitsiya kirib keladi. Demak, Malayziya hukumatining infratizilmani rivojlantirish uchun sarflagan xarajatlari TTXIlarning kirib kelishi to’g’ri proporsional ta’sirga ega bo’lgan, ammo sezilarli ta’sir ko’rsatmagan.
Real valyuta kursining o’zgarishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, real valyuta kursining o’zgarishi Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni kirib kelishiga teskari proporsional bo’lib, -0,341 koeffisient darajadagi teskari bog’liqlikka ega bo’lgan. Bunda milliy valyuata kursining pasayishi Malayziyaga TTXIlarni kirib kelishiga past darajada ta’sirga ega bo’lgan.
Iqtisodiyotning ochiqlik darajasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bu yerda deyarli korrelatsion bogliqlik mavjud emasligini ko’rishimiz mumkin. TTXIlar bilan ochiqlik darajasining bog’liqligi -0,287 koffisientda bo’lib, ushbu omil TTXIlarnin jalb qilishda deyarli ahamiyatga ega bo’lmagan hisoblash mumkin.
Korxonalar uchun belgilangan soliq miqdoriga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bunda ham TTXI larning kirib kelishini rag’batlantirishda soliq miqdorining o’zgarishi deyarli ta’sir ko’rsatmaganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. Bunda o’zaro TTXIla va korxonalar uchun belgilangan soliq miqdoriga korrelatsiyasi -0.375 koeffisent bo’lib, teskari proporsional ekanligi ahamiyatga molik.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, past yoki boshqariladigan inflyatsiya darajasi mamlakatga TTXIlarning kirib kelishini rag’batlantirishi mumkin. Ammo Malayziyada inflyatsiya darajasini TTXIlarning kirib kelishiga ta’sirini baholaydigan bo’lsak, bunda sezilarli ta’sirni kuzatmaymiz va koefisient 0.137 koeffisient bilan eng kam bog’liqlik darajasini ko’rsatib turibdi.
Demak, 1991-2010 yillar mobaynidagi tadqiqot natijasiga ko’ra Malayziya iqtisodiyotiga TTXIlarni jalb qilishda moliyaviy bozorning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotning bozor hajmi sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Shuningdek hukumatning infratuzilmaga bo’lgan xarajatlari ham qisman ta’sir ko’rsatganligining guvohi bo’ldik. Shuni hisobga olgan holda Malayziya hukumati, TTXI jalb qilishni yanada rag’batlantirish maqsadida ushbu sohalarga e’tiborni qaratgan. Ushbu tadqiqot natijasiga Malayziya Iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi ikkita muhim omillar aniqlandi, ammo bu omillar faqat Malayziya iqtisodiyoti uchu xos ekanligini e’tiborga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |