I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan o’rni 8



Download 379,95 Kb.
bet12/48
Sana24.09.2021
Hajmi379,95 Kb.
#183722
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
I bob. Ttxi larning nazariy asoslari va jahon xo’jaligida tutgan

1.3-rasm. Jahon iqtisodiyotida TTXIlarning rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlariga kiritilishining o’zgarish tendensiyasi (mlrd. AQSH dollari)

Yuqoridagi 1.3-rasmdan ko’rinib turibdiki, rivojlangan va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarga TTXIlarning oqimi sezilarli darajada kamayib borgan. Biroq bu borada rivojlanayotgan mamlakatlar yetakchilikni qo’lga olib bormoqdalar. Rasmdan ko’rinib turibdiki, Jahon TTXIlar oqimining 55 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar tomon yo’nalgan. Bu esa rivojlanayotgan davlatlar uchun TTXIlarni qabul qilish bo’yicha tarixiy yuqori ko’rsatkichga erishganligi bilan ahamiyatga molik. Agar rivojlanayotgan mamlakatlarning o’ziga e’tibor qaratadigan bo’lsa, rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni qabul qilishda o’sish mavjud bo’lsa, bu borada Lotin Amerikasi mamlakatlarida kamayish tendensiyasini, Afrika hududida esa o’zgarmasdan qolganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. UNCTADning hisob kitoblariga ko’ra 2015-yilda TTXI oqimi 1.4 trln AQSH dollarini tashkil qiladi 2016 va 2017-yillarda esa mos ravishda 1.5 va 1.7 trln AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu o’sishning asosiy sabablari AQSHning iqtisodiy o’sishi, investitsion liberallashuv bilan izohlanadi.

2014-yilda TTXIlarning rivojlangan mamlakatlarga kirish oqimi 28 foizga kamaydi va 499 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu borada AQSHga alohida e’tibor qaratish zarur. 2014-yilda AQSHga kiritilgan TTXI 2013-yilga nisbatan 40 foizga kamayganligini va 92 mlrd. AQSH dollarini tashkil etganligini aytib o’tish lozim. Bunga asosiy sabab sifatida “Vodafon” kompaniyasining AQSHdan chiqib ketishi keltirish mumkin. Qolgan sohalarda AQSH investitsiyalar oqimini qabul qilishda barqaror sur’atlarga ega. Yevropa iqtisodiyotiga to’xtaladigan bo’lsak, 2014-yilda TTXI hajmining kirib kelishi 11 foizgacha kamaygan va 289 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Irlandiya, Belgiya, Fransiya, va Ispaniya davlatlariga investitsiyalarning kirish oqimi kamaygan bo’lsa, Buyuk Britaniya, Shvetsariya, Finlandiya davlatlarida esa investitsiyalarni qabul qilishda o’sish ko’rsatkichi mavjud12. (1.1-ilova)

Xitoy 2013-yilda TTXIlarni qabul qilish bo’yicha 2-o’rinni egallagan bo’lsa 2014-yilga kelib, 129 mlrd. AQSh dollari bilan birinchi o’ringa chiqib olgan. AQShga TTXIlar hajmining keskin tushishi yuqorida aytib o’tganimizdek Vodafon kompaniyasi bilan uzviy bog’liq.

O’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda davom etayotgan turli xildagi to’qnashuvlar, sanksiyalar va boshqa omillar natijasida ushbu mamlakatlarga investitsiyalar oqimi 52 foizgacha kamayishiga olib keldi va 48 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Birgina Rossiya iqtisodiyotiga kiritilgan TTXI hajmi 70 foizga qisqarganligini va 21 mlrd. AQSH dollarini tashkil etganligini kuzatishimiz mumkin.

2014-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga TTXI oqimi 2 foizga o’sgan va 681 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Bu esa tarixiy eng yuqori daraja ekanligi ahamiyatga molik. Rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlari bevosita bu o’sishni ta’minlab bergan bo’lsa, Lotin Amerikasi va Karib dengiziga investitsiyalar oqimi kamayganligini kuzatish mumkin. Afrika davlatlarida esa bu ko’rsatkich deyarli o’zgarishsiz qolgan. TTXI oqimi qabul qilish bo’yicha Osiyo 9 foizga o’sgan va 465 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Bu o’sishni esa bevosita Sharqiy Osiyo, Janubiy-sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari ta’minlab bergan. Osiyo mamlakatlari orasida Xitoyga alohida to’xtalib o’tish lozim. 2014-yilda Xitoy iqtisodiyotiga jalb qilingan TTXI hajmi 2013-yilga nisbatan 4 foizga o’sgan va 129 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan va asosiy investitsiyalar xizmatlar sohasiga yo’naltirilgan. Singapur va Gong Kongda ham bu borada o’sishni kuzatishimiz mumkin. Shuningdek Hindiston sezilarli o’sishga erishdi, ya’ni TTXI oqimi 22 foizga o’sdi va 34 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Biroq G’arbiy Osiyo mamlakatlari TTXI qabul qilishda haligacha pasayish tendensiyasiga ega bo’lib, 2014-yilda investitsiyalar hajmi 4 foizga kamayib, 43 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bunga asosiy sabab sifatida ushbu hududlardagi siyosiy barqarorlik va xavfsizlik masalalarini keltirishimiz mumkin.

TTXI oqimini Lotin Amerikasi mamlakatlari va Karib dengizi hududiga kirishi oxirgi 4 yilgi o’sish tendensiyasidan so’ng, 2014-yilga kelib 14 foizga kamaydi va 159 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Ushbu pasayish bevosita Markaziy Amerikada va Karib dengizi mamlakatlarida huddudida xorijiy mamlakatlar mulklarini (M&As) ni kamayganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, Janubiy Amerikadagi past mahsulot narxlari ushbu hududga investitsiya oqimini kirishiga to’sqinlik qilgan. Meksika, Venesuela, Argentina, Kolumbiya va Peru mamlakatlarida TTXI oqimining kirishi kamaygan bo’lsa, o’z navbatida, Chili davlatida mulklarni(M&A) sotish hisobiga o’sish tendeniyasi mavjud. Braziliyada esa birlamchi sohaga investitsiyalrning kirish oqimi pasaygan va o’z navbatida sanoat sohasida o’sgan, natijada TTXIlarni qabul qilishning umumiy hajmi o’zgarmagan va 2013-yildagi miqdorda saqlanib qolgan13.

Afrika mamlakatlari hududiga TTXIlar oqimining kirib kelish hajmi 2014- yilda ham 2013-yildagi ko’rsatkich saqlanib qolgan va 54 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Shimoliy Afrika hududlarida xorijiy investitsiyalar oqimi 15 foizga kamaygan va 12 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan. Janubiy Sahariya cho’lida joylashgan mamlakatlarda esa investitsiyalar kirib kelishi esa 2014-yilda 2013-yilga nisbatan 5 foizga oshgan va 42 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Janubiy Afrika hududlarida esa bu ko’rsatkich 10 foizga qisqardi va 13 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Bunga asosiy sabab sifatida davlatlardagi hududdiy notinchliklar sabab bo’lmoqda. Janubiy Afrikaga investitsiyalarning kirish oqimi ham 2 foizga pasaygan va 11 mlrd. AQSH dollariga yetgan. Bunga teskari ravishda 2014-yilda Markaziy va Sharqiy Afrika davlatlariga kiritilgan TTXI investitsiyalar hajmi mos ravishda 33 va 11 foizni tashkil qilgan va 12 va 7 mlrd. AQSH dollarni tashkil qilgan14.

Ko’plab hududiy va iqtisodiy guruhlarga va integratsion birlashmalarga tegishli mamlakatlar bo’yicha qaraladigan bo’lsa, 2014-yilga kelib, TTXI hajmining kamayganligini kuzatishimiz mumkin. Ko’plab mamlakatlar guruhi, masalan, Transatlantika savdo va investitsiya hamkorligiva Trans-Tinch okeani hamkorligi kabi mamlakatlar guruhining jahon investitsiyalar oqimidagi ulushini keskin kamayganligini ko’rishimiz mumkin.

E’tiborli jihati shundaki, Jabubiy-sharqiy Osiyo mamlakarlari (ASEAN) mamlakatlari hamkorligi va Hududiy iqtisodiy hamkorlik(RCEP) kabi mamlakatlar guruhining jahon investitsiya oqimidagi ulushini mos ravishda 5 va 4 foizga o’sganligini kuzatishimiz mumkin. Quyidagi 1.4-rasmda TTXIlarni alohida hududlar va mamlakatlar guruhi bo’yicha qabul qilish hajmi va jahon investistsiyalar oqimidagi ulushi keltirilgan:



Manba: World Investment Report 2015: Reforming International Investment Governance




Download 379,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish