15-mavzu. To`Lov balansi. Valuta kursi



Download 112,03 Kb.
bet1/13
Sana14.06.2022
Hajmi112,03 Kb.
#670330
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
15-MAVZU. TO`LOV BALANSI. VALUTA KURSI

15-MAVZU. TO`LOV BALANSI. VALUTA KURSI

(2 soat)


Reja:
15.1. To`lov balansi tushunchasi, makroiqtisodiy roli, tuzish tamoyillari.
15.2. Joriy operatsiyalar balansi.
15.3. Kapital harakati va moliyaviy operatsiyalar balansi.
15.4. To`lov balansining tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqadorlik.
15.5. To`lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish.
15.6. Valuta bozori. Valuta ayirbosh zarurati.
15.7. Valuta bozorida muvozanatning kichik mamlakat modeli.
15.8. Valuta kursi. To`g`ri, bilvosita va teskari kotirovka.
15.9. Xarid qobilyati pariteti.
15.10. Makroiqtisodiy siyosatning muvozanatli valuta kursiga ta’siri.


Tayanch so`z va iboralar: to`lov balansi, joriy operatsiyalar hisobi, kapital harakati hisobi balansi, valyuta munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta bozori, konvertirlanadigan valyuta, nisbiy real foiz stavkalari, xarid qobilyati pariteti.

15.1. To`lov balansi tushunchasi, makroiqtisodiy roli, tuzish tamoyillari.
To`lov balansi — ma‘lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o`rtasida bo`ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo`nda ifodalab pul-kredit, valuta, budjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo`nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
15.1-jadval

Mamlakat to`lov balansining taxminiy ko`rinishi (raqamlar shartli)1


Moddalar nomi

Kredit (+) eksportdan tushumlar

yoki

Debet (-) import xarajatlar

yoki uchun

Sof kredit yoki sof debit

Joriy operitsiyalar xisobi










Tovarlar

+185




-260




-75

Tashki savdo balansining koldig`i









-75

Xizmatlar

+85




-97




-12

Investitsiyalardan daromadlar (foizlar va divedentlar)

+28




-20




+8

Transfert kurinishidagi pul
o`tkazmalari

+10




-18




-8

Joriy operatsiyalar buyicha balansning qoldig`i









-87

Kapital xarakatning hisobi










Investitsiyalar va boshqa o`rta va uzoq muddatli kapital

+150




-87




+63

Kapital harakati balansining qoldig`i









+63

Joriy operatsiyalar va kapital harakati buyicha balansning qoldig`i









-24

Rasmiy zahiralar (oltin, XFVdagi zahiralar)

+24








+24

Mamlakatning ma‘lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to`lov balansida o`z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valuta ayirboshlash va valuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi.
Shuning uchun ham to`lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to`lovlar ko`rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta‘minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to`lovlar va xorijiy valuta xarajatlari bilan bog`liq bo`ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya‘ni, u moddiy ne‘mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valuta bo`lishi mumkin.
To`lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo`linadi: joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog`liq operatsiyalar (15.1-jadval). Shunga ko`ra to`lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat: 1. Joriy operatsiyalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi.
Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya‘ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko`rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valuta ishlab topib, mamlakat valuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida mamlakat valuta zahirasini kamaytiradi.

Download 112,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish