Kapital xarakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar. Xorijga aktivlarni sotish valuta zahirasini ko`paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valuta tushumlarini ko`rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldig`i mamlakatda kapital ko`payishini bildirsa, uning salbiy qoldig`i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.
Avval aytib o`tilganidek, joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital harakati balansi o`zaro chambarchas bog`liq. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-87) katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha musbat qoldiqqa ega bo`lsa, kapital harakati hisobi balans bo`yicha manfiy qoldiqqa yo`l qo`yilgan bo`ladi.
Shunday qilib, balansning bu ikki bo`limi bir-biri bilan tenglashib boradi.
To`lov balansi qoldig`i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi Biroq, amalda to`lov balansining bu qismida ham ko`pincha kamomad yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zahiralar deb ataluvchi xorijiy valuta zahiralariga ega bo`lib, bu zahiralar joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital harakati bo`yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda qo`llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zahiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi.
Rasmiy zahiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy zahiralarning o`sishi (-) esa to`lov balansining musbat qoldig`i miqdorini ko`rsatadi. Natijada uning barcha uch bo`limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valuta taklifini va unga mamlakatda bo`lgan talab tengligini bildiradi.
15.4. To`lov balansining tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqadorlik. Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o`zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn
S)+Xn=0 ( egiluvchan valuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan sharoitda), bu yerda: Sn – milliy jamg`arish;
(I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg`armalardan ortiqchaligini ko`rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig`ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko`ra joriy operatsiyalar va kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to`lov balansining joriy operatsiyalar bo`yicha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.