15.4-rasm. Budjet - soliq siyosatining 15.5-rasm. Importdagi real almashtirish kurslariga ta‘siri o`zgarishlarning eksportga ta‘siri4 Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo`yish uchun taklif qilinayotgan milliy valuta ko`payadi va (S-I) egri chizig`i o`ngga suriladi (15.4-rasm). Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko`payadi.
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig`ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon bo`ladi (15.5-rasm).
Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi.
Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta‘sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o`zgarmagan bo`lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam bo`ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi.
Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valuta kursi (En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o`sgan muvozanatli real valuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya‘ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko`tarilishiga javoban nominal valuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.
Nazorat uchun savollar 1. Valyuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib bering 2.Valyuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga solib turiladi? 3.Ichki va tashqi konvertirlash tushunchalariga izoh bering.
4. Valyuta kursi nima va uni qanday omillar belgilaydi?
5. Foiz stavkasi va valyuta kursi o’rtasida qanday bog’lig’lik bor?
6. Nominal va real valyuta kurslariga izoh bering.
7. Xarid qobilyati pariteti atamasining mohiyati nimadan iborat?
8. Real valyuta kursi makroiqtisodiy siyosat ta’sirida qay tarzda o’zgartiriladi va uning milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9.Protektsionizm siyosatining valyuta kursiga ta’sirini qanday
baholaysiz?
10.Valyuta kursi o’zgarishining yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta’siri mexanizmini tushuntirib bering.
1 Б.Е.Бродский. Макроэкономика. Продвинутый курс. М.: Магистр, 2012
2 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство ―Дело и сервис‖, 2013.
3 Djumaev Z.A. ―Makroiqtisodiyot‖ fanidan O‗quv-uslubiy majmua.-T.: TDIU.-2014 y.
4 Б.Е.Бродский. Макроэкономика. Продвинутый курс. М.: Магистр, 2012