Mos kelmaydigan qo’shimchalar
Ingliz tilidagi old qo’shimchalarning barchasini ham omonim bo’lgan ot, sifat, fe’l, ravish so’z turkumlariga qo’llab bo’lmaydi. Masalan: able so’ziga un- negativ affiksini qo’shib, sifat yasasa, ot shaklini in-(inability), fe’l shaklini dis-(disable) qo’shimchalari orqali yasaladi. Inkor qo’shimchalarni so’z turkumlarga qaysi turi mosligini quyidagi misollarda ko’rish mumkin:
Adjective
Unable
Unbalanced
Unstable
Noun
Inability
Imbalance
Instability
Verb
Disable
Unbalanced
destabilize
Yuqoridagi qoidaga istisno qilib shuni aytish mumkinki, ba’zi inkor qo’shimchalar bir nechta so’z turkumlarga qo’shila oladi. Quyidagi misollarda ko’rish mumkin:
Adjective
Incompetent
Incapable
Indecent
Malformed
Misinformed
Noncompliant
Abnormal
Amoral
Decomposed
Dishonest
Noun
Incompetency
Incapability
Indecency
Malformation
Misinformation
Noncompliance
Abnormality
Amorality
Decomposition
Dishonesty
Adverb
Incompetently
Incapably
Indecently
Abnormally
Amorally
Dishonestly
Verb
Misinform
To not comply
Decompose
Shu o’rinda, qo’shimcha qilib aytish kerakki, bitta so’zga turli ko’rinishdagi ba’zi negativ qo’shimchalar qo’shganda, bir xil ma’no ifodalamaydi. Masalan:
Misdiagnosed: noto'g'ri tashxis qo'yilgan,
Undiagnosed: umuman tashxis qo'yilmagan;
Misinformed: biror narsa haqida noto'g'ri ma'lumotga ega bo'lmoq,
Uninformed: xabardor qilinmaslik;
Inappropriate: mos kelmaslik,
Misappropriate: o'z foydalanishi uchun biror narsani insofsiz olish.
Quyidagi juftliklarning ma’nosi bir- biriga yaqin so’zlardir:
Unaffected: ta'sir qilmaydigan,
Disaffected: uzilgan;
Unbelief: ishonch yo'qligi,
Disbelief: biror narsaga ishonmaslik hissi;
Disinterested: shaxsiy his-tuyg'ularga ega bo'lmaslik yoki biror narsaga qiziqish yo’qligi,
Uninterested: qiziqmaslik;
Inability: qobiliyatning yetishmasligi,
Disability: insonning jismoniy yoki aqliy qobiliyatini cheklaydigan holat;
Irreligious: hech qanday dinga ishonmaslik yoki unga amal qilmaslik,
Unapproved: tasdiqlanmagan,
Disapproved: biror narsaga rozi bo'lmaslik yoki ma'qullamaslik.
Negativ affikslarni not inkor so’zi bilan ham almashtirib qo’llash mumkin: masalan:
Unintelligent – not intelligent
To defund (take away funding) – not funded (didn’t receive funding)
Impossible – not possible
Disagree – not agree
Completely unfazed – not fazed at all
Unreliable – not reliable
Shuningdek, ingliz tilida ba’zi prefikslar bilan boshlangan so’zlar borki, ular o’zak va qo’shimchalarga ajralmaydi. Masalan:
incline (egmoq)- not cline
indulge (bo’sh qo’ymoq)-not dulge
insist(talab qilmoq) - not sist
invoke(da’vat qilmoq)- not voke
alike(o’xshash) - not like
discuss(muhokama qilmoq) - not cuss
universe(koinot)- not iverse
Do'stlaringiz bilan baham: |