2.2. Ingliz tilida negativlik elementlarining affiks shakllari
Qadimgi ingliz tili gaplari qurilmasida bir vaqtning o'zida bir gap tarkibida bir nechta negativ elementlar ishlatilgan, uni polinegativlik qurilmasi deb atash mumkin. Polinegativlik qadimgi ingliz tilida “ne" inkor yuklamasining birikishi, inkor olmoshlari, inkor ifodalovchi ravishlar va inkor bog'lovchilar yordamida namoyon bo'lgan. Negativlikning ifodalanishida asosiy vosita inkor yuklama “ne" hisoblanib, u fe'ldan, olmoshdan yoki ravishdan oldin qo'llanilgan.
Ingliz tilidagi affikslar ustida jahon miqyosida juda ko’p tadqiqotlar qilingan va qilinmoqda. Ko’pgina tillar bilan qiyoslanib tarjima nazariyasi asosida o’rganilgan hamda samarali ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, juda ko’plab ilmiy ishlar qilingan. Masalan: Ika Karmilaning “The Influence of Studying Suffixes Towards the Students”, M.Knorkning “English negatives”, Stekauer, Pavol, Lieber, Rochellelarning “Handbook of Word Formation”, Mc.Charty, Carstairs Andrewlarning ‘An Introduction to English Morphology Words and their Structure”, A.M.Muhinning “Функциональный анализ синтаксических элементов (на материале древнеанглийского языка”, L.P.Shipulinaning “Oтрицательние повесвовательния предложения в английском языке XV-начала XVIII века”, shu jumladan, R.A.Lakoffning “Syntactic argument for negative transportation. In Semantic Syntax”, Bruno Cartonining “Negation and lexical morphology across languages: insights from a trilingual translation corpus” Victoria Hulsening “Productivity in morphological negation: a corpus-based approach”, I.V.Andreyevning “Grammatical category of negation in the modern english modern language” kitoblari tilshunoslik xazinasini boyitgandir. Bunday asarlarni juda ko’pini sanashimiz mumkin.
Hozirgi zamon ingliz tilida bo’lishsizlik tushunchasi suffikslar, prefikslar, inkor olmoshlar va ravishlar orqali ifodalanadi:
a)Negativlikning ifodalanishida eng mahsuldor usul-inkor yuklamasi “not". U gaplarda kesim o'rnida kelgan fe'l, ot, sifat, son kabilardan oldin yordamchi yoki bog’lama fe'llarga qo’shilishi bilan ifodalanadi:
I did not demagnetize it –Men uni magnitsizlantirmagan edim .
There was not any metals to shape differently-u yerda turli shakllarga soladigan metallar yo’q edi.
he could not get out of the mine for the third time –U uchinchi martasida shaxtadan chiqolmadi.
You have not had much practice .- Siz ko`p mashq qilmadingiz.
b)negativlikni ifodalanishning leksik usuli ham mavjud bo'lib, ular bo’lishsizlik (inkor) olmoshlar, ravishlar, bog'lovchilar yordamida ifodalanadi: no, neither…nor, no one, nobody, nothing, none, nowhere. Natijada, inkor olmoshlarini boshqa olmoshlar qatoriga qo’shish yoki ularni alohida olmosh qilib ajratish ham bahstalab masalalardan biriga aylandi. Masalan, L.N.Vinokurova “ …ingliz tilida inkor olmoshlarini alohida olmosh turi deb ajratish shartli ravishda bo'lishi mumkin”- deya ta’kidlaydi19.
c)affikslar yordamida ifodalangan negativlik kategoriyasi tilning leksik qatlamida uchrab, ular, asosan, leksik birliklarning antonimini namoyon qilish bilan gapning bo’lishsizlik (inkor) shakllarini ham ifodalaydi. Negativ affikslar morfologiyaning so’z yasalishi qismida keng o’rganiladi. So'z yasalishi holat yoki jarayonni anglatishi mumkin va uni diaxronik (tarixning turli davrlari orqali) yoki sinxron tarzda (vaqtning ma'lum bir davrida) ko'rish mumkin.
Ingo Plag so’zlarning yasalishini sxemaga solib o’rganadi:
Morfologiya
Inflektivlik(tuslanish) so’z yasalishi
derivatsion kompozitsiya
affiksli affikssiz
Do'stlaringiz bilan baham: |