I-bob. Menejment nazariyasining rivojlanishi


 Menejment qonun-qoidalari , prinsiplari va



Download 270,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana27.06.2022
Hajmi270,91 Kb.
#710412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
I-мавзу

1.4. Menejment qonun-qoidalari , prinsiplari va 
tamoyillari. 
Qonun
- bu ob’ektiv borliqda turli hodisalar kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari 
va mavjud bo‘lgan zaruriy bog‘lanish, munosabat. Masalan, ijtimoiy taraqqiyot 
qonunlari, muvozanat qonunlari va h.k. 
Qonun - bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy 
bo‘lgan ijtimoiy huquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida. 
Masalan, Konstitutsiya O‘zbekistonning asosiy qonunidir. To‘qqiz yillik majburiy 
ta’lim haqida qonun va h.k. 
Qonun - bu bajarilishi shart, majburiy bo‘lgan norma, qoida tusiga kirgan talab, 
topshiriq va shu kabilar, ya’ni jamiyatda, ijtimioy gypuh va shu kabilarda qabul 
qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat. 
Tamoyil
- mayl, moyillik, tendensiya. 
“Prinsip”
so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, asos, dastlabki, ya’ni xatti-harakat 
yoki faoliyatning asosiy qoidasi, rahbar g‘oya ma’nolarini bildiradi. Prinsiplarni 
menejment fanida amaliyotining poydevori deyish mumkin. 
Qonun va prinsiplarda menejmentning ob’ekti va sub’ekti o‘rtasidagi ob’ektiv, 
myhim, takrorlanadigan, nisbiy, typg‘yn, aniq, muayyanlik va mohiyat bilan 
umumiy bog‘lanish va aloqadorlik o‘z ifodasini topadi. Bu umumiy bog‘lanish va 
aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo‘nalishi va 
xususiyatini belgilab beradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, menejmentning qonun-qoidalari va prinsiplari faqat 
hamma uchun majburiy bo‘lgan norma, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali 
ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin (6-jadval). 
6-jadval 
Menejmentning prinsiplari 


№ 
Prinsiplar 
Izoh 



1. 
Demokratiyalash 
prinsipi 
Ishlarni ommani boshqarishga keng ko‘lamda jalb qilish, kengash va 
maslahatlar orqali bajarilishini talab qiladi. 
2. Ierarxiya prinsipi 
Boshqarshning pog‘onaligiga asolanadi. Bu bir tomondan, markaziy, ikkinchi 
tomondan esa, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati 
hamda boshqaruv idoralarining vazifalarini aniq belgilanishini talab qiladi. 
Samarasiz boshqaruv bo‘g‘ilari qanchalik ko‘p bo‘lsa, boshqaruv jarayoni 
shunchalik chigallashadi. 
3. 
Rejalashtirish 
prinsipi 
Boshqarish bo‘g‘inlari o‘rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini aniqlaydi, 
shartnomalarning bajarilishini tashkil qiladi va nazorat qiladi. 
4. 
Yakkahokimlik 
prinsipi 
Boshqarish tayinlangan shaxs tomonidan bajarilib, ynga boshqariladigan 
ob’ekt, uning mol-mulki, pul mablag‘lari ishonib toshiriladi. 
YAkkahokimlik boshqarishda qatiy tartib va mehnat intizomini ta’minlaydi. 
Bunda “Ko‘plashib muhokama qilmoq keragu, lekin mas’uliyat yakka bir 
kishida bo‘lmog‘i kerak” degan prinsip amal qiladi. 
5. Ilmiylik prinsipi 
Menejerlardan chuqur bilimni, o‘z sohasi bo‘yicha iqtisod, mantiq, puhiyat, 
matematika, chet tili, texnologiya kabi fanlarni yaxshi bilishni talab qiladi. 
SHu bilan birga, uning saviyali tashkilotchi, tashabbuskor, g‘oyalarga boy, 
izlanuvchan, bozor kon’yunkturasini yaxshi biladigan, tavakkal qilishdan 
qo‘rqmaydigan mytaxacsis bo‘lishini ham talab qiladi. 
6. 
Qayta aloqalar 
prinsipi 
Topshiriqni berishda “tushundinglarmi?” deb so‘rash etarli emas. Bunday 
savolga javobgar shaxsdan tasdiqlovchi javobni, topshiriqni to‘g‘pi 
tyshynganligini so‘rash kerak. 
7. 
Javobgarlik 
prinsipi 
Bu eng avvalo, boshqaruvchilarning javobgarligini nazarda tutadi. 
Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz rahbar korxona va 
xodimlarning sho‘ri. Menejer uchun huquqiy javobgarlik o‘ta yuqori bo‘lishi 
kerak. 
Shunday qilib, boshqarish prinsipi deganda, boshqaruv organlari va rahbarlari 
faoliyatining negizini tashkil etuvchi asosiy qonun-qoidalar tushuniladi. Boshqarish 
prinsiplari - bu boshqaruv amaliyotida ob’ektiv qonunlardan ongli foydalanish 
qobiliyati.
 
Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chyqur tarixiy ildizlarga ega. O‘zining 
ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo‘lgan Amir Temur saltanatidek buyuk 
davlat: ilmiylik; yakkahokimlik; ierarxiya; bilimdonlik; demokratiya
 
kabi prinsiplar 
asosida boshqarilgan.
 

Download 270,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish