Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan
usullarning hammasidan
uzviy bog‘liqlikda foydalanishni taqozo etadi.
1.3. Menejment nazariyasining evolyusion rivojlanishi
1.3.1. “Ilmiy” menejment maktabi talimotlari
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib,
Yu.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur
hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan.
Dastlabki paytlarda u oddiy
bo‘lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O‘sha davr menejerlari harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida, odamlarni jazo
bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni
qo‘llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji
boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda
samarali usuli, deb
qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo
etilganligiga ham Sohibqironning o‘z qo‘l ostidagilarga “Qo‘rquv
bilan umid
o‘rtasida ushlash” bo‘yicha boshqarishi sabab bo‘lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor - mulk egasi ishlab
chiqarishni o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning
oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada
kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX
asr chegarasida texnika va
texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni
murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus
bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning
maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv
cohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning
4.
Vaziyat
(situatsiya)li
yondoshuv
- Boshqariluvchi ob’ektning muayyan sharoitidagi
ichki va tashqi
vaziyatiga qarab boshqarishining ma’qul usuli qo‘llaniladi.
5.
Integratsion
yondoshuv
- Boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks,
tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo‘llash yordamida boshqariladi.
7.
Iqtisodiy-
matematik
yondoshuv
- Maqbul qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash
mashinalarini keng miqyosda qo‘llash.
8.
Kuzatish
usuli
- Boshqariluvchi ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy,
uyushtirilgan asosda to‘plash usuli.
9.
Eksperiment
(tajriba) usuli
- Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy
tajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash.
10.
Sotsiologik
kuzatuv usuli
- Boshqaruv maqsadida turli anketali so‘rovlar, suhbatlar, testlar,
infratuzumli tahlillarni o‘tkazish.
samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada, boshqaruv to‘g‘pisidagi
ilm-fan
vujudga keldi.
O‘sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi
to‘ptta yo‘nalish (maktab) evolyusion tarzda rivojlangan va o‘zining tegishli
hissasini qo‘shgan (3-jadval).
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: