Amir Temur-buyuk shaxs



Download 44,5 Kb.
Sana17.01.2020
Hajmi44,5 Kb.
#35202
Bog'liq
9-aprel senariysi

9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan o’tkazilgan “Amir Temur-buyuk shaxs” tadbiri Senariysi.
Bayramona bezatilgan sahna, hazin kuy ohangida ikkita boshlovchi chiqib keladi.

1-o’quvchi: Taxtingizga sizni bilganlar keldi,

Dinu islomdagi o’g’lonlar keldi.

Qalbi jur’atlarga to’lganlar keldi,

Assalomu alaykum Sohibqironim,

Poyingizni o’par mulki turonim.

1-boshlovchi: Tarixlarga ko’mdim men ham o’zimni,

Xalqim bergan ekan senga to’zimni.

Dedim tunlar tinglab qaro ko’zimni,

Bitarmikan hech dostoni o’zbekning.



2-boshlovchi: Oltin yoruq sochgan turkiy sadolar,

Xo’bi bitik toshidagi nidolar.

Bugun buyuk tilsim bo’lgan imlolar,

Kechmishlardan bir nishoni o’zbekning.



1-boshlovchi: Mag’ribga ham yetgan dunyo talashib,

O, Yildirim, holing nadir adashib?

Tarix ichra keldi doim adashib,

Goh tantana, goh armoni o’zbekning.



2-boshlovchi: Yunon keldi kulgi bo’ldi oqibat,

Mo’g’ul uning mulki bo’ldi oqibat.

Qolgan arab turkiy bo’ldi oqibat,

Bor Temurdek bir o’g’loni o’zbekning,

Amir Temur sharaf-shoni o’zbekning.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, zaminimiz, yurtimiz,

tariximiz bir bo’lgan yurtdoshlar.



2-boshlovchi: Aprel musiqa fan oyligi munosabati bilan o’tkazilayotgan “Amir Temur-buyuk shaxs” deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.

1-boshlovchi: Bayram tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktamiz rahbari hurmatli ustozimiz Abdurahmonova Manzura opa Muhammadjonovnaga beramiz. Marhamat.

2-boshlovchi: Amir Temur buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, yuksak iqtidorli notiq, ruhshunos, shu bilan birga el yurtini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson.

1-boshlovchi: Keling, moziyga bir nazar tashlaymiz.

1336-yil 9-aprel kuni Qashqadaryo vohasi, hozirgi

Shahrisabz, ko’hna Kesh bekligida Xo’ja ilg’or

qishlog’ida Amir Tarag’ay Barlos va Takinaxonim

oilasida farzand dunyoga keldi.

2-boshlovchi: Yoshi ulug’lar Olloh o’zingga shukr,

uni o’zing yubording, yomonlardan himoyasiz go’dakni

o’zing asra, deya duo qilishdi. O’sha kuni 1336-yil

9-aprel edi.



1-boshlovchi: Amir Temur mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o’z tug’i ostida birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi.

2-boshlovchi: Amir Temurning sa’y-harakatlari bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro singari shaharlarda qad ko’targan hashamatli imoratlarni aytmaysizmi? Ularning ba’zilari hozir ham bor va shaharlarimiz husniga ko’rk- bo’lib turibdi.

Davraga Amir Temur siymosidagi o’quvchi kirib keladi. Qo’lini ko’ksiga qo’yib, biroz ta’zim bilan:

-Biz kim, mulki Turon, Amiri Turkistonmiz!

Bizkim, millatlarning eng qadimi va eng ulug’i

Turkiyning bosh bo’g’inimiz!-deydi.

1-o’quvchi: Assalom, bobojon, buyuk sarkarda,

Qoshingizdan o’tib har subhidam chog’.

Siz esa hamisha tiksiz egarda

Sharqning o’rtasida turibsiz uyg’oq.

Tushimda saboq berasiz har tun,

Ismingiz-la til topdi go’daklar har tong.

El qaddin tikladi siz tug’ilgan kun

Yurakdan joy berdik, ey Sohibqiron!



2-o’quvchi:-Nechun axir ko’p yillar sizning

Nomingizni tilga ololmay keldik.

Sizday ulug’ zotdan o’girib yuzni,

Kim haqu, kim nohaq –bilolmay keldik.



Sohibqiron:

- Bunga aybdorlar sizga ma’lumdir-

Yashirmayman, bir to’da quyonyuraklar.

Yurt sha’ni, shavkati, tarixi emas,

Bir xovuch oltin yo amal keraklar.

Tarixda bo`lmasin qorani oqlash,

Tarixga zavol yo`q, tarix o`lmasdir.

Haqiqatni lozimdir doimo yoqlash,

Tarixdan tonganning baxti kulmasdir.

Ona xalqim sha’ni, shuhrati deya

Yurt tuzdim adolat tojini kiyib,

Yuragimda yondi birgina niyat,

Ko’rsatay shu yurtning qudratin yoyib.

1-o’quvchi: Bugun tasavvurlar o`zgardi tamom,

Mana, poyingizga yig’ilsak-da jam,

Sizning nomingizni bayroqdek tutib,

Istiqlol nash’asin totamiz bardam,

Madhingiz tillarda yangrar amirim,

Shu yurt deb birlashib yashamoqdamiz.

Baxtiyor zaminga otib tomirni

Qadamlarni dadil tashlamoqdamiz.



2-o’quvchi: Hush keldingiz, Mulki turon – o’z taxtingiz,

Shijoatli, hamon baland shaxtingiz.

Siznikidir bizning kulgan baxtimiz

Assalomu alaykum, Sohibqironim,

Shiddatli yillardan ulug’ bo`ronim.

Musiqiqy tanaffus.

1-o’quvchi:

“So’ylagin jonlarga olovlar yoqib,

Suhbatdoshing gavhar tergandek bo’lsin.

Lutfu-karamingga, zavqingga boqib,

Hazrat Navoiyni ko’rgandek bo’lsin!

Shunchaki bir millat emasmizku biz,

Iymoning tosh-metin qo’rg’ondek bo’lsin.

Sening suhbatingga burar chog’i yuz,

Hazrat Naqshbandni ko’rgandek bo’lsin!

Har kimda xalqining g’ururi, sha’ni,

Yov kiftida ari yurgandek bo’lsin.

Senga qarab sherni ko’rgandek, ya’ni-

Hazrat Boburbekni ko’rgandek bo’lsin!

Ko’ksingga tig’ urib etmasin yara,

Hezlansa, xudoyim urgandek bo’lsin.

O’tli ko’zlaringga, bastingga qarab,

Hazrat Temurbekni ko’rgandek bo’lsin!

1-boshlovchi: 1219-yildan 1370-yilgacha, Amir Temur

tug’ilganda yurtimiz mo’g’ullar iskanjasida edi.



2-boshlovchi: - 1361-yil. Amir Temur 25 yoshda. Ustozlari Shamsiddin Kulol, Sayyid Barakadan saboq olib, teran fikrlab, yuksak fazilatli, vaziyat mohiyatini tezda fahmlaydigan ziyrak yigit bo’lib voyaga yetdi.

1361-yildan mo’g’ullarga qarshi kurashga kirishadi.



1-boshlovchi: - 1365-yil. Tarixda Loy jangi bilan nom

qoldirgan jang Chinoz yaqinida Amir Temur va

Ilyosxo’ja o’rtasida bo’lib o’tadi. Jang paytida osmonni

qora bulut qoplab, yomg’ir yog’adi. Shuning uchun ham

ushbu jang tarixda “Jangi loy” deb muhrlanadi.

2-boshlovchi: - 1370-yil. Balx, hal qiluvchi jang va Amir

Temur g’olib. Qurultoy chaqiriladi. Amir Temur

Movarounnahr hukmdori etib tayinlanadi. O’sha kun,

9-aprel 1370-yil Temurbek 34 yoshga to’lgan edi.

Shu tariqa Temuriylar sulolasiga asos solinadi.

1-boshlovchi: -Amir Temurning Turk sultoni Yildirim

Boyazid bilan to’qnashuvi tarixda Anqara jangi nomi

bilan mashhur. Bu jang 1402-yil 20-iyulda Anqara

yaqinidagi Chibukobod mavzesida 3 kun davom etgan

bo’lib, Amir Temur g’alabasi bilan yakunlanadi.

Musiqiy tanaffus: Raqs

1-boshlovchi: Amir Temur hayoti davomida 5 narsaga e’tiqod qo’ygan va hamisha ularga amal qilgan.

OLLOH- ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang, istagan murodu maqsadingga yetkazadi.

TAFAKKUR- fikrlash va mushohada qobiliyati, quvvati hofizasi kuchli inson har qanday mushkulotni oson hal qilish yo’lini topadi.

QILICH- er yigitning yo’ldoshi, el –yurt osoyishtaligi ning posponi har qanday dushmanni mahv etish quroli.

IMON- ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Qarindosh –urug’lari, elu xalqning or-nomusini himoya qiladi. Halollik va poklikni fazilat biladi.

KITOB-barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o`rgatuvchi murabbiydir.



2-boshlovchi: Sohibqironni buyuk g’alaba bilan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III tabriklab, muboraknomalarini yuboradilar.

1-boshlovchi: - Aziz do’stlar, biz ana shunday buyuk

ajdodlarning avlodimiz. Biz bobolarimizga munosib

farzand bo’lib, ular boshlagan ishni davom ettirib, pok

ruhlarini shod etaylik.



2-boshlovchi: - Alp o’g’lonlar o’lkasi O’zbekiston bu,

Qalqonlari, qanotlari ilm istang,

Yarim jahon bunyod etgan sohibqiron

Amir Temur avlodlari, ilm istang.


1-boshlovchi: “Amir Temur-buyuk shaxs” deb nomlangan bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish