OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SHAXS VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI
|
|
|
KIRISH………………………………………
|
3-5
|
I.BOB. KOMMUNIKATIV TIZIMNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI.
|
6-17
|
1.1.
|
Kommunikatsiya tushunchasi va Ommaviy axborot vositalari: tarixi va buguni.......……………………….
|
6-11
|
1.2.
|
Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tarmoqlarning nazariy va amaliy tavsifi, inson ma’naviy olamiga ta’siri
|
11-17
|
II. BOB. XXI ASRDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA ULARNING AHAMIYATI.
|
18-26
|
2.1.
|
Radio va televideniya dasturlarining jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri.
|
18-22
|
2.2.
|
Ommaviy axborot vositalari – mafkuraviy markazlarning asosiy quroli sifatida…………….....…………………………………..
|
22-26
|
XULOSA………………………………………
|
27-28
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO‘YXATI……….
|
29-30
|
KIRISH
Jahonda axborot oqimi va axborot jadalligi tobora yuksalib borayotgan bugungi kunda Ommaviy axborot vositalariga “To‘rtinchi hokimiyat” sifatida qarash nazariyasi paydo bo‘lgan. OAV larining ta’siri axborot almashinishda, uni amaliy hayotga keng joriy qilishda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar dastlabki vaqtlarda ixtiro va kashfiyotlarni amaliyotga joriy qilish uchun 50-100 yil sarflangan bo‘lsa, axborotlashgan davrda 10-20 va hatto 2-3 yilda ulardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi1. Mavjud bilimlar doirasi shu darajada kengaydiki, bu axborot oqimi “tezlashuvi” jarayonini paydo qildi. Axborot oqimining tezlashuvi hamda hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi(globallashuv)2 jarayonlari insonlar hayotida Ommaviy axborot vositalarining katta ta’sir, kuch va omilga aylantirdi. Bu ijtimoiy turmushning barcha sohalarida keng imkoniyatlarni taqdim qilishi bilan birga ayni paytda, bugungi kun kishisini “axborot hujumi”dan himoyalash zaruratini taqozo etmoqda. Bugungi davr yoshlardan yuksak intellektual salohiyatni talab etmoqda. Zero, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak3”.
Zamonaviy jamiyatimizning ijtimoiy sohalarining turli jabhalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, islohotlar, yangilanishlar avvalo, ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtirishga yo‘naltirilgan. Mazkur ijtimoiy voqeliklar, hodisalar ro‘yobga chiqishining negizida, jumladan, aholida, ayniqsa jamiyatimizning 64 % tashkil etuvchi yoshlarda ijtimoiy faollik xususiyatlarini shakllanishi muammosi ham yotadi. Ijtimoiy faollik shaxsning mustahkam irodasini shakllantirish, o‘z-o‘zini anglash va baholash kabi shaxs kamolotining omillari bilan tavsiflanadi. Yoshlar kelajak egalari ekanliklarini, ularni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash taraqqiyot uchun muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olgan holda bugungi kunda inson OAV laridan oqilona foydalanishining alohida madaniy qolipini yaratish lozim. Taraqqiyotga xizmat qiluvchi bu manbalardan oqilona foydalanishni barchaga singdirish kun talabi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda4”. Fan-texnikaning yutuqlari, OAV larining yangi qulayliklarini insoniyat foydasiga, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi ijobiy holat, albatta. Lekin shu bilan birga har bir omil xalq hayotiga ikki tomonlama ham ijobiy ta’sir, ham salbiy xususiyatni ham olib keladi. OAV lari insoniyat hayotida axborot almashinish tezligini orttirgan bo‘lsa, shu bilan birga insonlarni o‘z vaqtlarini munosib tashkil qilishdan chalg‘itish barobarida o‘z maqsad-mohiyatidan uzoqlashishiga ham olib kelmoqda. Bu fikrning isboti o‘laroq, so‘nggi 15-20 yilni avvalgi hayot tarzi va insonlarning jamiyatga hamda bir-biriga munosabatida qanday o‘zgarishlar olib kirganini qiyoslashning o‘zi kifoya qiladi.
Bugungi kunni OAV larisiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan dsarajada ular hayotimizga singib ketdi. Radio, televideniye, gazeta va jurnallar, eng asosiysi internetdagi ijtimoiy tarmoqlar. Birgina Facebook ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchilari soni 2,5 mlrdga yetgan. Ulardan 2 mlrddan ortig‘i faol foydalanuvchilardir5. Dunyo aholisi barcha hayotiga keng kirib borayotgan telegram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari soni 2021-yil ma’lumoti bo‘yicha bir kunda 70 mln.ga ko‘payib, dunyo bo‘yicha 700 mln.dan ortgan. Birgina bizning jamiyatimizda bu raqam 25 mln.dan ortiqni tashkil qiladi. O‘zbekiston jahonda telegramdan foydalanuvchilar soni bo‘yicha 3-o‘rinni qayd etadi.6
O‘z vaqtida odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i eng asosiy ijtimoiy tarmoq bo‘lgan bo‘lib, O‘zbekiston jahonda bu tarmoqdan foydalanuvchilar soni bo‘yicha 4-o‘rinni qayd etgan edi.7
XXI asr kishisining hayoti faoliyatini OAV larisi tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz ularga shu darajada bog‘lanib qolganmizki, hayotimizning barcha sohasida ularga albatta murojaat qilamiz. Shu jihatidan, OAVlari bizga katta ne’mat hisoblanadi. Shu bilan birga, insonlar ma’naviy hayotimizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini unutmasligimiz, tarbiya va ta’lim jarayonlarida shuni inobatga olishimiz bugungi kunning talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |