I bob. Ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlarni nazariy asoslari



Download 174,51 Kb.
bet4/20
Sana15.06.2022
Hajmi174,51 Kb.
#675259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ishchi kuchiga sarf-harajatlar

Mehnat unumdorligi. Ishchi kuchi xarajatlari kontseptsiyasiga muvofiq, korxona o’z maqsadiga erishishida har bir xodim hissasini aniqlashi, ishchi kuchiga sarflangan xarajatlar qaytimini yaxshi bilishi kerak. Unumdorlik ko’rsatkichlarini aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
bir xodimga sotuv hajmi;
bir xodimga soliq to’lashdan avvalgi daromad hajmi;
bir unumli mehnat soatida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi;
mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan unumli mehnat soatlari;
yo’qotilgan unumdorlik.
So’nggi yillarda ro’y berayotgan fan-texnika taraqqiyoti mehnat faoliyatidagi yirik o’zgarishlarga sabab bo’ldi. An’anaviy texnologiya asta-sekin o’z o’rnini egiluvchan ish uslublari, robot va kompyuter texnikalari, zamonaviy texnologiyalariga asoslangan ilmiy ishlab chiqarishga bo’shatib bermoqda. Ularni hayotga tatbiq etish tufayli ishchilar soni qisqarib, yuqori malakali xodimlar salmog’i ortib bormoqda. Bir ishchi tomonidan harakatga keltiriladigan kapital hajmi ham ortyapti. Ma’muriy yuk koeffitsienti (ma’muriy-boshqaruv va muhandis xodimlarning ishlab chiqaruvchi ishchilar soniga nisbati) bugungi kunda aksariyat hollarda 100%dan oshadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yollanma nemis xodimlar yalpi oylikni toza daromad shaklida olmaydilar. Undan ijtimoiy sug’urta va daromad solig’i chegirib tashlanadi (o’rtacha 35%). Soliq o’lchami oilaviy ahvol, farzandlar soni va boshqa shu kabi omillarga bog’liq. Ish beruvchi uchun ishchi kuchi qiymati yalpi maoshning 190% ni tashkil etgani holda, xodimga uning 65% i etib keladi (1-jadval).
1-jadval
Germaniyada ish beruvchining yollanma xodimlarga xarajatlari va yollanma xodimning sof maoshi




Ish beruvchining yollanma ishchilarga yalpi xarajatlari




Ёлланма ходимларнинг соф даромади

190%

Jami

100%

Jami




Xodimlarga ketgan boshqa xarajatlar




Ijtimoiy sug’urtalashga ajratmalar

Qonun bilan o’rnatilgan minimumdan ortiq ijtimoiy xarakterdagi xizmatlarga xarajatlar






Ijtimoiy sug’urtalashga ajratmalar




Daromad solig’i

100%

Yollanma xodimlarning yalpi maoshi

65%

Yollanma xodimlarning sof maoshi

Manba: Ulrix Valvey, Gerd Zika. Slujit li sotsialnaya zahita prepyatstviem na puti zanyatosti. G’G’J. Trud za rubejom. 1998. № 2. – S.16

Amaldagi xarajatlar buxgalteriya bo’limida yig’iladi va yuzaga kelish joylari (tsexlar, bo’limlar) bo’yicha taqsimlanadi. Xarajat turlari quyidagilarga bo’linadi: ishchi va xizmatchilarning moyanalari; xodimlarga sarflanadigan qo’shimcha xarajatlar; energiya chiqimlari; texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bilan bog’liq sarflar; yordamchi va ishlab chiqarish ashyolariga xarajatlar; transport chiqimlari; atrof-muhit muhofazasiga sarflangan mablag’lar; amortizatsion to’lovlar; xonalarni saqlash uchun sarflar; korxonadagi qo’shimcha chiqimlar (infratuzilmaga sarf-xarajatlar).


Chiqimlarning sanab o’tilgan turlari xarajatlar vujudga kelish joylari (XVJ) uchun alohida-alohida aniqlanadi. XVJ qancha kam bo’lsa, xarajatlar bo’yicha ma’lumotlar shunchalik aniq bo’ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, korxona xodimlar mehnatidan imkon qadar samarali foydalanishi zarur. Bunga quyidagi uch yo’l bilan erishish mumkin:
Narx tarkibida va mahsulot birligiga ketgan xarajatlarda xodimlarga xarajatlar salmog’ini kamaytirish.
Xodimlar ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan barcha xarajatlarni kamaytirish (asbob-uskunalar eskirishi, ishlab chiqarishdagi nosozliklar).
Xodimlarning ishlab chiqarish va novatorlik salohiyatidan foydalanish orqali, shuningdek, egiluvchanlik vositasida (masalan, korxonada ratsionalizatorlik va kashfiyotchilik faoliyatini yo’lga qo’yish).
Xarajatlar ustidan nazorat, barcha chiqimlar yaxshi ma’lum bo’lishi va ularning paydo bo’lish jarayoni oydin bo’lishini talab qiladi. Shuningdek, xarajatlar tahlili ma’lumotlari marketing tahlili natijalari bilan solishtirilmaguncha, samarali va ahamiyatli nazorat vositasiga aylanmaydi. Chunki marketing tahlili biznesga chetdan nazar tashlash imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi korxonalarida xodimlarga xarajatlar bo’yicha ma’lumotlarni olish juda mushkul. Chunki, birinchidan, korxonalarda tegishli ma’lumotlarning o’zi qayd etilmaydi. Ikkinchidan, ko’pgina ish beruvchilar, ish haqi va xodimlarga xarajatlar bilan bog’liq barcha ma’lumotlarni sir tutishga intiladilar.
Xarajatlar jamlanmasida ko’p hollarda tovarlarni tarqatish masalasi nazardan chetda qolmoqda. Ko’pincha tovar sotilmasdan, omborda turib qoladi va bu narsa ish haqiga bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Tadqiqot natijalari yalpi xarajatlar tarkibida xodimlarga xarajatlar salmog’ini qisqartirish zarurligini ko’rsatdi. Buning uchun xarajatlarni nolli bazisda rejalashtirish lozim. Noldan iborat bazisda rejalashtirishning asosiy maqsadi qo’yidagilardan iborat:
ortiqcha ishlarni qisqartirish orqali xarajatlarni kamaytirish;
ishlarning borishini tezlashtirish va kichik yordamchi tizimlarni takomillashtirish, masalan ma’lumotlarga elektron ishlov berish tizimini shakllantirish3.



Download 174,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish