2-jadval.
“O’zbekko’mir” OAJ “Belazko’mir” filialida bir xodim unumdorligining o’sish sur’atlari to’g’risidagi ma’lumotlar (%)
Ko’rsatkichlar
|
2012y.
|
2013y.
|
2014y.
|
2015y.
|
2016y.
|
2017y.
|
Bir xodimga qo’shilgan qiymat
|
100,0
|
108,0
|
129,3
|
132,6
|
137,7
|
123,9
|
Bir xodimga ishlab chiqarish hajmi
|
100,0
|
99,1
|
149,2
|
150,6
|
149,2
|
116,7
|
Manba: korxona buxgalteriya ma’lumotlari asosida mullif tomonidan tuzilgan.
Xodimlarni rag’batlantirishni tashkil etish jihatidan, qo’shilgan qiymat asosida hisoblab chiqarilgan unumdorlik ko’rsatkichlarini qo’llash, avvalgi uslublar asosida aniqlangan mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarini ishlatishdan ko’ra ko’proq samara beradi. Shunday bo’lsada, mahsulotni vaqt birligida (xususan, bir unumdor soatda) ishlab chiqarishdek ko’rsatkich, unga qarama-qarshi bo’lgan - mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan unumdor soatlar ko’rsatkichi kabi albatta korxonalarda hisoblanishi kerak.
7. Ishlov berish bilan qo’shilgan qiymatning salmog’i “O’zbekko’mir” OAJ “Belazko’mir” filialida xizmatlari hajmida 2012 yilda 53,6%ni, 2013 yilda – 40,9 %ni tashkil etdi. Boshqa sanoat korxonasida – yillar bo’yicha mos ravishda: 41,9%; 26,8% bo’lgan. Ishlov berish bilan qo’shilgan qiymat ulushi sotuvlar hajmida qancha past bo’lsa, kooperatsiya darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Amortizatsiya to’lovlarining qo’shilgan qiymatdagi salmog’i qancha yuqori bo’lsa, (boshqa teng sharoitlarda) ishlab chiqarishning avtomatlashuvi va mehnatning fond bilan qurollanishi shuncha baland bo’ladi. Amortizatsiya to’lovlarining nisbatan past darajasi, odatda, qo’l mehnati ulushini kattaligi bilan bog’liq (masalan, yig’ish operatsiyalarida).
Bir xodimga daromad hajmi xizmat ko’rsatish korxonalarida sanoat korxonalariga nisbatan ancha yuqori. Buni ayniqsa aloqa xizmati korxonalarida kuzatishimiz mumkin, demak, bu erda maoshning 1 so’miga to’g’ri keladigan daromad hajmi ham baland bo’ladi. Biroq, shu vaqtning o’zida bir xodimning o’rtacha oylik maoshini sanoat korxonalaridagi baland bo’lmagan miqdor bilan solishtirsa bo’lardi. Bunday vaziyatni qisman shu bilan izohlash mumkinki, ushbu korxonalar tomonidan taqdim etilgan maosh darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar yoki xaqqoniy emas, yo bo’lmasa ularda haqiqatdan ham xodimlarni kam xaq evaziga juda qattiq ishlatadilar.
“O’zbekko’mir” OAJ tarkibidagi korxonalarda biz tomondan ishlab chiqilgan ishchi kuchiga xarajatlar ko’rsatkichlari tizimini qo’llash orqali quyidagi taqdim etilgan ma’lumotlar bilan yakunlash maqsadga muvofiq bo’lardi (ko’rsatkichlar mazkur uslubiyat bo’yicha hisoblab chiqilgan): 1) Ishchi kuchiga chiqimlarning sotuvlar hajmidagi salmog’i – 32,2%; 2) 1 nafar sanoat ishlab chiqarish xodimiga xarajatlar – oyiga 262,6 ming so’m; 3) 1 nafar sanoat ishlab chiqarish xodimiga sotuvlar hajmi – oyiga 816,7 ming so’m; 4) 1 nafar sanoat ishlab chiqaruvchi xodimga mahsulot ishlab chiqarishdan olingan foyda hajmi – oyiga 50,1 ming so’m; 5) 1 nafar sanoat ishlab chiqarish xodimiga mahsulot hajmi – oyiga 850,8 ming so’m; 6) asosiy tsexlarning 1 ishchisiga tovar mahsuloti hajmi – oyiga 1074,1 ming so’m; 7) sanoat ishlab chiqarish bo’limlari mehnatga xaq to’lash fondining tovar mahsuloti hajmidagi ulushi – 24,9%; 8) sanoat ishlab chiqarish bo’linmalari mehnatga xaq to’lash fondining ishlab chiqarish tannarxidagi salmog’i – 39,3%; 9) 1 nafar sanoat ishlab chiqarish xodimiga o’rtacha oylik maosh 211,9 ming so’m.
Keltirilgan ma’lumotlardan oddiy hisob-kitoblar orqali quyidagi natijalarni chiqarish mumkin:
maoshning 1 so’miga sotuvlar hajmi (1 nafar sanoat ishlab chiqarish
bo’limi xodimi hisobida) q so’m;
1 xodimga bir soatda tovar mahsuloti hajmi:
Sanoat ishlab chiqarish bo’limlarida
|
Asosiy tsexlarda
|
so’mG’soat
yoki 3,5 dollarG’soat
|
so’mG’soat
yoki 4,4 dollarG’soat
|
1 nafar sanoat ishlab chiqaruvchi xodimining 1 soatga maoshi:
so’mG’soat, yoki 0,87 dollarG’soat
Shu tariqa, maoshning 1 dollariga korxona xodimi deyarli 4-5 dollarlik mahsulot tayyorlaydi, bu esa AQShning o’rtacha statistik xodimidan o’rtacha 2-3 barbar ortiqdir. “O’zbekko’mir” OAJ “Belazko’mir” filialida esa ushbu ko’rsatkich mos ravishda 3 – 6 barobarga etadi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bir tomondan tadqiq etilgan boshqa korxonalarda bo’lgani kabi, bu erda ham ishchilarni ishlatish darajasi juda yuqori, xodimlar maoshini bir necha barobar oshirish uchun esa mablag’lar etarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |